Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   178
Bog'liq
T

 
Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari 
Yuqori sath protokollari (5-7). Amaliy sath protokoli asosiy protokol 
hisoblanadi, aynan u tufayli qolgan barcha protokollar mavjuddir. U 
amaliy deyiladi, chunki u bilan boshqa ochiq tizimlarda joylashgan amaliy 
jarayonlar bilan birgalikda qandaydir masalani yechishi kerak bo‘lgan 
tizimning amaliy jarayonlari o‘zaro ta’sirlashadi. OTO‘B etalon modelning 
amaliy darajasi, ochiq tizimlar qandaydir oldindan ma’lum bo‘lgan 
masalani birgalikda yechishi jarayonida almashadigan ma’lumotlarning 
mazmuniy tarkibini aniqlaydi. 
Oltinchi daraja taqdim etish darajasi deyiladi. U asosan uzatiladigan 
ma’lumotlarni kerakli tarmoq shaklida taqdim etish jarayonini aniqlaydi. 
Bu tarmoq turli oxirgi punktlarni (masalan, turli kompyuterlarni) 
birlashtirishiga bog‘liq. Agar tarmoqdagi barcha oxirgi punktlar bitta turda 
bo‘lganida edi, taqdim etish darajasini kiritish kerak bo‘lmas edi. Har xil 
turlardagi kompyuterlarni birlashtiradigan tarmoqda, tarmoq bo‘ylab 
uzatiladigan axborotlar ma’lum yagona taqdim etish shakliga ega bo‘lishi 
kerak. Aynan bu shaklni oltinchi daraja protokoli aniqlaydi. 


296 
Protokollarning navbatdagi beshinchi darajasi sessiyalar yoki 
seanslar protokoli deyiladi. Uning asosiy vazifasi amaliy jarayonlar 
orasidagi o‘zaro ta’sirlashish – amaliy jaryonlarning o‘zaro ta’sirlashishi 
uchun ularni ulash usullarini tashkil etish, jarayonlarning o‘zaro 
ta’sirlashishi 
va “ulanishni uzish” vaqtlari jarayonlari orasida 
ma’lumotlarni uzatishni tashkil etish hisoblanadi.
So‘ngra pastki makro sathning to‘rtta protokoli keladi. Pastki sath 
protokollarining asosiy vazifasi ma’lumotlarni tezkor va ishonchli uzatish 
hisoblanadi. Shuning uchun pastki sath protokollari ba’zan transport 
tarmog‘i protokollari deyiladi. Transport tarmog‘iga chiqish port orqali 
amalga oshiriladi. Har bir jarayon o‘z portiga ega bo‘ladi. Transport 
tarmog‘iga kirishdan oldin foydalanuvchining ma’lumoti, uni yaratgan 
jarayonning 
sarlavhasini 
oladi. 
Transport 
tarmog‘i 
pastki 
sath 
protokollarini qo‘llab, jarayon (xabar) sarlavhasiga ega foydalanuvchining 
ma’lumotini 
manzilga 
(adresga) 
uzatishni 
ta’minlaydi. 
Internet 
protokollarining arxitekturalari to‘rtta sathli hisoblanadi. Keyinroq paydo 
bo‘lgan ISO etalon modeli protokollarining yetti sathli arxitekturasini 
TCP/IP ning keyingi rivojlanishi sifatida qarash mumkin. Haqiqatdan ham, 
ikkkita arxitekturaning farqi shundan iboratki, TCP/IP arxitekturasidagi 
OSI modelining uchta yuqori sathlari (amaliy, taqdim etish, seanslar) bitta 
amaliy darajaga birlashtirilgan (4.3-rasm). TCP/IP tarmoq interfeyslarining 
sathi, OSI modelining ikkita kanalli va tarmoq sathlariga mos keladi. 
TCP/IP amaliy sathi quyidagi an’anaviy xizmatlarni qo‘llab-
quvvatlaydi: 
- elektron pochtani uzatishning oddiy protokoli SMNP (Simple Mail 
Transfer Protocol) yordamida ishlatiladigan elektron pochta va 
yangiliklarni almashish; 
- IMAP (Internet Massage Access Protocol), POP (Post Office 
Protocol) va X.400 pochta protokollari; NNTP (Network News Transfer 
Protocol) yangiliklarni almashish tarmoq protokoli; 
- Telnet protokoli yordamida amalga oshiriladigan virtual terminal
- fayllarni uzatish FTP (Fail Transfer Protocol), TFTP (Trivial Fail 
Transfer Protocol) NFS (Network File Systems) protokollari yordamida 
amalga oshiriladi; 
- ma’lumotnoma xizmatlari DNS (Domain Name System) domen 
nomlari va X.500 tizimlari yordamida amalga oshiriladi; 
- yordamchi protokollar: shaxsiy identifikatorlarni olish; 
- BOOTR, vaqt - NTP (Network Time Protocol), diagnostika; 
- Echo va tizim haqidagi ma’lumotlar – Finger. 


297 
1990-yillar o‘rtalarida URL (Universal Recourse Locator) va URN 
dan (Universal Recourse Names) foydalanib gipermatnni uzatish 
protokoliga HTTP asoslangan WWW (World Wide Web) texnologiyasi 
bazasidagi xizmatlar faol joriy etildi. Bugungi kunda SIP (Session 
Initiation Protocol), RTP (Real-time Protocol), RTCP (Real-time 
Transport Control Protocol) protokollari, H.323 tavsiyalari asosidagi 
paketli IP-telefoniya xizmatlari ommaviy hisoblanadi. 
Stekdagi alohida o‘rinni quyidagi monitoring va boshqarish 
protokollari egallaydi: 
- SMNP (Simple Management Transfer Protocol) –boshqaruv 
uzatishni oddiy protokoli ; 
- RMON (Remote Monitoring) – masofaviy monitoring. 
Bu protokollar yordamida tarmoqning holati kuzatiladi va uni 
ma’murlashtirish o‘tkaziladi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling