Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Zamonaviy optik abonenet ulanish tarmoqlari
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Zamonaviy optik abonenet ulanish tarmoqlari Barchamizga ma’lumki bugungi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarining muammoli qismi abonent kirish tarmoqlari xisoblanadi. Bu asosan mavjud o‘rama juft mis simli aloqa kabellari asosida qurilgan abonent kirish tarmoqlarining o‘tkazish qobiliyatining pastligi, signallarni uzoq masofaga sifatli yetkazishda muammolar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Xozirda rivojlangan axborotlashgan jamiyatda abonentlarning axborotga bo‘lgan extiyojlari tobora ortib bormoqda. Yangi telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish jarayonida bu muammolar ayniqsa cheklanishlarni yuzaga keltiradi. Xususan bugungi kunda telekommunikatsiya xizmatlaridan biri sifatida keng rivojlanib borayotgan HDTV (high definition TV) - yuqori aniqlikdagi televizion xizmatini misol keltirish mumkin. Chunki axolining(abonentlaring) aksariyat qismi bunday xizmatlarni taqdim etishga tayyor bo‘lmoqda ya’ni, ular ENT(elektron-nur trubkali) televizion qabul qilgichlarini (televizorlarini) suyuq kristalli yoki plazmali tevizion qabul qilgichlarga almashtirmoqdalir. Bu esa ularga HDTV televizion xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu xizmatni amalga oshirish uchun tashkil qilingan tarmoqga o‘tkazish qobiliyati va paketlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Chunki bu xizmatni taqdim qilish internet va telefoniya xizmatlariga nisbatan ancha murakkab va nisbatan katta o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Masalan rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Osiyo-Tinch okeani regioni mamlakatlari, Yevropa) keng polosali abonent tarmoqlarini qurishda opperatordan abonentga 25/50 Mbit/s, abonentdan operatorga esa 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan tezliklarni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ommaviy ravishda axolini bunday tezlik bilan ta’minlashda optik tolali texnologiyalardan foydalanish eng samarali usul xisobdlanadi. Ya’ni, keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishni FTTX (Fiber to the X) konsepsiyasi asosida amalga oshirish. FTTX konsepsiyasini amalga oshirishda asosan PON texnologiyasidan foydalaniladi. FTTX konsepsiyasining bir qancha variantlari bor: 130 FTTHome –xonadongacha (kvartiragacha) optik tolali abonent tarmog‘ini qurish; FTTPremises –xususiy binogacha optik tolali tarmoq qurish; FTTBuilding – ko‘p qavatli axoli turar joyigacha optik tolali tarmoq qurish (taunxaus); FTTCurb – taqsimlash shkafigacha optik tolali tarmoq qurish (pod'ezdlarda). Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling