Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Optik multipleksor, demultipleksorlar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   178
Bog'liq
T

Optik multipleksor, demultipleksorlar 
 
Optik multipleksor va demultipleksorlar spektral sezgir bo‘lib, 
selektiv hisoblanadi, ya’ni ularni xarakteristikalari optik to‘lqin uzunligiga 
bog‘liq. 
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (WDM) tolali optik aloqa 
tizimlarida har bir uzatuvchi modul lazeri muayyan chastotali signalni 
generatsiyalaydi. Bu signal (kanal)larni tolali optik liniya bo‘yicha uzatish 
uchun ularni yagona guruhiy signalga birlashtirish kerak. Bu vazifani 
bajaradigan qurilmani optik multipleksor (MUX) deb ataladi. Optik aloqa 
liniyasining boshqa uchida shunga o‘xshash qurilma guruhiy signalni 
axborotdan foydalanuvchilarga etkazish maqsadida alohida signal 
(kanal)larga ajratib beradi va bu qurilmani optik demultipleksor deb 
ataladi. Kanallarni vaqt bo‘yicha zichlashtirish uchun mo‘ljallangan va 
asosiy e’tibor uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarni 


66 
sinxronlash aniqligiga qaratilgan TDM tizimlaridan farqli ravishda spektr 
bo‘yicha zichlashtirilgan tolali 
optik aloqa tizimlarida 
alohida 
signallarning parametrlari avvaldan aniq ma’lum bo‘lgan spektral tashkil 
etuvchilari bo‘yicha multiplekslanadi va demultiplekslanadi (7.1-rasm). 
Interferension filtrlar asosidagi multipleksorlash texnologiyasi ancha 
qadimiy va keng tarqalgan texnologiya xisoblanadi. U Fabri-Pero 
rezonatori ish prinsipida ishlaydi. 
Bitta interferension filtr 
1
l
.....
n
l
oqimni 
1
l
va 
2
l
.....
n
l
oqimga ajratadi. 
Bunda ko‘p to‘lqinli oqimdan faqat bitta tashuvchini ajratib olishi 
mumkin. n ta tashuvchini demultipleksorlash uchun esa n ta filtr o‘rnatish 
kerak bo‘ladi. 
Multipleksor Demultipleksor 
7.1-rasm. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa 
tizimlarida multiplekslash va demultiplekslash jarayonlari. 
Optik multiplekslash va demultiplekslash kombinatsiyalashgan yoki 
o‘zaro ketma-ket joylashgan tor oraliqli (polosali) filtrlardan foydalanishga 
asoslanadi. Optik signallarni filtrlash uchun, jumladan, yupqa pardali 
filtrlar, tolali yoki bregg difraksiya panjaralari, payvandlangan tolali 
shahoblagichlar, suyuq kristallar asosidagi filtrlar, integral optik 
qurilmalari (fazar deb ataladigan fazali to‘lqin uzatgichli difraksiya 
panjaralari) dan foydalaniladi.
λ

λ 

λ 

λ
1
λ

λ

λ

λ

λ

λ

λ

λ



67 
Multipleksorlar tolali WDM optik aloqa tizimlaridan tashqari
shuningdek, tolali optik kuchaytirgichlarda, mahalliy tarmoqlarda 
signallarni to‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutlash chog‘ida va boshqa 
ayrim hollarda ham qo‘llaniladi.
Multipleksorlar yig‘iluvchi va ajratiluvchi optik signallar (kanallar) 
soniga qarab ikki guruhga bo‘linadi [ 1 ] : 
- to‘lqin uzunligi bo‘yicha kanallar orasidagi masofa 20 nm dan kam 
bo‘lmagan bir necha (4 tagacha) spektral kanallarni birlashtiruvchi 
multipleksorlar;
- spektral kanallar orasidagi masofa 0,4, . . . , 1,6 nm oraliqda yotgan 
hamda 4 tadan ko‘p — 8 ta, 16 ta, 32 ta va undan ko‘p sondagi kanallarni 
birlashtiruvchi multipleksorlar. 
Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan spektr bo‘yicha zichlashtirilgan 
(WDM) optik aloqa tizimlarida alohida kanallar orasidagi chastotaviy 
oraliq 100 GGs (0,8 nm) ni tashkil etadigan optik multiplekslovchi va 
demultplekslovchi qurilmalar eng keng qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda 
yaratilgan multiplekslovchi qurilmalar 50 Ggs va undan kichik chastotaviy 
oraliqda joylashgan kanallarni uzatishni ta’minlash imkonini beradi. 
Zamonaviy multipleksorlar asosan yupqa pardali filtrlar va biroz kamroq 
darajada to‘lqin uzatgichli difraksiya panjaralari matritsalari hamda bregg 
panjaralari asosida tayyorlanadi. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan 
optik aloqa tizimlarida kanallar joylashuvi zichligini yanada oshirish, 
multiplekslovchi 
optik 
quril-malarga 
qo‘yiladigan 
talablarning 
qat’iylashuvi jarayonida foydala-niladigan texnologiyalarning turi 
o‘zgarishi mumkin. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling