Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Qabul qilib oluvchining vazifasi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   178
Bog'liq
T

Qabul qilib oluvchining vazifasi 
Qabul qiluvchi sinxronlanuvchi oqimlarni ajratishi va ularni eshitish 
oldidan tenglashtirishi kerak. Oqimlarni ajratishga turli oqimlarda bir xil 
CNAME nomlardan foydalanib juda oson erishiladi. Sinxronizatsiya 
tadbirining o‘zi ancha murakkabdir (5.9 va 5.10 rasmlar). 
Qabul qilib oluvchi avval jo‘natuvchi belgilagan umumiy vaqt bilan 
sinxronlanuvchi oqimlar vaqti o‘rtasidagi muvofiqlikni RTP va RTCP 
paketlari ma’lumotlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlaydi. M vaqt belgili 
RTP ma’lumotlar paketini qabul qilib olishda kechikish vaqti hisoblab 
topilishi mumkin: 
R
M
M
T
T
sr
Ssr
s
)
(



. (5.1) 


312 
Bu yyerda: M
sr 
- oxirgi olingan RTCP paketda RTP vaqt belgisi; T
Ssr 
- sekund hisobidagi umumiy vaqt; R - soatning gers hisobida berilgan 
nominal tezligi. 
5.9-rasm. 
Foydalanuvchi 
tomonida 
tovush 
va 
tasvirning 
sinxronizatsiyasi
Qabul 
qilib 
oluvchi 
ham 
mahalliy 
soatga 
muvofiq 
sinxronizatsiyalangan TR ma’lumotlarni chiqarish vaqtini hisoblaydi. U 
jo‘natuvchining umumiy vaqti bilan muvofiqlashtirilgan, dekoderlash 
uchun boy berish buferida musbat kechikish, aralashtirish va ishlov berish 
bilan moslashtirilgan paketning vaqt belgisiga teng. 
Kechikish va boy berish vaqti ma’lum bo‘lganda, qabul qilib oluvchi 
har bir oqim uchun malumotlarni kechikishi va ularni boy berishi orasidagi 
nisbiy kechikishini hisoblashi mumkin. Agar ma’lumotlar TS vaqtida 
jo‘natuvchining umumiy vaqti bo‘yicha kechikkan va TR vaqtda qabul 
qilib oluvchining soati bo‘yicha chiqarilsa, u holda ular orasidagi D=TR-
TS farq tasvirni kechikishi va uni chiqarish orasidagi kechikishning 
kattaligini 
beradi. 
Jo‘natuvchi 
va 
qabul 
qiluvchining 
soatlari 
sinxronlashtirilmaganligi uchun bu qiymat o‘z ichiga ular orasidagi 
noma’lum siljishni qamrab oladi, lekin uni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi, 
chunki u barcha sinxronlanuvchi oqimlar uchun bir xildir, bizni esa faqat 
oqimlar o‘rtasidagi nisbiy siljish qiziqtiradi. 


313 
5.10-rasm. Foydalanuvchi tomonida vaqtlarning muvofiqligini o‘rnatish 
Tovush oqimi uchun ham, tasvirlar oqimi uchun ham bunday 
kechikishni hisoblagandan so‘ng, xususan D=Daudio–Dvideo oqimlar 
uchun sinxronizatsiyaning kechikishini hisoblash mumkin. Agar bu qiymat 
nolga teng bo‘lib chiqsa, u holda oqimlar sinxronlashgan bo‘ladi. Aks 
holda u oqimlar orasida sekundlar hisobidagi siljishni beradi. 
Ilgarilovchi ma’lumotlar oqimi uchun sinxronizatsiyaning kechikishi, 
ma’lumotlarning vaqt belgisi formatiga qiymatlarni o‘zgartirish uchun 
ma’lumotlar oqimining nominal tezligiga ko‘paytiriladi va keyin vaqtni 
barcha hisoblanishlarida doimiy siljish qiymati tarzida foydalaniladi. 
Foydalanuvchi o‘z ustivorliklariga muvofiq sinxronizatsiyani qaysi oqim 
bo‘yicha o‘tkazishini tanlab olishi mumkin. Ko‘pchilik kodeklar uchun 
videoni kodlash va dekoderlash ustunlik qiluvchi oqim bo‘lib hisoblanadi, 
ammo tovush yuz berayotgan o‘zgarishlarga ancha sezgirroqdir. 
Sinxronizatsiyaning kechikishini oqimlardan istalganining kechikishi 
o‘zgarganda qayta hisoblash zarur. Bu shuningdek umumiy vaqt bilan 
oqim vaqti orasidagi nisbat o‘zgarganda ham zarurdir. 


314 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling