Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt doimiysi
Fotodiod sezgirligi - S bu yorug‘lik quvvatini elektr tokiga
aylanishdagi to‘liq foydali ish koeffitsientidir (FIK), ya’ni fototok I o‘rtacha qiymatining optik quvvat R o‘rtacha qiymatiga nisbatidir, A/Vt [4]: S= I/R , (6.4) yoki (9.4) ni hisobga olganda S= η (q/h). (6.5) Bundan ko‘rinib turibdiki, aktiv sohada yutiladigan yorug‘lik oqimlari qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni η-kvant samaradorligi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik ham shuncha yuqori bo‘ladi. 63 6.2-rasm. Turli materiallar uchun kvant samaradorligining to‘lqin uzunligiga bog‘lanishi. Vaqt doimiysi -foto qabul qilgichning tezkorligini xarakterlaydi va u ko‘pgina parametrlarga: aktivsoha kengligiga, to‘lqin uzunligiga, shuningdek tashuvchilar diffuziya oqibatida yoki elektr maydon ta’sirida harakat qilishiga bog‘liq. FD vaqt doimiysi diffuziya vaqtiga va aktivsohadan o‘tish vaqtiga bog‘liq. Shuning uchun p- va n-sohalarning, shuningdek aktivsohaning o‘lchamlari muhim hisoblanadi. Kelayotgan nurni aktivsohada to‘liq yutilishi, kvant samaradorligini oshirish maqsadida p-va n-sohalar ingichkaroq, aktivsoha esa kengroq qilib ishlab chiqariladi. Bu p- va n-sohalarga aralashmalarni ko‘proq qo‘shish, ya’ni yuqori legirlash, aktivsohani esa kamroq legirlash yordamida amalga oshiriladi[1]. p- va n- sohalarga fotonlar tushganda diffuziya toki hosil bo‘ladi, bu esa FD tezkorligini kamaytiradi. Lekin, aktivsoxa o‘lchamining kengligi xam, bu soxadan tashuvchilarni o‘tish vaqtini oshiradi. p-i-n turdagi diodlarda aktivsoxa kengligi 20 mkm atrofida bo‘ladi [6]. FDni xarakterlovchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bu shaxsiy shovqinlar sathi hisoblanadi. Shovqinlar regeneratsiyalash punktlari orasidagi masofaga ta’sir qiladi. FDda doimiy oqib o‘tadigan tok qiymati I 0 bilan shartlanadigan drob shovqinlari asosiy shovqin omili hisoblanadi. Drob 2qI 0 D=2qI 0 B , (6.6) bu yerda: q-elektron zaryadi; 0.4 0.6 1.0 1.2 1.4 1.6 6 1.8 100 80 60 40 20 0.8 Si Ge InGaAs InGaAsP l, μм η (%) 64 I 0 - FDdan doimiy oqib o‘tuvchi tok qiymati; D - chastota polosasi kengligi; B - uzatish tezligi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling