Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Part).  Shuningdek SCCPning funksional imkoniyatlari, TCAP (Transaction


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   178
Bog'liq
T


Part). 
Shuningdek SCCPning funksional imkoniyatlari, TCAP (Transaction 
Capabilities Application Part) tranzaksiyalarini qo‘llab-quvvatlash 
uchun nimtarmoq qo‘shimchalarida qo‘llaniladi. 
5.2-rasm. Umumkanal signalizatsiya tizimining modeli 
O‘z navbatida, TCAP nimtarmoq keyingi amaliy nimtarmoqlarini 
ishlashi uchun zarur: 
- GSM standartidagi mobil aloqada - MAP (Mobile Application 
Part); 
- ekspluatatsion boshqarish – OMAP (Operations, Maintenance and 
Administration Part); 
- intellektual tarmoqlar - INAP (Intelligent Network Application 
Protocol); 
- CAMEL protokoli - CAP (CAMEL Application Protocol). 
 


303 
Signalizatsiya tarmog‘ining tuzilishi 
Dasturiy boshqarishga ega bo‘lgan kommutatsiya stansiyasini 
signalizatsiya punkti SP (Signaling Point) sifatida ko‘rish mumkin. 
Signalizatsiya punkti signalli xabarlarni izohlash, shakllantirish
uzatish va qabul qilish vazifalarini bajaradi. Signalizatsiyaning ba’zi bir 
punktlari signalizatsiya signalini bir zvenodan boshqasiga o‘tishi vazifasini 
bajaradi. Ular signalizatsiyaning tranzit punktlari - STP (Signaling 
Transfer Point) deyiladi. SP va STP ning yig‘indisi, shuningdek ularni 
bog‘lovchi signalli zvenolar, o‘ziga hos tarmoqni hosil qiladi. U 
signalizatsiya tarmog‘i deyiladi. 
Orasida signalli xabar almashish imkoniyati bo‘lgan har qanday 
ikkita SP, bog‘langan deyiladi. Ikkita SP ni bog‘lanishi signalli 
zvenolarning to‘g‘ri tutami yoki STP yordamida tranzit tashkillashtirilgan 
signalizatsiya tarmog‘i vositasida ta’minlanadi. Birinchi holatda ikkita SP 
(signalizatsiya tarmog‘i tuzilishi nuqtai nazaridan) - o‘zaro bog‘langan,
ikkinchi holatda – o‘zaro bog‘lanmagan hisoblanadi. Signalizatsiya 
tarmog‘ida o‘zaro bog‘langan va o‘zaro bog‘lanmagan SPlarning 
mavjudligi shundaki, unda funksionallashni turli rejimlarini qo‘llash 
imkoniyati borligidir.
Zamonaviy signalizatsiya tarmoqlarida uchta ishlash rejimi 
qo‘llanilishi mumkin: bog‘langan, bog‘lanmagan va kvazibog‘langan
Kvazibog‘langan rejim bog‘lanmagan rejimni alohida holatini o‘zida 
ifodalaydi.
Tarmoq orqali o‘tuvchi signalli axborot yo‘li avvaldan belgilanadi va 
qaysidir vaqt davrida qayd etilgan hisoblanadi. Amaliyotda signalizatsiya 
tarmog‘ining bog‘langan va kvazibog‘langan rejimlari qo‘llaniladi. 
Bog‘langan va kvazibog‘langan tarmoqlarni tashkil qilish namunasi 
5.3-rasmda keltirilgan. Ikkala holat uchun ham umumkanal signalizatsiya 
tizimi telefon tarmog‘i uchun yaratiladi deb tahmin qilinadi, ularda beshta 
kommutatsiyalash stansiyalari o‘rnatilgan. Barcha stansiyalar o‘zaro “bir-
biri bilan” prinsipi bo‘yicha bog‘langan. Bu topologiyani bog‘langan 
signalizatsiya tarmog‘i takrorlaydi. 
Kvazibog‘langan tarmoqda to‘rtta STP o‘rnatilgan. Ular o‘zaro “bir-
biri bilan” prinsipi bo‘yicha bog‘langan. Beshta SP dan bittasi ikkita 
STPga tayanadi. Bunday yechim signalizatsiya tarmog‘ining yuqori 
ishonchliligini ta’minlaydi. Yuqori ishonchlilikdan tashqari, signalizatsiya 
tarmog‘i signalli xabarlarni tez o‘tishini ta’minlashi zarur. Bu talab 
UFTTda trafikka xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlariga, signalli 
xabarlarning kechikishini ta’siri bilan shartlanadi. 


304 
a) bog‘langan signalizatsiya tarmog‘I
b) kvazibog‘langan 
5.3-rasm. Signalizatsiya tarmog‘ining tuzilishi 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling