Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Marshrutizatsiya va signalizatsiya protokollari: RIP,OSPF, IGRP


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   178
Bog'liq
T

Marshrutizatsiya va signalizatsiya protokollari: RIP,OSPF, IGRP, 
EIGRP, EGP, BGP 
Tarmoq sathining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning bir 
qator protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF (Open 
Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), EIGRP 
(Enhanced IGRP), BGP (Border Gateway Protocol), RAP (Routing Access 
Protocol), RSVP (Resource Reservation Protocol) va boshqalar.
TCP/IP protokollar steki kanal sathida protokollarning katta soni va 
IP 
protokolning 
paketlarini 
inkapsulyatsiyalaydigan 
tarmoq 
texnologiyalari bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Marshrutlash usullari. Marshrutizatsiyalash protokollari o‘zida 
dinamik tarzda rivojlanayotgan Internet protokollarining murakkab 
guruhini ifodalaydi. Marshrutizatsiya deb – jo‘natuvchidan qabul 
qiluvchiga axborotni uzatishning optimal yo‘lini qidirish masalasini 
yechish tushuniladi. Bu masalani yechuvchi qurilma marshrutizator 
(router) deyiladi. IP-tarmoqlarda marshrutlashning asosiy parametri IP-
protokoldagi adres hisoblanadi. Internet tarmog‘i domenlar (domains) yoki 
o‘zaro bog‘langan o‘zaro avtonom tizimlarning yig‘indisi sifatida tashkil 
etilgan. Avtonom tizim yagona ma’muriy boshqarish va umumiy 
marshrutlash strategiyasiga (policy routing) ega bo‘lgan IP tarmoqdan 
iborat. Domenlar chegarasida ichki marshrutlash protokollari qo‘llaniladi 
(Interior Gateway Protocol, IGP), ular orasida tashqi marshrutlash 
protokollari (Exterior Gateway Protocol, EGP) qo‘llaniladi. 
RIP protokoli. RIP protokoli – bu katta bo‘lmagan domenlar uchun 
mo‘ljallangan ichki marshrutlash protokoli. RIP protokolini birinchi turi 
RFC 1058, ikkinchisi - RFC 1722 xujjatlarda standartlashtirilgan. RIP 
protokoli axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokolini qo‘llaydi. 


293 
RIP 
axboroti 
tarmoqning 
IP-adresidan 
va 
qadamlar 
sonidan 
(marshrutizatorlardan) iborat. Qadamlarning maksimal soni -15 ta. 
RIPning bitta xabarida 25 ta tarmoqlar haqida axborot bo‘lishi mumkin. 
RIP ishlaydigan marshrutizator boshqa marshrutizatorlardan RIP 
axborotini olib, boshqa tarmoqlarga yo‘nalishlar yozilgan o‘zining 
marshrutlash jadvalini har 30 daqiqada yangilaydi va ular yordamida 
tarmoq bo‘ylab paketlarning harakatlanishini bajaradi. 
Protokolning kamchiligi: 
- har doim eng samarali marshrutni tanlamaydi; 
- sekin moslashishi tufayli logik ilmoqlar hosil bo‘ladi va 
marshrutizator ishida to‘xtab qolishdan keyin jadval sekin qayta 
yangilanadi; 
- tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini 
(marshrutlash jadvali) keng eshittirishli jo‘natmalari qo‘llaniladi; 
- marshrutlash domenini o‘lchash chegaralangan (15 o‘tishlar); 
- tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni 
farqlamaydi. 
OSPF protokoli RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328 xujjatlarda 
standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini qo‘llash asosida ichki va 
tashqi marshrutizatlash uchun qo‘llaniladi. Bir nechta zonadan iborat 
bo‘lgan avtonom tizimga xizmat ko‘rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP 
protokolidan yetarli darajada samaralidir. OSPF protokoli asosida 
ishlaydigan marshrutizator, xizmat ko‘rsatish sifatini xarakterlaydigan 
metrikali tarmoq grafasini tahlil etib, yo‘nalishlarni optimallashtirish 
muammolarini yechadi. 
Metrikalarning asosiy parametrlari quyidagilar hisoblanadi: o‘tkazish 
qobiliyati, kechikish, ishonchlilik, qo‘shimcha parametrlarga kanalning 
yuklanishi va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyasi o‘zgarganda 
marshrutizator axborotlar bilan almashadi. RIPga qaraganda OSPF 
protokoli tez yo‘nalish jadvalini qayta tuzadi. 
OSPF protokolining asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
- tarmoq topologiyasi o‘zgarganda qisqa axborotlarni guruhli 
uzatishni qo‘llash. Bu esa tarmoqni samarasiz yuklanishini kamaytiradi; 
- o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq holda axborotlarni parallel kanallar 
bo‘yicha taqsimlashni ta’minlaydi. Bu esa butunlay tarmoq ishini 
yaxshilaydi. 
IGRP va EIGRP protokollari. Bu protokollar Cisco Systems firmasi 
tomonidan ishlab chiqilgan va ichki marshrutlash uchun qo‘llaniladi. IGRP 


294 
“vektor-masofa” algoritmini qo‘llaydi, RIP protokoliga qaraganda qisman 
yaxshi xarakteristikalarga ega: 
- murakkab topologiyali tarmoqlarda ishonchli ishlaydi; 
- RIPga qaraganda eng yaxshi moslashishga ega; 
- xizmat axborotlarini uzatish hajmini qisman kamaytiradi; 
- bir xil metrikali kanallar orasida axborotni taqsimlaydi. 
Protokol metrikasiga kanalning quyidagi parametrlari kiradi: 
o‘tkazish qobiliyati, kechikish, yuklanish, ishonchlilik. Bu parametrlar 
keng oraliqlarda o‘zgarishi mumkin. Masalan, o‘tkazish qobiliyati 1200 
bit/s dan 10 Gbit/s gacha o‘zgarishi mumkin. 
EIGRP 
protokoli 
“vektor-masofa” 
va 
“kanallar 
holati” 
algoritmlarining barcha afzalliklarini birlashtiradi. Protokol – tarmoq 
topologiyasi o‘zgarganidan so‘ng marshrutizatorga ishini tez qayta 
yangilash imkonini beruvchi – taqsimlangan yangilash algoritmi bazasida 
(Distributed Update Algorithm, DUAL) amalga oshirilgan. 
Protokol quyidagilarga ega: 
- qo‘shnini topish imkoni; 
- DUAL algoritmi
- axborotni IP ga mukammal kiritish mexanizmi. 
EGP va BGP protokollari Internet tarmog‘ini tashqi marshrutlash 
protokollariga kiradi. Marshrutlashni ichki protokollari yordamida tizim 
haqidagi axborotni yig‘uvchi, turli avtonom tizimlarni ajratilgan 
marshrutizatorlari EGP protokoli yordamida o‘zaro ta’sirlashadi. EGP 
prtokolining kamchiliklariga quyidagilar kiradi: metrika qo‘llanilmaydi, 
ya’ni intellektual marshrutlash bajarilmaydi, yo‘nalishlar ilmog‘ini hosil 
bo‘lishi kuzatilmaydi, xizmat axborotlari katta o‘lchamga ega. 
Oxirgi vaqtlarda EGP o‘rniga mukammalroq BGP protokoli 
qo‘llanilmoqda, o‘z navbatida xizmat axborotlarini uzatish uchun TCP 
protokoli qo‘llaniladi. TCP protokoli marshrutli axborotni yetkazishni 
kafolatlaydi. BGP to‘liq EGP protokolining kamchiliklarini bartaraf etadi. 
Metrika sifatida kanalda uzatish tezligi, uning ishonchliligi qo‘llaniladi. 
Hozirda BGP (3-tur) – bu oxirgi avtonom tizimlarga yo‘nalishni 
aniqlaydigan Internet tarmog‘ining asosiy protokoli hisoblanadi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling