Telegram platformasidagi ta'limiy ijtimoiy kanal


Download 131.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi131.46 Kb.
#1630996
Bog'liq
Telegram platformasidagi ta\'limiy ijtimoiy kanal



Telegram platformasidagi 
ta'limiy ijtimoiy kanal 


Telegram - asosan smartfonlar uchun mo‘ljallangan, har xil tipdagi fayllar va xabarlarni 
almashinish maqsadida yaratilgan messendjer hisoblanadi. Foydalanuvchilar telefon 
nomerlari orqali ro‘yxatdan o‘tishadi. Hozirgi kunda bu messenjer juda mashhur 
hisoblanadi. 


Telegram ijtimoiy tarmog‘ining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder bo'lgan 
rossiyalik dasturchi Pavel Durov va akasi Nikolay Durovlardir. Ular birgalikda 
Telegram ustida 18 oy davomida ishlab, ushbu ilovani 2013 – yilda 
yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. 
11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining 
parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. 
O'sha paytlarda u dasturlashni chuqur o'rganib, maktabdagi barcha 
kompyuterlarning "заставка" larini dastur orqali o'zgartirib qo'yadi. 
Telegramga oid quyidagi faktlar mavjud: 
messendjer asoschilari aka-uka Durovlar hisoblanishadi; 
Telegram IOS, Android, Windows Phone, Win, Mac OS va Linux kabi operatsion 
tizimlarda ishlaydi; 


2013-yilda yaratilgan bo‘lib, 2014-yil fevral oyida, AKTIV foydalanuvchilar soni bo‘yicha mashhur 
Viber va WhatsApp messendjerlarini ortda qoldirdi. 
2013-yil 14- avgustda dastlabki telegram kliyenti iOS uchun paydo bo‘ldi; 
2013-yil 22-avgustda Android platformasi uchun, telegram messendjeri yaratildi; 
shu yil oktabr oyida messendjerning “telegram.org” nomli sayti ishga tushdi; 
«TJournal» ma’lumotlariga ko‘ra 2013-yil noyabr oyi hisobi bo‘yicha 1 million o‘rnatilish amalga 
oshirilgan ekan; 


Telegram orqali 1 Gb hajmgacha bo‘lgan faylni jo‘natish va bir vaqtning o‘zida 100 ta 
foydalanuvchigacha chatni amalga oshirish mumkin. 
bu messendjer yaratuvchilari xavsizlikka katta e’tibor berishadi. Shuning uchun, havfsizlikni buzish 
bo‘yicha har xil musobaqalar uyushtirib, sovrin sifatida katta hajmdagi pul mukofotlari va’da 
qilishadi; 
ma’lumotlar uzatish tizimi MtProto protokoli asosida amalga oshiriladi, bu protkol asoschisi Nikolay 
Durov hisoblanadi; 


Telegram messendjerini faqatgina 2 ta ro‘yxatdan o‘tgan versiyasi mavjud, ulardan biri iPhone, 
ikkinchisi Android uchun chiqarilgan. 
serverlari dunyoning 5 ta davlatida joylashgan, yevropa foydalanuvchilari uchun Londondagi 
datacenter, osiyo uchun Singapurdagi datacenter, meksikaliklar uchun San-Fransiskodagi 
datacenterlar xizmat qiladi. Asosiy server degan tushuncha yo‘q, hammasi birdek ishlaydi; 
Telegramning shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan 
eng qiziq tomoni shundaki, rossiya aholisining bor yo‘g‘i 1% bu messendjerdan foydalanilar ekan; 
2014-yil mart oyi statistikasiga ko‘ra, messendjer foydalanuvchilari soni 35 mlnga yetkan. 


Telegram’ning bilishimiz kerak bo‘lgan 10 ta imkoniyati: 
1. Muhim narsalarni “Tanlangan”da saqlash 
“Tanlangan” bo‘limi o‘z-o‘zingizga xabar yuborish imkoniyatini berishini hamma ham bilmaydi. 
Uning yordamida fayl, foto va oddiy havolalarni kompyuterdan smartfonga yuborish qulay. Bu 
bo‘lim Telegram’dan foydalaniladigan barcha qurilmalar uchun umumiy almashish buferi 
rolini bajarishi mumkin. 
2. Xabarlarni sezdirmay o‘qish 


Yangi xabarni ochishingiz bilan uni yuborgan odamda xabar ko‘ringani 
haqidagi belgi paydo bo‘ladi. Telegram’ning mobil ko‘rinishida 
suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o‘qish mumkin. Xabarni 
olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda uchish rejimini yoqing. 
Keyin esa xabarni oching, uni o‘qib, Telegram’ni yoping. Keyin esa uchish 
rejimini o‘chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar barini 
to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o‘qiganingizni 
ko‘rmaydi. 
3. Videoni “suratda surat” rejimida tomosha qilish 
Messenjerning mobil ko‘rinishida YouTube-videoni chatning o‘zida tomosha 
qilish mumkin. Buning uchun havola yonida aks etgan prevyu-rasm 
ustiga bosishning o‘zi kifoya. Hamma ham videoni “rasmda rasm” rejimi, 
ya'ni barcha chatlarning ustidagi kichik oynada ishga tushirish 
mumkinligini bilmaydi 


Telegram’da ishga tushiring va uning tepasidagi to‘g‘ri-to‘rtburchak shaklidagi 
belgiga bosing. Paydo bo‘lgan oynani joydan-joyga olish mumkin, biroq 
o‘lchami o‘zgarmaydi. Bu rejim bir vaqtning video ko‘rib, do‘stlar bilan 
yozishish imkoniyatini beradi. U ovoz tasvirga qaraganda muhimroq bo‘lgan 
vaziyatlarda ayniqsa foydali. Chunki bu kabi kichik ekranda video odatda 
aniq ko‘rinmaydi. 
4. Xabarga paydo bo‘ladigan ogohlantirishning o‘zida javob berish 
Har bir yangi xabarga yozishga ilovani ochmaslik uchun xabarnomaning o‘zida 
javob berish funksiyasidan foydalanish mumkin. Ya'ni matnni terish 
qismiga ega xabarga boshqa dastur va ish stoli ustida matn teriladi. Bu 
funksiyani faollashtirish uchun sozlamalarda ogohlantirish va ovozlar 
bo‘limini izlang, u yerdan esa “Paydo bo‘luvchi ogohlantirish”ni toping. Agar 
“Har doim ko‘rsatish” belgilansa, yangi xabar ekran o‘chgan yoki 
bloklangan holida ham u o‘zi haqida ma'lum qiladi. 


Audioxabarni tugmani bosmasdan yozish 
Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun 
mikrofon belgisini bosish kerak bo‘ladi. Bu hech kimga sir emas. Biroq 
hamma ham mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni 
yuqoriga tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etishini bilmaydi. Bu 
uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay. 
Audioxabarni avtomatik tarzda yozish 
Ovozli xabarni tez yozishning boshqa usuli ham bor: bor-yo‘g‘i kerakli chatni 
ochish va smartfonni quloqqa tutish. Qurilma ekrani o‘chadi va avtomatik 
yozish boshlanadi. Agar funksiya ishlamasa, Telegram sozlamalarida 
o‘chgan bo‘lishi mumkin. “Yaqinlashtirganda ovozni yozish” funksiyasi 
ishlayotganini tekshiring. 
Suratlar ustiga niqob joylashtirish 

Download 131.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling