Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


IMSga o‘tishning muhim omillari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178
Bog'liq
T

IMSga o‘tishning muhim omillari 
IP Multimedia Subsystem (ISM) konsepsiyasi yangi tarmoq 
arxitekturasini tavsiflaydi, uning asosiy elementi kirishning barcha 
texnologiyalarini 
qo‘llab-quvvatlovchi 
va 
katta 
miqdordagi 
infokommunikatsiya xizmatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi paketli 
transport 
tarmog‘i 
hisoblanadi. 
Uning 
muallifligi 
European 
Telecommunication Standartization Institute (ETSI) va bir nechta milliy 
standartlashtirish tashkilotlarini birlashtirgan Third Generation Partnership 
Project xalqaro hamkorlikka tegishli. 
IMS dastlab IP protokoli negizida 3-avlod mobil tarmoqlarini 
qurishga nisbatan ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik konsepsiya ETSI-
TISPAN qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan, uning butun kuchi IP 
protokollar stekidan foydalanib, statsionar (barqaror) tarmoqlarda 
xizmatlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish uchun 
zarur protokollar va interfeyslarning spetsifikatsiyasiga yo‘naltirilgan edi. 
Hozirgi vaqtda IMS arxitekturasi ko‘pchilik operatorlar va xizmat 
provayderlari tomonidan, shuningdek, qurilmani yetkazib beruvchilar 
tomonidan keyingi avlod tarmoqlarini qurish uchun mumkin bo‘ladigan 
yechim sifatida va IP platformasida mobil (harakatdagi) va statsionar 
(barqaror) tarmoqlar konferensiyasi asosi sifatida qarab chiqiladi. 
Mohiyatiga ko‘ra IMS konsepsiyasi UMTS tarmoqlari evolyutsiyasi 
natijasida, SIP protokoli asosidagi multimediali chaqiruvlar va seanslarni 
boshqarish sohasini 3G tarmoqlari arxitekturasiga qo‘shilganda vujudga 
keldi. IMS arxitekturasining asosiy xossalari orasida quyidagilarni alohida 
ajratish mumkin: 
- ko‘p sathlik – transport, boshqarish va ilovalar sathlariga bo‘linadi; 


348 
- kirish muhitiga bog‘liq bo‘lmaslik – operatorlar va xizmat 
provayderlariga 
qayd 
qilingan 
va 
mobil 
tarmoqlarni 
konvergensiyalashga imkon beradi; 
- haqiqiy vaqtda multimediali shaxsiy axborot almashinuvini 
(masalan, 
tovush, 
videotelefoniya) 
va 
odamlar 
hamda 
kompyuterlar o‘rtasida o‘xshashli axborot almashinuvini (masalan, 
o‘yinlar) qo‘llab-quvvatlash; 
- multimediali ilovalarning haqiqiy va haqiqiy bo‘lmagan vaqtga 
to‘la integratsiyasi (masalan, oqimli ilovalar va chatlar); 
- turli xil xizmatlarning o‘zaro aloqada bo‘lishi imkoniyati; 
- bitta seansda bir nechta xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash yoki bir 
vaqtda sinxronlashtirilgan bir nechta seanslarni tashkil etish 
imkoniyati. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling