Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Nazorat savollari
1. Fotoqabulqilgichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Yarim o‘tkazgichli (FD)ning ish prinsipini tushuntiring. 3. Optik aloqa tizimlarida fotoqabulqilgichning qanday turlaridan foydalaniladi? 4. Fotoqabulqilgichlar qanday yarim o‘tkazgich materiallardan tayyorlanadi? 5. Fotodiodning tezkorligi qanday omillar bilan belgilanadi? 6. Fotodiodning kvant samaradorligi koeffitsientiga ta’rif bering. 7. Fotodiodning sezgirlik parametrlariga ta’rif bering. Ushbu parametrlarning qiymati qaysi omillar bilan belgilanadi? 8. p-i-n (FD)ning tezkorligi va sezgirligini ta’riflang. 9. Optik signalni qabul qiluvchi modulning vazifasi va tuzilishini tushintiring. 10. Optik signalni qabul qiluvchi modulning qaysi bloki sinxronizatsiyani ta’minlash uchun xizmat qiladi? Tolali optik aloqa tizimlarining passiv elementlari TOA tizimlarini normal ishlashi uchun ularni tarkibiga, turli xil passiv optik qurilmalar kiritiladi. Passiv optik qurilmalarga quyidagilar kiradi: optik signalni kiritish va chiqarish qurilmalari, ulagichlar, izolyatorlar, tarmoqlagichlar, filtrlar, attenyuator va boshqalar. Bu qurilmalar uchun quyidagi parametrlar umumiy hisoblanadi: turg‘un to‘lqin koeffitsienti, qurilmalar tomonidan kiritiluvchi shovqin, to‘lqin uzunligining ishchi diapazoni, ruxsat etiladigan quvvat sathi. 1. Turg‘un to‘lqin koeffitsienti k tt va yuguruvchi k yut to‘lqin koeffitsientlari qurilmani optik trakt bilan moslashish darajasini aniqlaydi, Ular aks etish koeffitsienti bilan bog‘liq: k tt =1/ k yut = ( 1+││)/( 1-││), (7.1) bu yerda ││=√P aks. e /P tush ; 65 P aks.e va P tush – mos ravishda aks etgan va tushayotgan to‘lqin quvvatlari. Ideal moslashishda aks etgan to‘lqinlar mavjud bo‘lmaydi, ya’ni P aks.e. =0, =0 va k tt = k yut =1 Moslashmaganlik uzatilgan signalni buzilishiga (kengayishiga) va qo‘shimcha yo‘qotishlarga olib keladi. 2. Kiritiluvchi so‘nish (yo‘qotish)lar a, dB qiymati, optik qurilmaning kirish P kir va chiqish P chiq quvvatlari nisbatini logarifmi orqali aniqlanadi: a =10 lg (P kir /P chiq ). (7.2) Kiritiluvchi so‘nish optik to‘lqinlarni yoki yorug‘likni yutilishi, sochilishi va aks etishi bilan shartlanadi. 3. Qurilmaning asosiy parametlarini berilgan texnik normalar doirasidan chiqmaydigan to‘lqin uzunligi diapazoni l min .......l maks yoki chastota diapazoni min ... maks ishchi diapazoni deyiladi. 4. Asosiy parametrlari berilgan texnik normalar doirasidan chiqmaydigan quvvat sathi ruxsat etiladigan hisoblanadi. Ruxsat etilgan sathdan yuqori quvvatli signal o‘tganda, qurilmani kuyishi istisno etilmaydi. Boshqa parametrlar muayyan qurilmalarni bajaradigan vazifasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling