Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Raqamli tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Raqamli tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga oid normalar Umumiy qoidalar: Ekspluatatsiya qilishga oid normalar TEOni ekspluatatsiyaga tushirishda, ekspluatatsiya jarayonida va ularni qayta tiklashda maqsadli normalarni bajarish uchun o‘rnatiladi. TEOni ekspluatatsion normalarga muvofiqligini baholash 15 minut, 2 soat va 24 soat oralig‘ida o‘tkaziladi. Gipotetik etalon (to‘liq raqamli) traktiga, maqsadli normalarga qaraganda yuqoriroq, boshlang‘ich ekspluatatsion normalar MPO (Maintenance Perfomance Objectives) aniqlanadi. B – oxirgi stansiya Liniya trakti, multipleksorlash seksiyasi А – oxirgi stansiya ТEO holati haqidagi axborotlar to’plami Qartor qabul qilish va TXK strategiyasini ishga tushirish ТХК jarayoni va tadbirlarini amalga oshirish Axborotlarga ishlov berish. To’plash va taxlil qilish 101 Ekspluatatsion normalar nazorat qilinuvchi parametrlarning oxirgi chegaraviy qiymatlari (limitlar va chegaralar)ni beradi, ular obyektni ishga tushirishda yaroqlilik/yaroqsizligini yoki texnik xodimni ekspluatatsiya jarayoniga aralashuvini aniqlaydi. Ular asoslanadigan maqsadli normalardan farqli ravishda, ekspluatatsion normalar berilgan traktni amalga oshirishda qo‘llaniladigan, uzatish muhitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ekspluatatsiya jarayonida ekspluatatsion normalar uzluksiz (aloqani uzmasdan) nazorat olib borishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, aloqani uzgan holdagi o‘lchashlar ekspluatatsiyaga tushirishda va ta’mirlashdan so‘ng ishga tushirishda o‘tkaziladi.Aniq o‘lchanadigan parametrlar, o‘lchash davomiyligi va ekspluatatsiya jarayonida qo‘llaniladigan limitlar maqsadli norma talablariga javob bera oladigan darajada sifatli natijani ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Lekin xatoliklar bo‘yicha sifatga maqsadli normalar uzoq muddatli (bir oydan kam bo‘lmagan) o‘lchashlarga ta’lluqli, biroq foydalanishga kiritish va xizmat ko‘rsatish uchun amaliyotda qo‘llaniladigan limitlar va chegaralar qisqa muddatliga asoslanadi. Ekspluatatsion nazorat yordamida maqsadli normalarni ta’minlovchi, sifat ko‘rsatkichlarini normada saqlash uchun uch prinsip ishlatiladi: - ekspluatatsiyaga tushirishda chegaralarni hisoblash uchun ishlatiladigan, gipotetik etalon trakt uchun boshlang‘ich ekspluatatsion normalar; - ekspluatatsion chegaralarni hisoblashda, uzatish muhiti va appara- turaning eskirishini hisobga oluvchi koeffitsient qo‘llaniladi; - ekspluatatsion chegarani hisoblash uchun formulalarga chegaraviy kattaliklarni o‘lchash davomiyligiga bog‘liqligi kiritiladi. Sifatni kamayishi DPL (Degraded Rerfomance Limit) va ruxsat etilmaydigan sifat UPL (Unacceptable Perfomance Limit) ekspluatatsion chegaralar, uzluksiz nazorat natijalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xodim aralashuvi zarurligini aniqlaydi. Buning uchun 24 soat davomiyli vaqt oraliqlarini o‘lchashda xatoliklarni uzluksiz nazorat natijalari DPL bilan, 15 minut davomiyli vaqt oraliqlarini o‘lchashda xatoliklarni uzluksiz nazorat natijalari UPL bilan taqqoslanadi. Raqamli traktda xatolik parametrlariga qo‘yiladigan normalarni aniqlash uchun real raqamli traktni bir turdagi uchastkalarga shunday 102 ajratishni amalga oshirish kerakki, bunda real trakt normalari bir turdagi uchastkalar tashkil etuvchilarining yig‘indisiga teng bo‘lsin. Bir turdagi uchastkalar doirasida bir operator javobgar bo‘ladi, bir turdagi uzatish muhiti mavjud bo‘ladi va raqamli trakt bir toifaga ta’lluqli bo‘ladi (ya’ni transport tarmog‘ining tranzit uchatkasi yoki mahalliy uchastkasi yoki ulanish uchastkasi hisoblanadi). Sinxron raqamli TOATli traktning transport tarmog‘ining ma’lum (tranzit yoki mahalliy) uchastkasiga ta’luqliligini aniqlash quyidagilarni e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi: - xatolik ko‘rsatkichlarini o‘lchash natijalari bo‘yicha; - xorijiy davlatlarning xalqaro trafigining berilgan trakti orqali tranzitni tashkil etish imkoniyati bo‘yicha; - sinxron raqamli TOATning magistral trakti transport tarmog‘ining ham tranzit, ham mahalliy uchastkasiga ta’luqli bo‘lishi mumkin; - mahalliy tarmoqning sinxron raqamli TOATtraktlari transport tarmog‘ining mahalliy uchastkasiga ta’luqli; - sinxron raqamli TOATning xududiy trakti transport tarmog‘ining mahalliy uchastkasiga ta’luqli. Barcha xolatlarda operator traktning aniq vazifasi va xatolik ko‘rsatkichlarining o‘lchov natijalariga bog‘liq ravishda traktning ma’lum toifaga ta’luqliligini aniqlaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, juda yuqori normalar bo‘yicha (masalan, transport tarmog‘ining tranzit uchastkalari normalari bo‘yicha) mos keluvchi o‘lchovlardan keyin raqamli traktni ekspluatatsiyaga topshirish, ushbu traktni raqamli traktlar bozorida jalb etilishini oshiradi.Bir turdagi uchastkalarning har biri uchun xatoliklarga bo‘lgan normalar, ulushlarga mos holda aniqlanadi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling