Telegram platformasidagi ta'limiy ijtimoiy kanal
Download 131.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Telegram platformasidagi ta\'limiy ijtimoiy kanal
Telegram platformasidagi ta'limiy ijtimoiy kanal Telegram - asosan smartfonlar uchun mo‘ljallangan, har xil tipdagi fayllar va xabarlarni almashinish maqsadida yaratilgan messendjer hisoblanadi. Foydalanuvchilar telefon nomerlari orqali ro‘yxatdan o‘tishadi. Hozirgi kunda bu messenjer juda mashhur hisoblanadi. Telegram ijtimoiy tarmog‘ining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder bo'lgan rossiyalik dasturchi Pavel Durov va akasi Nikolay Durovlardir. Ular birgalikda Telegram ustida 18 oy davomida ishlab, ushbu ilovani 2013 – yilda yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. 11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O'sha paytlarda u dasturlashni chuqur o'rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning "заставка" larini dastur orqali o'zgartirib qo'yadi. Telegramga oid quyidagi faktlar mavjud: messendjer asoschilari aka-uka Durovlar hisoblanishadi; Telegram IOS, Android, Windows Phone, Win, Mac OS va Linux kabi operatsion tizimlarda ishlaydi; 2013-yilda yaratilgan bo‘lib, 2014-yil fevral oyida, AKTIV foydalanuvchilar soni bo‘yicha mashhur Viber va WhatsApp messendjerlarini ortda qoldirdi. 2013-yil 14- avgustda dastlabki telegram kliyenti iOS uchun paydo bo‘ldi; 2013-yil 22-avgustda Android platformasi uchun, telegram messendjeri yaratildi; shu yil oktabr oyida messendjerning “telegram.org” nomli sayti ishga tushdi; «TJournal» ma’lumotlariga ko‘ra 2013-yil noyabr oyi hisobi bo‘yicha 1 million o‘rnatilish amalga oshirilgan ekan; Telegram orqali 1 Gb hajmgacha bo‘lgan faylni jo‘natish va bir vaqtning o‘zida 100 ta foydalanuvchigacha chatni amalga oshirish mumkin. bu messendjer yaratuvchilari xavsizlikka katta e’tibor berishadi. Shuning uchun, havfsizlikni buzish bo‘yicha har xil musobaqalar uyushtirib, sovrin sifatida katta hajmdagi pul mukofotlari va’da qilishadi; ma’lumotlar uzatish tizimi MtProto protokoli asosida amalga oshiriladi, bu protkol asoschisi Nikolay Durov hisoblanadi; Telegram messendjerini faqatgina 2 ta ro‘yxatdan o‘tgan versiyasi mavjud, ulardan biri iPhone, ikkinchisi Android uchun chiqarilgan. serverlari dunyoning 5 ta davlatida joylashgan, yevropa foydalanuvchilari uchun Londondagi datacenter, osiyo uchun Singapurdagi datacenter, meksikaliklar uchun San-Fransiskodagi datacenterlar xizmat qiladi. Asosiy server degan tushuncha yo‘q, hammasi birdek ishlaydi; Telegramning shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan eng qiziq tomoni shundaki, rossiya aholisining bor yo‘g‘i 1% bu messendjerdan foydalanilar ekan; 2014-yil mart oyi statistikasiga ko‘ra, messendjer foydalanuvchilari soni 35 mlnga yetkan. Telegram’ning bilishimiz kerak bo‘lgan 10 ta imkoniyati: 1. Muhim narsalarni “Tanlangan”da saqlash “Tanlangan” bo‘limi o‘z-o‘zingizga xabar yuborish imkoniyatini berishini hamma ham bilmaydi. Uning yordamida fayl, foto va oddiy havolalarni kompyuterdan smartfonga yuborish qulay. Bu bo‘lim Telegram’dan foydalaniladigan barcha qurilmalar uchun umumiy almashish buferi rolini bajarishi mumkin. 2. Xabarlarni sezdirmay o‘qish Yangi xabarni ochishingiz bilan uni yuborgan odamda xabar ko‘ringani haqidagi belgi paydo bo‘ladi. Telegram’ning mobil ko‘rinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o‘qish mumkin. Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda uchish rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching, uni o‘qib, Telegram’ni yoping. Keyin esa uchish rejimini o‘chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar barini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o‘qiganingizni ko‘rmaydi. 3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish Messenjerning mobil ko‘rinishida YouTube-videoni chatning o‘zida tomosha qilish mumkin. Buning uchun havola yonida aks etgan prevyu-rasm ustiga bosishning o‘zi kifoya. Hamma ham videoni “rasmda rasm” rejimi, ya'ni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish mumkinligini bilmaydi Telegram’da ishga tushiring va uning tepasidagi to‘g‘ri-to‘rtburchak shaklidagi belgiga bosing. Paydo bo‘lgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq o‘lchami o‘zgarmaydi. Bu rejim bir vaqtning video ko‘rib, do‘stlar bilan yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq bo‘lgan vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda aniq ko‘rinmaydi. 4. Xabarga paydo bo‘ladigan ogohlantirishning o‘zida javob berish Har bir yangi xabarga yozishga ilovani ochmaslik uchun xabarnomaning o‘zida javob berish funksiyasidan foydalanish mumkin. Ya'ni matnni terish qismiga ega xabarga boshqa dastur va ish stoli ustida matn teriladi. Bu funksiyani faollashtirish uchun sozlamalarda ogohlantirish va ovozlar bo‘limini izlang, u yerdan esa “Paydo bo‘luvchi ogohlantirish”ni toping. Agar “Har doim ko‘rsatish” belgilansa, yangi xabar ekran o‘chgan yoki bloklangan holida ham u o‘zi haqida ma'lum qiladi. Audioxabarni tugmani bosmasdan yozish Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun mikrofon belgisini bosish kerak bo‘ladi. Bu hech kimga sir emas. Biroq hamma ham mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni yuqoriga tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etishini bilmaydi. Bu uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay. Audioxabarni avtomatik tarzda yozish Ovozli xabarni tez yozishning boshqa usuli ham bor: bor-yo‘g‘i kerakli chatni ochish va smartfonni quloqqa tutish. Qurilma ekrani o‘chadi va avtomatik yozish boshlanadi. Agar funksiya ishlamasa, Telegram sozlamalarida o‘chgan bo‘lishi mumkin. “Yaqinlashtirganda ovozni yozish” funksiyasi ishlayotganini tekshiring. Suratlar ustiga niqob joylashtirish Download 131.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling