Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   178
Bog'liq
T

Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari 
Keng polosali simsiz tarmoqlar (Broadband Wireless Network- 
BWN) turli radioaloqa tarmoqlarini o‘zida mujassam qiladi va 
abonentlarni o‘zaro axborot almashinishlari yoki abonentlarni boshqa 
telekommunikatsiya tarmog‘ining axborot resurslariga yuqori tezlikda 
(odamda B≥1 M bit/s) ulanish imkonini beradi. Bunday tarmoqlarning 
formal ta’rifi quyidagicha: 
Keng polosali simsiz tarmoqlar bu – teхnik tavfsiflari quyidagi 
talablarga javob beruvchi radiokanallar bilan o‘zaro bog‘langan uzellar 
majmuidir: 
 
Radio kanal resursi umum foydalanishdagi bo‘lishi lozim; 
 
Bandwidth- chastota polosasi kengligi bir necha MHz va 
shuncha ma’lumot uzatish tezligi sekundiga bir necha Mbitni tashkil 
qilishi lozim; 


124 
 
Tarmoq 
uzellari 
tarkibidagi 
jihozlar 
arxitekturasi 
va 
joylashuviga bog‘liq ravishda bir- biriga nisbatan to‘g‘ridan- to‘g‘ri 
ko‘rishga ega holatda (line of sight) yoki bir- biriga nisbatan ixtiyoriy 
holda, ya’ni, to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rish nazarda tutilmagan holda 
joylashishlari mumkin. 
Yuqorida keltirilgan ta’riflar va belgilanishlar asosida ta’kidlash 
mumkinki, BWN ning asosiy vazifasi kichiq o‘lchamli hududlarda simsiz 
ulanishlarni ta’minlash bilan bir qatorda, ushbu simsiz keng polosali 
tarmoq abonentlarini transport tarmog‘i orqali boshqa telekommunikatsiya 
tarmog‘i resurslariga ulanishlarini ta’minlashdir (4.8-rasm). Turli BWN da 
yuqoridagi vazifalarning biri prioritetga ega bo‘lishi mumkun va bunga 
bog‘liq ravishda simsiz keng polosali tarmoqlarni ikki kotigoriyaga 
ajratish mumkun: 
 
Ikki va undan ortiq local kirish tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash 
vazifasini bajaruvchi simsiz keng polosali kirish tarmoqlari (Broadband 
Wireless Access Network). 
2.8-rasm. Local kirish tarmoqlarini o‘zaro simsiz bog‘lanishini 
ta’minlovchi keng polosali simsiz tarmoq 
 
Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari. Bunday tarmoqalarda 
foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashinishni ta’minlash asosiy 
vazifadir.


125 
2.9-rasm. Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari 
Simsiz keng polosali tarmoqlarining paydo bo`lishi va dunyo bo`ylab 
juda 
keng 
miqyosda 
qo`llanilishi 
telekomunikatsiya 
tarmog`i 
abonentlarining axborot uzatish tezligiga va uzatiladigan axborotning 
xajmiga bo`lgan talablarini keskin ortib ketishiga olib keldi. Bu asosan XX 
asrning to`rtinchi choragida yaqqol namoyon bo`ldi. Aynan o`sha 
davrlardan boshlab axborot va axborot almashishning jamiyatning ishlab 
chiqarish faoliyatining muhim jihatiga aylandi. Shu tariqa bugungi kunga 
kelib jamiyat azolarining individual bevosita muloqoti shakli sezilarli 
darajada telekomunikatsiya vositalari orqali muloqot shakliga o`ta 
boshladi. Masalan sotsial tarmoqlar (network socicty). 
Yangi davrning talablarini qondirishga simsiz aloqadan foydalanish 
eng samarali yechim bo`la oladi. Bunga sabab simsiz aloqa tizimlari 
uzatish qurilmalarining joylashishi o`rniga bog`liq bo`lmagan holda, xar 
qanday vaqtda aloqa jarayonini 
tashkil 
qilish imkoniga ega. 
Radioto`lqinlarning tarqalish xususiyati va radio vositalar orasidagi o`zaro 
halaqitlarning mavjud bo`lmasligiga qo`yiladigan talablarni hisobga olgan 
holda, radioaloqaning hamma joyda va ommaviy ravishda qo`llanilishiga 
to`sqinlik 
qiluchi 
omil 
sifatida 
radiochastota 
resurs 
(DUP)ni 
cheklanganligini keltirish mumkin. Simsiz tarmoqlarning o`tkazgichli 
tarmoqlar bilan hamkorlikda, vazifalarni quyidagi tartibda bo`lib olinishi 
asosida faoliyat ko`rsatishi natijasida bu radio chastota resursi 
cheklanganligi muammosini hal qilish mumkin: 


126 
 
o`tkazgichli ( elektir yoki optik ) yoki sun’iy yo`ldoshli (radio releyli 
aloqa tarmog`I orqali kichiq o`lchamli simsiz kirish tarmoqlarini o`zaro 
ulanishlarini ta’minlaydi; 
 
simsiz kirish tarmoqlari esa yuqorida sanab chiqilgan barcha 
afzalliklarga ega bo`lgan holda abonentlarni simsiz o`zaro ulanishlarni va 
ularni transport. 
Kichiq o`lchamdagi simsiz tarmoqlarni tashkil etishda kam quvvatli, 
o`rta yuqori (UHF) va o`ta yuqori (SHF – Super High Frequency ) 
chastotalar diapazonidagi radio signallardan foydalaniladi va bunda signal 
manbadan uzoqlashgan sari jadal ravishda so`nib boradi. Bu ikki omil 
o`zaro yaqin joylashgan ikki simsiz kirish tarmog`ida bir xil chastotadan 
foydalanishga imkon beradi va xar ikki hududda keng polosali simsiz 
kirish tarmog`i tashkil etiladi. 
BWN lar ulardagi tarmoq uzellarini hududiy joylashuvi va ularning 
qamrov hududining o`lchashga bog`liq ravishda quyidagi to`rtta asosiy 
turga bo`linadi: 
1) 
Shaxsiy simsiz tarmoq ( WPAN-Wireless Personal Area 
Network ). Bunday tarmoq abonentning xonasi yoki ishchi stoli hududida 
o`tkazgichli ulanishlardan voz kechish maqsadida qo`llanilib aloqa 
masofasi shartli ravishda 10m gacha belgilangan. WPAN tarmog`iga misol 
qilib shaxsiy kompyuter va uning periferiya qurilmalarini simsiz ulanish 
tarmog`ini yoki xo`jalik multimedia qurilmalarini bog`lanish tarmog`ini 
keltirish mumkin. 
2.10-rasm. WPAN - simsiz shahsiy tarmoq 


127 
2) 
Lokal simsiz tarmoqlar ( WLAN- Wireless Local Area 
Network). Bunday turdagi simsiz tarmoqlar R=100m ga teng radiusli 
hududlarda simsiz keng polosali kirish tarmog`ini tashkil qilish uchun 
qo`llaniladi. Bunday WLAN tarmoqlariga ofislardagi, mexmonxonalar, 
aeroportlardagi, shuningdek xususiy xonadonlardagi simsiz kirish 
tarmoqlarini (masalan Wi-Fi yasashda) misol keltirish mumkin. 
2.11-rasm. WLAN- simsiz lokal tarmoq 
3) 
Shahar simsiz tarmog‘i (WMAN-wireless Metropolitan Area 
Network ) katta bo‘lmagan aholi yashash punktlari hududida yoki katta 
shaharlarning administrativ hududlarida (kvartal yoki boshqa.) simsiz 
tarmoqlarni tashkil etishga mo‘ljallangan. WMAN tarmog‘i uzellari 
orasidagi masofa 100 m dan bir necha o‘nlab kilometrlargacha bo‘lishi 
mumkin. WMAN ga misol sifatida kichiq shaharlardagi Wi-MAX 
tehnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlarini obektlari tarqoq 
joylashgan katta hududga ega tashkilot yoki zavodlar hududidagi simsiz 
tarmoqlarni keltirish mumkin. 
Shuningdek chet el davlatlarida ko‘lami katta hududga yoyilgan 
universitet simsiz tarmoqlarini kompus tarmoqlari (CAN-Campus Area 
Network ) deyiladi. 


128 
2.12-rasm. WMAN- Shahar simsiz tarmog‘i
Uyali mobil aloqa tarmoqlari regional yoki milliy masshtabdagi 
hududlarda 
120 
km/soat 
gacha 
tezlikda 
harakatlanayotgan 
foydalanuvchilarni mobil (harakatdagi) aloqa bilan ta’minlashni ko‘zda 
tutadi. Uyali mobil aloqa tarmoqlarining strukturasi uzatish va qabul 
qilishni amalga oshiruvchi uzellar (bazaviy stansiya - BTS) dan va bir uzel 
xizmat ko‘rsatish hududidan boshqa bir uzel hududiga ko‘chib o‘tganda 
abonentlarning ayni paytdagi joylashgan uzel hududini (joylashgan o‘rnini 
shuningdek) aniqlash va bu abonentni uzliksiz aloqa bilan ta’minlash 
vazifasini 
bajaruvchi 
kommutatsiya 
jihozlaridan 
tashkil 
topadi. 
Tarmoqning qamrov hududi yacheykalarga (uyalarga) bo‘linadi.
Transport tarmog‘i sifatida elektr o‘tkazgichli, radioreleyli va optik 
kabelli tizimlardan foydalanilishi mumkin. 
Ta’kidlanganidek simsiz keng polosali tarmoqlar simsiz ulanishi 
mobil stansiyalar (MS-abonentlar) ni o‘zaro ulanishiga yoki bu MS larni 
boshqa telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanishlarini ta’minlash mumkun. 
Aynan qay bir vazifasi birlamchi hisoblanishiga bog‘liq ravishda BWN 
larni ikki xil kategoriyaga mumkin. BWAN (Broad wireless access 
network) keng polosali simsiz kirish tarmoqlari. Bunday BWAN 
tarmog‘ining asosiy vazifasi MS larni boshqa telekommunikatsiya 
tarmog‘I resurslariga simsiz ulanishlarini ta’minlashdir. Masalan Wi-Fi va 
Wi-MAX texnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlari. 


129 
Uyali aloqani keng polosali tarmoqlari. Bunday simsiz keng 
polosaning asosiy birlamchi vazifasi MS larni o‘zaro bog‘lanishlarini 
ta’minlashdir. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling