Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   178
Bog'liq
T

 
Ilovalar sathi. IMS etalon arxitekturasining yuqori sathi ilovalar 
serverlari to‘plamini o‘z ichiga oladi, ular asosan IMS ning elementlari 
bo‘lib hisoblanmaydi. Yuqori tekislikning bu elementlari o‘z tarkibiga SIP 
protokoli negizidan IP-multimedia li ilovalarni ham, virtual uy muhiti 
negizida mobil tarmoqlarda amalga oshiriluvchi ilovalarni ham oladi. 
IMS ilovalari arxitekturasi nihoyatda murakkab, lekin bu yyerda 
asosiysi yangi ilovalarni yaratishda va an’anaviy ilovalar bilan 
integratsiyada yuqori darajada moslashuvchanlik hisoblanadi. Masalan, 
ma’lumotlarni uzatish muhiti telefon chaqiriqning an’anaviy xossalari 
bilan integratsiyalashi mumkin, masalan, teskari chaqiriq va chaqiriqni 
kutish Internet chaqirig‘i bilan. Buni bajarish uchun IMS arxitekturasi juda 
ko‘p xizmatlarni ishga tushirishga va ular orasida tranzaksiyalarni 
boshqarishga imkon beradi. 
- SSIM (Service Capability Interaction Manager) – IMS yadrosi va 
ilovalar tekisligining o‘zaro ta’sirlashuvini boshqarishni ta’minlaydi; 


355 
- SIP AS (SIP Application Server) – SIP protokoliga asoslangan 
xizmatlarni bajarish uchun xizmat qiluvchi ilovalar serveri. IMS dagi 
barcha yangi xizmatlar aynan SIP AS da joylashadi deb kutiladi; 
- OSA-SCS (Open Service Access – Service Capability Server) – 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xizmatlar serveri, u xizmatlarga ochiq kirishga 
asoslangan xizmatlarga interfeysni ta’minlaydi (OSA - Open Service 
Access). Maqsad xizmatlarga standart dasturiy interfeys ilovalari 
vositasida tarmoq fuknsiyalariga kirish imkonini ta’minlash hisoblanadi; 
- IM-SSF (IP Multimedia – Service Switching Function) – 
xizmatlarni kommutatsiyalash serveri, u IMS tizim ostini mobil tarmoq 
tizimining mantiqini yaxshilash uchun ilovalardan foydalanuvchiga 
moslashgan tizimdagi xizmatlar bilan ulanish uchun xizmat qiladi (CAMFI 
– Customized Applications for Mobile Network Enhanced Logic). Gap 
GSM global mobil aloqa tizimi uchun ishlab chiqilgan xizmatlar 
to‘g‘risida bormoqda, IM-SSF funksiyasi (xizmatlarni kommutatsiyalash 
funksiyasi) yordamida mazkur xizmatlardan foydalanish IMS da ham 
mumkin; 
- TAS (Telephony Application Server) – telefon ilovalari serveri SIP 
protokoli axborotlarini qabul qiladi va qayta ishlaydi, shuningdek, 
chiquvchi chaqiriq qay tarzda tashkil etilishi mumkinligini aniqlaydi. TAS 
xizmati mantiqi chaqiriqlarni qayta ishlashning tayanch xizmatlarini 
ta’minlaydi, shu jumladan, raqamlar tahlili, marshrutlash, chaqiriqlarni 
belgilash, kutish va yo‘nalishni o‘zgartirish, konferensaloqalarni 
ta’minlaydi. Agar chaqiriq UfTT da qayd etilgan yoki terminlashgan 
bo‘lsa, TAS serveri TDM (UfTT) nutq oqimi bitlarini IP RTP oqimga 
o‘zgartirishga va uni tegishli IP telefonning IP-adresiga yo‘naltirishga 
mediashlyuzlarga buyruq berish uchun MGCF funksiyasiga SIP 
signalizatsiyasi uchun javob beradi. IMS ning bitta xabarida abonent 
qurilmalarining turli xillariga ma’lum xizmatlar taqdim etuvchi bir necha 
TAS to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta TAS 
serveri IP Centrex ga xizmatlarni ko‘rsatadi (raqamlashning xususiy 
rejalari, umumiy ma’lumotnomalar, chaqiriqlarni avtomatik taqsimlash va 
h.k.), boshqa server ATSni qo‘llab-quvvatlaydi va VPN xizmatlarini 
taqdim etadi. Bir nechta ilovalar serverlarining o‘zaro ta’sirlashuvi turlicha 
sinflardagi abonent qurilmalari orasidagi chaqiriqlarni tugatish uchun SIP-
I signalizatsiya vositasida amalga oshiriladi; 
- HSS (Home Subscriber Server) – uy abonentlari serveri – GSM 
tarmoqlari elementiga - HLR (Note Location Register) serveriga o‘xshash 
- foydalanuvchilar ma’lumotlari bazasi hisoblanadi. HSS serveri xizmatlar 


356 
bilan bog‘liq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan yozuvni 
o‘qish rejimida ochiq kirishni ta’minlaydi. Kirish turli xil chetki oxirgi 
nuqtalardan, jumladan, telefon, WEB va SMS ilovalar, set-top box turidagi 
televizion qo‘shimchalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi. 
Shuningdek HSS da, SLF (Subscription Locator Function) funksiyasi 
amalga oshirilib, u I-CSCI modulidan yoki ilovalar serveridan savolga 
javob tariqasida aniq bir abonentning ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan 
ma’lumotlar bazasining holatini aniqlaydi. Nihoyat, HSS serveri tarkibiga 
2G tarmoqlari bilan ishlash uchun HLR va AuC (Autentification Center) 
modullari kiradi. 
IMS muhitida HSS serveri har bir foydalanuvchi va abonent 
tomonidan ishga tushirilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar 
bazasi sifatida ishlaydi: foydalanuvchi qanday xizmatlarga obuna bo‘lgan, 
bu xizmatlar yuklatilganligi, foydalanuvchi tomonidan qanday boshqaruv 
parametrlari o‘rnatilganligi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling