Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Global axborot infratuzilmasi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   178
Bog'liq
T

Global axborot infratuzilmasi 
Jaxon madaniyati rivojining hozirgi bosqichi industrial jamiyatdan 
axborot jamiyatiga o‘tish bilan tavsiflanadi. Bunday o‘tish axborot va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
ommaviy 
foydalanishga 
asoslanadigan ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatning yangi shakllari mavjud 
bo‘lishini nazarda tutadi. 
Axborot jamiyatining texnologik asosi Global axborot infratuzilmasi 
(Global Information Infrastructure) GII hisoblanib, u sayyoradagi har bir 
kishi uchun kamsitishlarsiz axborot resurslariga kirish imkonini 
ta’minlashi kerak. Axborot infratuzilmasini, o‘zaro ta’sirlashuvchi aloqa 
tarmoqlari va foydalanuvchi terminallarini ma’lumotlar bazasi, axborotga 
ishlov berish vositalari yig‘indisi tashkil etadi. 


339 
7.3- rasm. Keyingi avlod tarmog‘ining sathli arxitekturasi 
Konseptual jixatdan GII o‘z ichiga quyidagi asosiy elementlarni 
qamrab oladi: 
- axborot manbalari va qabul qiluvchilar (odamlar, ma’lumotlar 
bazalari, boshqariluvchi obyektlar va x.k); 
- xususan axborot (nutq, matn, grafika, video) va bu axborotni 
o‘zgartiruvchi qurilmalar; 
- ma’lumotlarni saqlash, izlash, siqish, ishlov berish, o‘zgartirish va 
axborot manbalariga kirishni tashkil etish uchun axborot qurilmalari 
(tarmoq uzellari – serverlar, shlyuzlar, ma’lumotlar bazalari, PC, TV, FAX 
terminallari, telefon apparatlar va x.k); 
- uzoqdagi obyektlar (axborot manbalari va ularni qabul qilib 
oluvchilar) o‘rtasida axborotni ko‘chirishni ta’minlovchi kommunikatsiya 
infratuzilmasi. 
Mazkur konsepsiyani amalga oshirish uchun tarmoqlar arxitekturasi 
evolyutsiyasi 
jiddiy 
o‘zgarishlarni 
o‘tkazdi 
(UfTT-IP-NGN 
konvergensiyasi). 
GII axborot resurslariga kirish, axborot jamiyati xizmatlari yoki 
infokommunikatsiya xizmatlari nomini olgan, yangi turdagi aloqa 
xizmatlari vositasida amalga oshiriladi. Infokommunikatsiya xizmati deb, 
ulanishning ham kiruvchi, ham chiquvchi uchida hisoblash texnikasi 
Ilovalar va xizmatlar sathi 
Boshqarish sathi 
Transportlash va kommutatsiyalash 
sathi 


340 
vositalaridan 
foydalanish 
bilan 
axborotni 
talab 
bo‘yicha 
avtomatlashtirilgan ishlov berish, saqlash yoki taqdim etishni nazarda 
tutuvchi telekommunikatsiya xizmatiga aytiladi. 
Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan infokommunikatsion xizmatlarni 
taqdim etish xajmlarining yuqori sur’atlarda o‘sishi, ularni yaqin kelajakda 
aloqa tarmoqlarida ustuvor bo‘lishini bashorat qilishga imkon beradi. 
Bugungi kunda infokommunikatsion xizmatlarni rivojlanishi asosan 
Internet doirasida amalga oshiriladi, ya’ni xizmatlarga kirish an’anaviy 
aloqa tarmog‘i orqali ta’minlanadi. Shu bilan bir qator hollarda Internet 
xizmatlari, uning transport infratuzilmasi imkoniyatlarining cheklanganligi 
tufayli, axborot jamiyati xizmatlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablarga 
javob bermaydi. Shu munosabat bilan infokommunikatsiya xizmatlarining 
rivojlanishi, aloqa tarmoqlarining funksionalligini bir vaqtda kengaytirish 
bilan axborot resurslarini samarali boshqarish masalalarini yechishni talab 
qiladi. O‘z navbatida bu Internet va an’anaviy aloqa tarmoqlarining 
qo‘shilish jarayonini rag‘batlantiradi. 
Infokommunikatsiya xizmatlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
- mobillik (harakatchanlik); 
- yangi xizmatlarni qulay va tez yaratish imkoniyatlari; 
- sifat kafolatlari. 
Infokommunikatsiya 
xizmatlariga 
qo‘yiladigan 
talablarga 
konvergensiya jarayoni katta ta’sir ko‘rsatadi, u bu xizmatlardan 
foydalanuvchilarga unga kirish usullariga bog‘liq bo‘lmagan holda 
foydalanish mumkinligiga olib keladi. 
Infokommunikatsiya xizmatlarining xususiyatlarini e’tiborga olib, 
istiqboldagi aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar belgilanishi mumkin: 
- multiservislik - xizmatlarni taqdim etish texnologiyalarining 
transport texnologiyalariga bog‘liq emaslik xususiyati; 
- keng polosalilik - foydalanuvchining odatdagi ehtiyojlariga bog‘liq 
holda keng diapozonda axborotni uzatish tezligini qulay va dinamik 
o‘zgartirish imkoniyati; 
- multimedialik - tarmoqning ko‘p komponentli axborotni (nutq, 
ma’lumotlar, video, audio) haqiqiy vaqt rejimida zaruriy sinxronizatsiya 
bilan va ulanishlarning murakkab konfiguratsiyalaridan foydalanib uzatish 
qobiliyati; 
- intelektuallik – xizmatlardan foydalanuvchi yoki uni taqdim 
etuvchining xizmat, chaqiruv va ulanishni boshqarish imkoniyati; 
- ulanishning invariantligi - foydalanilayotgan texnologiyaga bog‘liq 
bo‘lmagan holda xizmatlardan foydalanishni tashkil etish imkoniyati


341 
- ko‘p operatorlik – xizmatlarni taqdim etishda bir nechta 
operatorlarning ishtirok etish imkoniyati va ularning javobgarligini 
ularning faoliyati sohasiga muvofiq ajratish. 
ITU-T Y.100 tavsiyalarida telekommunikatsiya texnologiyalarning 
o‘zaro ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Global axborot 
infratuzilmasi tavsiflanishi mumkin bo‘lgan xossalarni tahlil qilish 
jarayonida, barcha mavjud telekommunikatsiya texnologiyalari va 
xizmatlari hamda xizmat ko‘rsatish turlarining tavsiflari hisobga olingan. 
Global axborot infratuzilmasining standartlari dasturiy vositalar 
asosida, ham apparat vositalar asosida, ham ilovalarning va turli xil 
platformalarning juda katta xilma-xilligi orasida ulanishiga mo‘ljal olib 
(Connection – Oriented CO), ham ulanishiga mo‘ljal olmasdan 
(Connection less Oriented CL) ham o‘zaro ta’sirlashuv va o‘zaro aloqa 
imkoniyatini ta’minlashi kerak. Turli xil texnologiyalar (SC, PS, ATM, 
MPLS, SDH, WDM va boshqalar) qo‘llaniladigan telekommunikatsiya 
tarmoqlari (PSTN, DSN, ISDN, MN, IN, CN, OSN) hozirgi vaqtda 
ma’lumotlar va nutqni yuqori sifat bilan uzatishni ta’minlaydi va bir-biri 
bilan o‘zaro ta’sirlashadi. 
TCP/IP protokolli tarmoqlar shunday platformani yaratadiki, u turli 
tarmoq infratuzilmalari bilan bog‘liq foydalanuvchilarga ilovalarning 
umumiy to‘plamiga ega bo‘lishga va eltib berish sifati kafolatlanmaydigan 
ma’lumotlar oqimlari bilan almashishga imkon beradi. 
TCP/IP protokollar steki yuqori sifatli nutq, video, multimedia 
ilovalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida takomillashtiriladi (masalan 
IPv6). Tarmoq texnologiyalarini konvergensiyasining bu an’analari 8.4-
rasmda keltirilgan. Konvergensiyaning yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z 
ichiga qamrab oladi: 
- ulanishlar o‘rnatilishi avval mo‘ljal qilinmagan (Sonnection less 
operation) 
paketlar 
kommutatsiyali 
texnologiyalar, 
masalan 
IP 
protokolidan foydalanuvchi kommutatsiyali texnologiyalar, virtual 
ulanishlarning 
(Connection-oriented) 
dastlabki 
o‘rnatilishi tufayli 
axborotni eltib berish sifatini oshirish maqsadida (Guaranted bearer 
services) takomillashtiriladi; 
- kanallar kommutatsiyali tarmoq uzellari (PSTN va ISDN) paketlar 
kommutatsiyali yangi avlod transport tarmoqlari orqali axborot 
almashadilar (IP/MPLS), bu esa kechikishga, jitterga va paketlarni 
yo‘qolishiga sezgir bo‘lgan axborotni eltib berish sifatining pasayishiga 
(Unguaranted bearer service) olib keladi; 


342 
- har qanday ilovalarning axborotini yuqori sifat bilan eltib berishni 
ta’minlovchi (Guaranted bearer service) ATM texnologiyali tarmoqlar, 
ulanishga mo‘ljallangan va ulanishga mo‘ljallanmagan (masalan, LANE 
ATM) holda yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi. 
Global 
axborot 
infratuzilmasi 
shunday 
telekommunikatsiya 
infratuzilmani yaratishga da’vo qiladiki, u o‘ziga axborotning barcha 
mumkin bo‘lgan turlarini (nutq, ma’lumotlar, multimedia) birlashtira olsin 
va ulardan har birining xizmat ko‘rsatish sifatiga bo‘lgan talablarini 
qanoatlantirsin ( Quality of Service, QoS). 
7.4 – rasm. Tarmoqlarning rivojlanish yo‘nalishi (texnologiyalar 
konvergensiyasi):
CO (Connectoin - oriented operation) - “ulanishni o‘rnatish” rejimida 
eltib berish; 
CL (Connection less operation) “ulanishni o‘rnatmasdan” rejimida 
eltib berish; 
- texnologiyaning rivojlanish yo‘nalishi. 


343 
7.5-rasmda GIIda infratuzilmaviy rollarning konfiguratsiyasini 
na’munasi 
keltirilgan. 
Infratuzilma 
roli 
deganda 
ko‘p 
marta 
foydalaniladigan resurslar to‘plami yordamida xizmatlarni ta’minlash 
tushuniladi. 
GII ilovalarning tuzilmaviy roli foydalanuvchilarni ish faoliyatlari 
bilan belgilangan bo‘lib, u ishlab chiqarish jarayonining bir qismi 
hisoblanadi. Shuning uchun ilovalar ham chetki foydalanuvchilar orasidagi 
“virtual o‘zaro tasir”ni yoki ish faoliyatni hisobga olgan holda ishlab 
chiqiladi. Odatda, ilova harakatlardan va harakatlar o‘rtasidagi 
munosabatlardan tuzilgan. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling