Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt prinsipi
- Aralash prinsip
Kalendar prinsipi, TXK bo‘yicha tadbirlar, rad etgunga qadar
ishlashga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lum bir vaqt (kun, hafta, oy, kvartal, yarim yil, yil) davomida belgilanadi. Bu prinsipda o‘tkaziladigan tadbirlar profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish (PTXK) deyiladi va TXK ning profilaktik usuliga mos keladi. í òõê òõê t nj òè Ò Ò T Ò T Ò K 0 0 0 2 / exp 1 / exp 1 99 2. Vaqt prinsipi, vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda TEOni NTXda belgilangan vaqtgacha rad etmasdan ishlashiga erishilgandan so‘ng, TXK bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu prinsipda o‘tkaziladigan TXK ishlari reglamentli deyiladi va odatda rad etish eskirishlar (lazer diodlari, ko‘chkili fotodiod, optik kuchaytirgichlar va boshqalar) sababli hosil bo‘ladigan TEO uchun qo‘llaniladi. 3. Aralash prinsip, ishlarning ma’lum bir qismi belgilangan kalendar muddatlarda, qolgan qismi esa rad etguncha ishlashiga bog‘liq holda bajariladi. Bunday TXK ba’zan reglament – profilaktik ishlar deyiladi. Nazorat qurilmalari bilan to‘liq ta’minlanganligi bois, zamonaviy raqamli TOAT da TXKning nazorat – to‘g‘rilash usuli keng qo‘llaniladi. Bu usulda TEOning holati tizimli nazorat qilinadi va o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlari va TEO ishining samaradorligi yomonlashgan holda qayta- tiklash – to‘g‘rilash ishlari bajariladi. Ba’zan bunday TXK to‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatish (TTXK) deyiladi. TTXK TEO ishga noqobiliyatliligi aniqlangach bajariladi va TEOning sifat parametrlari o‘rnatilgan doiralarda bo‘ladigan holatga qayta tiklash uchun yo‘naltirilgan. TOAT va tarmoqlarining rivojlanishi, qurilmalarining raqamlashtirilishi, ularning ekspluatatsiya amaliyotiga axborot texnologiyalarining kiritilishi operativ - texnik boshqarish tizimi (OTBT) va operativ - texnik xizmat ko‘rsatish tizimi (OTXKT)larini yagona avtomatlashtirilgan texnik ekspluatatsiya tizimi (ATET)ga birlashtirdi. So‘ng avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil etilishiga olib keldi, u yagona majmua sifatida tarmoqni boshqarish va rivojlantirishning barcha masalalarini hal etadi, boshqa tarmoqlarning operatorlari bilan o‘zaro faoliyatda bo‘ladi va aloqa xizmatlarini taqdim etadi. TTXKning umumiy sxemasi 10.4 – rasmda keltirilgan. Umumiy foydalanish tarmoqlarida, bu tarmoqlarning mos keluvchi operatorlari tomonidan shaharlararo tarmoqlarning (SHT) va xududiy, regional tarmoqlarning (RT) TE tizimi tashkil etiladi. TE tadbirlarida ular bir biri bilan o‘zaro avtomatlashtirilgan bog‘liqlikda bo‘ladi. TE jarayonida SHT va RTning TE tizimlari dasturiy – texnik majmua (DTM) bilan jihozlanadi. Boshqa tarmoqlarning TE tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lish xizmat telefon aloqa kanallarini va ma’lumotlarni uzatishning axborot tarmoqlarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. 100 9.4 – rasm. To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy sxemasi Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling