Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Multimediali aloqa tarmoqlarini boshqarish


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178
Bog'liq
T

3.6. Multimediali aloqa tarmoqlarini boshqarish 
Multimediali aloqa tarmoqlarini boshqarish modeli 
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi asosiy 
modellardan biri M.3000-M.3100 seriyasidagi ITU-T tavsiyalarida batafsil 


315 
tavsiflangan, 
Telekommunikatsiyalarni 
boshqarish 
tarmoqlari 
(Telecommunication Management Network, TMN) modeli hisoblanadi. 
ITU-T ta’rifiga ko‘ra, TMN o‘zida bir necha nuqtalarda bitta yoki 
juda ko‘p sondagi aloqa tarmoqlari interfeyslariga ega bo‘lgan alohida 
tarmoqni ifodalaydi, bu tarmoqlar bilan axborot almashadi va ularning 
faoliyatini boshqaradi. TMNni aloqa tarmoqlaridan ajratish jismoniy yoki 
mantiqiy sathda amalga oshiriladi. Keyingi holatda TMN boshqarilayotgan 
tarmoqning infratuzilmasidan qisman foydalanishi mumkin. TMN 
tasniflarida boshqariluvchi resurslar umumiy “tarmoq elementlari” nomiga 
ega (Network, Element, NE). Boshqarish vazifalari amallarni ta’minlash 
tizimi (Operations Support System, OSS) zimmasiga yuklangan. 
TMNni har biri telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning o‘z 
jihatini ifodalaydigan uchta arxitekturadan fodalanib tavsiflash mumkin. 
Uchta arxitekturadan birinchisi – funksional arxitektura – funksional 
bloklar deb ataluvchi atamalarda TMN tarmog‘idagi funksional 
imkoniyatlarning taqsimlanishini tavsiflaydi. Har bir blok aniq turdagi 
tarmoq resurslari uchun aniqlangan, boshqaruvchi funksiyalar guruhini 
ifodalaydi. 
TMN aritekturasida funksional bloklarning besh turi keltirilgan: 
- tarmoq elementlarining vazifalari NEF (Network Element 
Function): foydalanuvchi va aloqa tarmog‘i bilan ma’lumotlar 
almashinuvini ta’minlaydigan tayanch telekommunikatsiya funksiyalar 
(TMN tasniflarida aniqlashtirilmaydi) va tarmoq elementiga agent sifatida 
ishtirok etishga imkon beruvchi boshqaruv funksiyalari; 
- operatsiyalarni ta’minlash tizimining vazifalari OSSF (Operation 
Support Sustem Functions), ma’muriylashtirish jarayonini tashabbusini 
ta’minlaydi, aloqa tarmog‘ini turli vazifalarini muvofiqlashtirish va 
monitoring maqsadida, shu jumladan TMNning o‘zi bajaradigan 
boshqarish 
masalalarini 
xizmatchi 
axborotlarni 
qayta 
ishlashni 
ta’minlaydi. “Menedjer-agent” boshqaruv modelida ular menedjerning 
roliga mos keladi; 
- ishchi stansiyaning vazifalari (Workstation Functions, WSF), 
tarmoq foydalanuvchilari uchun, xususan tarmoqdan foydalanuvchilar 
uchun qulay ko‘rinishda boshqaruvchi axborotni taqdim etish uchun javob 
beradi; 
- Q-adapterning vazifalari (Q-Adapter Funkctions, QAF), tarmoq 
resurslarini TMN bilan bog‘lash imkonini beradi; 
- vositachilik vazifalari (Monition Function, MF): NEF (yoki QAF) 
va OSSF bloklari orasida axborot almashish. MFni bitta bloki Q-adapteri 


316 
yoki bir nechta tarmoq elementlari bilan amallarni ta’minlash tizimini 
ulashi mumkin. 
TMNning fizik arxitekturasida bloklarning olti turi keltirilgan: 
- Tarmoq elementi (Network Element, NE), NEFning vazifalarini 
bajaradi. Shuningdek u funksiyalarning boshqa bloklaridan istagan 
to‘plamini ham bajarishi mumkin. 
- Vositachilik qurilmasi (Mediation Device, MD), operatsiyalarni 
ta’minlash tizimining mos axborot modeli interfeyslari va TMN mahalliy 
interfeyslar orasida oraliq bo‘g‘in hisoblanadi. Shuningdek u Q-adapter, 
OSS va ishchi stansiya vazifalarining bir qismini bajarishi mumkin. 
- Q-adapter 
(QA), 
TMN 
tarmog‘ining 
chegarasida 
uning 
boshqariluvchi tarmoq yoki boshqa boshqarish tizimlari bilan ulanishida 
vositachi vazifalarini amalga oshiradi. MDdan farqli ravishda, Q-adapter 
TMN ichida tutashtirish uchun qo‘llanilmaydi. 
- Operatsiyalarni ta’minlash tizimi (Operation Support Sustem, 
OSS), OSSF guruhining vazifalari uchun javob beradi. Shuningdek u 
vositachilik (MF), tutashtirish (QAF) vazifalarini va ishchi stansiya 
vazifalarini (WSF) bajaradi. 
- Ishchi stansiya (Work station, WS). 
- Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i (Data Network, PN). 
Axborot 
arxitekturasi, 
TMN 
funksional 
bloklari 
orasida 
boshqaruvchi axborotlarni uzatish algoritmlarini aniqlaydi, ular OTO‘B 
modelidan ikkita muhim elementni meros qilib olishgan: obyektli mo‘ljal 
olish va “menedjer-agent” arxitekturasi. 
TMNda nazarda tutilgan, taqsimlangan boshqaruvchi ilovalar 
vazifalarining menedjer va agentga bo‘linishi, OSI standartini ta’minlovchi 
ma’muriylashtirish tizimlarida keng foydalaniladigan tamoyilni deyarli 
o‘zgarishsiz takrorlaydi. TMN funksional bloki bir paytda bitta 
boshqaruvchi komponentga (management entity) nisbatan menedjer rolida 
va boshqasiga nisbatan agent tarzida ishtirok etishi mumkin. 
TMN 
axborot 
arxitekturasining 
obyektli 
yo‘naltirilganligi, 
telekommunikatsiya 
resurslari 
boshqariluvchi 
obyektlar 
sinflari 
ko‘rinishida ifodalanib, ular TMN interfeyslarini qo‘llash bilan o‘zgarishi 
va yaratilishi mumkin. Obyektning chegaraviy interfeysi mazkur 
obyektning tavsiflari bilan bog‘liq xizmatlar to‘plami, ruxsat etilgan 
operatsiyalar, javob xabarlari va bildirishlarni ta’minlashi shart. Ixtiyoriy 
aloqa tarmog‘ini boshqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan obyektlar 
to‘plami universal tarmoq axborot modeli (Generic Network Informotion 
Model, GHIM) nomini oldi.


317 
TMN 
axborot 
modeli 
telekommunikatsiya 
resurslari 
va 
boshqariluvchi obyektlar o‘rtasida o‘zaro bir qiymatli moslik bo‘lishiga, 
bitta resursni bir necha obyektlar tomonidan taqdim etilishi, mantiqiy 
resurslarni akslantirish uchun qo‘shimcha obyektlarni kiritish (qo‘llab-
quvvatlash obyektlari deb ataluvchi), shuningdek, boshqariluvchi 
obyektlarni bir-birining ichiga kiritishga yo‘l qo‘yadi. Funksional, fizik va 
axborot arxitekturalaridan tashqari TMN konsepsiyasi aloqa tarmoqlarini 
boshqarishga 
tegishli 
funksional 
komponentlarni 
va 
tadbirlarni 
taqsimlashning boshqa prinsipini ham taklif etadi. Aynan bir xil ma’muriy 
funksiyalar abstraksiyaning turli xil darajalarida amalga oshirilishi 
mumkinligi, 
mantiqiy ierarxiyali arxitekturani 
(Logical 
Lavered 
Architecture, LLA) aniqlashga imkon beradi. Aslida LLA arxitekturasi 
(ba’zida TMN- piramidasi deyiladi, 6.1-rasm) ma’muriy vazifalarni 
bajarish uchun javobgarlik ierarxiyasini aks ettiradi. 
6.1-rasm. TMN piramidasi 
Hozirgi vaqtda LLA arxitekturasida boshqarishning beshta sathi 
ko‘zda tutilgan: 
- Tarmoq elementlari sathi (Network Element Layer, NEL) alohida 
qurilmada 
joylashgan 
xizmatchi 
axborotli 
ma’lumotlar 
bazasi 
(Management Information Base, MIB) va TMN infratuzilmasi orasida 
interfeys vazifasini bajaradi. Bu darajaga Q-adapterlar va xususan tarmoq 
elementlari kiradi. 
- Elementlarni boshqarish sathi (Element Management Layer, EML), 
tarmoq elementlari guruhi ishini nazorat qiluvchi operatsiyalarni 
ta’minlash tizimlari funksiyalariga mos keladi. Bu sathda aniq ishlab 
chiqaruvchining qurilmasi uchun xos bo‘lgan boshqaruvchi funksiyalar 


318 
amalga oshiriladi. Bunday funksiyalarga quyidagilar misol bo‘ladi: 
qurilma xatolarini aniqlash, energiya iste’mol qilish va ishchi 
temperaturani nazorat qilish, statistik ma’lumotlarni to‘plash, hisoblash 
resurslaridan foydalanish darajasini o‘lchash, mikrodasturiy vositalarni 
yangilash. Mazkur sath o‘z ichiga vositachilik qurilmalarini qamrab oladi 
(jismoniy jihatdan ular yanada yuqori sathlarga tegishli bo‘lsa ham). 
- Tarmoqni boshqarish sathi NML (Network Management Layer), 
oldingi 
sathdagi 
operatsiyalarni 
ta’minlash 
tizimlari 
tomonidan 
uzatiladigan va u yoki bu shakldagi mahsulotning xususiyatlariga 
bog‘lanmagan alohida tarmoq elementlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga 
asoslanib, umumiy tarmoqni ifodalashni shakllantiradi. Boshqacha 
aytganda, bu sathda tarmoq elementlarining o‘zaro aloqalari ustidan 
nazorat amalga oshiriladi, xususan, xizmat ko‘rsatishning talab etilgan 
sifatiga erishish uchun chetki qurilma orasida ma’lumotlarni uzatish 
marshrutlari shakllantiriladi (Quality of Service, QoS), marshrutlashtirish 
jadvallariga 
o‘zgarishlar kiritiladi, ayrim kanallarning o‘tkazish 
qobiliyatidan foydalanish darajasi kuzatiladi, tarmoqning unumdorligi 
optimallashtiriladi va uning ishlashidagi to‘xtab qolishlar aniqlanadi. 
- Xizmatlarni boshqarish sathi SML (Service Management Layer), 
foydalanuvchilar bevosita duch keladigan (abonentlar yoki boshqa xizmat-
provayderlar) tarmoqning faoliyat yuritishi jihatlarini qamrab oladi. LLA 
ning umumiy tamoyillariga muvofiq bu sathda NML sathdan kelib tushgan 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Ammo endi bu yyerda marshrutizatorlarni, 
kommutatorlarni, ulanishlarni bevosita boshqarishni amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Xizmatlarni boshqarishga tegishli bo‘lgan ayrim funksiyalar 
quyidagilardir: QoSni va xizmat ko‘rsatish sathi to‘g‘risidagi bilimlar 
shartlarini nazorat qilish SLA (Service Lerel Argeement), qayd qilinuvchi 
yozuvlarni, xizmatlar obunachilarini boshqarish, foydalanuvchilarni 
qo‘shish yoki kamaytirish, manzillarni berish, billing, boshqa provayderlar 
va tashkilotlarning boshqaruvchi tizimlari bilan o‘zaro aloqa. 
- Biznesni boshqarish sathi BML (Business Management Layer), 
aloqa tarmog‘ini kompaniya-operatorning umumiy biznes maqsadlari 
nuqtai nazaridan qarab chiqadi. U LLAning qolgan sathlari kabi tezkor 
boshqaruvga emas, balki strategik va texnik boshqaruvga tegishli. Bu 
yyerda gap tarmoqni loyihalashda va uning rivojlanishini biznes 
vazifalarini hisobga olib rejalashtirish, budjetlarni tuzish to‘g‘risida boradi. 
Shunday qilib, LLA sathi tarmoqni boshqarish tadbirlarining funksional 
ierarxiyasini ma’muriy dasturiy ta’minotini jismoniy segmentatsiyasiz 
taqdim etadi. Bu ierarxiyaning paydo bo‘lish sababi – boshqarish 


319 
funksiyalarini ularning guruhlari va tarmoq ulanishlariga taalluqli 
funksiyalardan alohida tarmoq elementlari bilan mantiqiy ajratish 
zarurligidadir. Ma’muriy tadbirlarning ularni ta’siri yo‘naltirilgan 
resurslarga yaqinlashishi boshqarish samaradorligini oshiradi. 
Aloqa 
tarmoqlarini 
zamonaviy 
konvergensiyalash 
va 
intellektuallashtirish sharoitlarida, boshqarishga yondashuvlarni qayta 
ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keldi. Bu zaruriylikning asosiy sabablarini 
ko‘rib chiqamiz. 
Boshqarish nuqtai nazaridan keyingi avlod tarmoqlarining (Next 
Generation Networks, NGN) xususiyati shundaki, bu tarmoqlar har xil 
turdagi komponentlarning katta miqdoridan iborat. Boshqarish tizimi turli 
xizmatlarni 
taqdim 
etuvchi 
va 
turli 
ishlab 
chiqaruvchilarning 
qurilmalaridan iborat turli xil texnologiyalar negizida amalga oshirilgan 
tarmoqlarni boshqarishni ta’minlovchi qarorlar to‘plamidan iborat. NGNni 
boqarish tizimini obyektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tuzilmadan 
foydalanib qurish maqsadga muvofiq. Obyektga yo‘naltirilganlik tizimni 
har biri o‘z xususiyatlariga (atributlariga) va bajarish mumkin bo‘lgan 
operatsiyalarga ega bo‘lgan obyektlar yig‘indisi ko‘rinishida tasavvur 
qilishdan iborat. Mazkur texnologiya murakkab tizimlarni tahlil qilishda, 
loyihalashda va dasturlashda foydalaniladi va unga oid asosiy 
ma’lumotnomalardan biri deb aytish mumkin. 
Boshqaruv tizimini ishlab chiqishda yangi modullarni ishlab 
chiqishga va joriy qilishga, mavjud ilovalar bilan ishlashga va tizimning 
ishlayotgan modellarini oson zamonaviylashtirishga imkon beruvchi ochiq 
modulli arxitektura konsepsiyasiga amal qilish zarur.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling