Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   178
Bog'liq
T

 
 


309 
Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi. 
Multimedia seansi bir nechta oqimlardan iborat bo‘lib, ularning har 
biri RTPning alohida seansida uzatiladi. Kodlash formatlari bilan bog‘liq 
kechikishlar amaliy farq qiladi, 5.6-rasmda ko‘rsatilganidek, turli xil 
oqimlarda boy berish vaqti har xil bo‘ladi. 
Odatda sinxronizatsiya tovush va tasvir oqimlarini tenglashtirish 
uchun qo‘llaniladi, ammo mazkur texnologiya istalgan turdagi oqimlar 
uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pincha tovush va tasvirni alohida 
oqimlarga bo‘lishni sean ishtirokchilarining nimani afzal ko‘rishlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Ba’zilar video konferensiyalarda faqat tovushni qabul 
qilishni afzal ko‘rishadi. Ayniqsa bu ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan 
konferensiyalar uchun muhimdir. 
Jo‘natuvchining o‘zini tutishi. Jo‘natuvchi multimedia oqimlarini 
sinxronizatsiyalash jarayonida, umumiy va oqim vaqtini muvofiqlashtirish 
to‘g‘risida RTCP paketlari orqali davriy xabardor qilish va umumiy sathni 
ishga tushirish yo‘li bilan yordam beradi. Umumiy soat o‘zgarmas tezlikda 
yuradi, qabul qiluvchiga esa 5.6-rasmda ko‘rsatilganidek, oqimlardagi 
tezliklarni tenglashtirishga yordam beruvchi axborot beriladi. 
5.6-rasm. Multimedia oqimlarining sinxronizatsiyasi 
Umumiy va oqim vaqti orasidagi muvofiqlik RTCP paketini 
shakllantirish vaqtida aniqlanadi. Umumiy Treference vaqti RTP 
paketining vaqt belgisida aks ettiriladi: 
TRTP = Treference∙ Raudio + Oaudio 
Bunday soatlarning siljishini (surilishiini) hosil qilamiz: 


310 
Oaudio = Taudio – (Tailable – Daudio_capture) ∙ Raudio...
5.7- rasm. Umumiy soat bo‘yicha vaqtni tenglashtirish
Tavailable - operatsion tizimdagi kechikishlar bilan, Daidio_capture 
esa ma’lumotlarni kechikish jarayonining davomiyligi bilan aniqlanadi.. 
5.7-rasmda multimedia oqimlari turli xil manbalardan olingan holatdagi 
soatlarni sinxronizatsiyalash zarurati keltirilgan 
Sinxronizatsiyaning 
yana 
bir 
muammosi 

sinxronizatsiya 
qo‘llanilishi kerak bo‘lgan oqimlarni identifikatsiya qilishdir. Bu masalani 
RTP bog‘langan manbalarga umumiy nomlar (CNAME) berish yo‘li bilan 
hal qiladi, shuning uchun qabul qiluvchi bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq 
bo‘lmagan oqimlarni farq qiladi. 


311 
5.8-rasm. Turli manbalardan kelayotgan oqimlarni sinxronizatsiyalash 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling