Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178
Bog'liq
T

 
PON texnologiyasi 
PON texnologiyasi asosida qurilgan optik tarmoq passiv tarmoq 
bo‘lib, unda optik tarmoqlagichlar (splitterlar) va optik to‘lqin 
multipleksorlari (ko‘p sondagi ulangan abonentardan tushayotgan abonent 
trafiklarini bir tolaga konsentratsiyalash uchun). Optik tolali abonent kirish 
tarmoqlarini qurishda PON texnologyasidan foydalanish operatorga kirish 
uzelidagi portlar sonini kamaytirish va nisbatan kam tolali optik 
kabellardan foydalanish imkoniyatini beradi[7]. 
PON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent kirish 
tarmog‘ining prinspial sxemasi 4.15- rasmda keltirilgan. 
2.13-rasm. PON texnologiyasi asosida qurilgan passiv optik tarmoqning 
prinspial sxemasi 
Xozirda PON texnologiyasining bir qancha standartlari ishlab 
chiqilgan bo‘lib ularning keng tarqalgan turlari quyidagilar: 
 
EPON – Ethernet PON (shuningdek, GEPON); 
 
BPON – ATM protokoli asosidagi keng polosali (Broadband) 
PON;


131 
 
GPON – GFP protokoli asosidagi multigigabit PON. 
PON standartaring asosiy xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan. 
PON ning xozirda eng keng qo‘llaniladigan standartlari bu EPON va 
GPON lardir. Osiyo – Tinch okeani regini mamlakatlarida (Yaponiya, 
Xitoy Koreya va b.r) optik abonent kirish tarmoqlarini EPON standarti 
asosida qurish keng rivojlangan. GPON standarti esa AQShda keng 
qo‘llanilmoqda. 
2.4. Keng polosali transport tarmoqlari va ularni qurish usullari 
WDM texnologiyasiga asoslangan keng polosali transport 
tarmoqlari: Aloqa tarmoqlariga bo‘lgan talablarning kundan-kunga 
oshishi tufayli shu talablarni qondiruvchi yangi texnologiyalar 
yaratilmoqda va amalda qo‘llanilmoqda. 
SDH/SONET iyerarxiyasining uzatish tezliklarini qo‘llagan holda 
optik tolali aloqa tarmoqlari rivojlana boshladi. Natijada kam kanalli 
uzatish tezliklaridan STM-1ga (tezligi 155 Mbit/s) undan keyin STM-4 
(tezligi 622 Mbit/s) undan keyin esa STM-16 (tezligi 2.5 Gbit/s) ga o‘tish 
amalga oshdi. Bunday jadal rivojlanishning zaruriyati Internet trafiklariga, 
ya’ni, uning xizmat turlariga bo‘lgan qiziqish bilan ham bog‘liqdir. 
Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar xajmining oshishi o‘z navbatida 
foydalanuvchilarga multimediyalardan foydalanish imkonini beradi. Bu 
esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarni sonini oshirishga majbur qiladi va 
natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham oshadi. 
Bunday tezliklardan foydalanish uchun STM-64, STM-256 texnologiyalari 
yaratildi. Lekin ma’lumotlarni uzatish xajmining yanada oshishi va 
o‘tkazuvchanlik qobiliyatining mavjud bo‘lgan optik tolalar orqali tez 
to‘lishi yana muammolarni yuzaga keltirdi.
Bunday muammolarni hal qilish uchun esa 3 variantdan 
foydalanishga to‘g‘ri keladi: 
- yangi optik kabellarni yotqizish; 
- vaqtli multipleksorlashga ega bo‘lgan apparaturalardan foydalanish; 
- WDM texnologiyalaridan foydalanish. 
Birinchi variantda tarmoqdagi mavjud bo‘lgan optik kabellarni 
o‘rniga yangisini yotqizish iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Ikkinchi variantda esa, yotqizilgan optik kabellar orqali STM-64, 
STM-256 kabi texnologiyalarning yuqori tezlikli oqimlarini uzatish 
mumkin. Umuman bunday tezliklarda eng asosiy vazifani signalning aks 
qaytishi va polyarizatsion modali dispersiya amalga oshiradi. Dispersiya’ni 


132 
sozlash uchun, manfiy qiymatga ega bo‘lgan tolali optik kabelning bir 
bo‘lagidan foydalaniladi. Shuningdek, uzatish tezligining oshishi bilan 
yorug‘lik oqimining so‘nishi oshadi va foto qabul qilgichning 
sezuvchanligini pasaytiradi, ya’ni, xatolikning paydo bo‘lish chastotasi 
belgilangan chegaraga mos keladi, bu esa kirish signalining minimal 
quvvatini oshiradi. Qabul qilinadigan signalni yetarli quvvat bilan 
ta’minlash uchun qo‘shimcha ravishda kuchaytirgich va regeneratorlarni 
joylashtirishga to‘g‘ri keladi. 
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan optik multipleksorlash (WDM 
Wavelength Division Multiplexing), optik zichlashtirish bo‘yicha yangi 
texnologiyalardan hisoblanadi. Quyidagi 3.1-rasmda bir optik tola orqali 
bir necha alohida to‘lqin uzunliklaridagi optik aloqa kanallari tashkil 
qilinishini ko‘rish mumkin.
WDM ning ishlash printsipial sxemasi juda oddiy. Bunday 
texnologiyada bir tola orqali SDH ning bir nechta optik kanalini uzatish 
uchun, signallarning optik to‘lqin uzunligi o‘zgartiriladi, multipleksor 
yordamida ular aralashtiriladi va optik liniyaga beriladi. 
3.1-rasm. Bir optik tola orqali bir necha alohida to‘lqin
uzunliklaridagi aloqa kanallari tashkil qilinishi 
Qabul kiluvchi punktda teskari jarayon amalga oshadi. Quyidagi 3.2-
rasmda WDM texnologiyasini amalga oshirishning eng asosiy qurilmalari 
bo‘lgan optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi 
ko‘rsatilgan. 
3.2-rasm. DWDMning optik multipleksor va demultipleksorlarini 
ishlash printsipi 


133 
Hozirgi paytda WDM, ma’lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar 
uchun chastota bo‘yicha multipleksorlash (FDM), kabi optik sinxron 
tizimlarda ham xuddi shunday vazifani o‘taydi. Shu sababli WDM li 
tizimlar, chastota bo‘yicha optik multipleksorlovchi (OFDM) tizimlar 
nomini oldi. Lekin bunday texnologiyalar bir-biridan keskin farq qiladi. 
FDM da bir yon chastota oralig‘iga ega bo‘lgan amplitudaviy 
modulyatsiyalash 
mexanizmi 
qo‘llaniladi. 
OFDM 
modulyatsiya 
mexanizmida esa, tashuvchi chastotalar alohida manbalar (lazerlar)da 
ishlab chiqiladi. Bunday signallar bitta ko‘p chastotali signalga 
multipleksorlar yordamida birlashtiriladi. Uning har bir tashkil topuvchisi 
(tashuvchisi) turli sinxron texnologiyalar qonuni bo‘yicha shakllangan 
raqamli signallarning oqimlarini uzatishi mumkin. Masalan bitta tashuvchi 
ATM trafikni, boshqasi SDH ni, uchinchisi esa PDH ni uzatishi mumkin. 
Buning uchun tashuvchi uzatuvchi trafikka mos keluvchi raqamli signal 
bilan modulyatsiyalanadi. 
WDM li tizimlarning blok sxemasi 
Kanallari 
to‘lqin 
uzunligi 
bo‘yicha 
zichlashtirilgan 
WDM 
tizimlarining asosiy qismlari bu uzatish qismi, liniya qismi va qabul qilish 
qismidir. Bu har bir qismlar o‘ziga hos elementlardan tashkil topadi. 
Quyidagi 3.3- rasmda WDM li tizimlarning asosiy sxemasi ko‘rsatilgan. 
3.3-rasm. WDM asosidagi tizimlarning asosiy sxemasi 
Tizimning uzatuvchi qismi turli manbalardan kirishda n ma’lumotlar 
oqimi (tashuvchining to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan kodlangan raqamli 
impulslar raqamli ketma-ketligi)ni qabul qiladi. Bunday oqimlar mos 
keluvchi interfeyslarda (Int) qayta ishlanadi va optik modulyatorlar (M) 
yordamida tashuvchisi modulyatsiyalanadi. To‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan 
modulyatsiyalangan optik tashuvchilar WDMMUX multipleksorlari 


134 
yordamida modulyatsiyalanadi va kuchaytiriladi. Undan keyin esa 
chiqishdagi agregat oqimlar tolaga uzatiladi. 
Qabul qiluvchi qismda esa tola chiqishidan oqim qabul qilinadi va 
kuchaytiriladi, demultipleksorlanadi, ya’ni to‘lqin tashuvchiga ega bo‘lgan 
oqimlarga ajratiladi, detektorlanadi, kirishdagi filtr esa o‘zaro o‘tuvchi 
shovqinlarni kamaytirish va detektorlashda shovqin bardoshlikni oshirish 
uchun qo‘llaniladi va DM yordamida demodulyatsiyalanadi, ya’ni 
chiqishda kodlangan boshlang‘ich impulslar ketma-ketligi hosil bo‘ladi. 
WDM ning birinchi multipleksorlarida ikkita tashuvchi (1310 nm va 
1550 nm) dan foydalanilgan. Ularning orasidagi farq 240 nm ni tashkil 
qilganligi (katta oraliqni) sababli, ularni ajratishda maxsus filtrlar talab 
qilinmagan. 
Hozirgi paytda kanallarni ajratish bo‘yicha uchta konkurent 
texnologiya qo‘llaniladi. Shulardan ikkitasi integral optika asosida AWG 
(Arrayed Waveguid Grating) to‘lqin o‘tkazgich massividagi difraktsion 
panjara asosida tashuvchilarni ajratish, ikkinchisi esa CG (Concave 
Grating) buklangan difraktsion panjara yordamida tashuvchilarni 
ajratishdir. Uchinchi texnologiyada esa odatdagi yangi texnologiya 
satxidagi diskret optika qo‘llaniladi. Bunda kanallarni ajratish uchun uch 
o‘lchamli optik multipleksor texnologiyasidan foydalaniladi. (3-D Optiks 
WDM). Optik multipleksorlashni xususiyatlarini quyidagi jadvalda o‘zaro 
solishtirish: 
3.1-jadval 
Texn
o
lo
g
iy

Kan
allarnin
g
m
ak
simal
so
n

(nm)
Kan
allarni 
k
o‘
ch
irish
Olib
kelad
ig
an
y
o‘
q
o
tish
(
d
B)
O‘
zaro 
o‘
tu
v
ch
is
o‘
n
ish
(dB

Po
ly
ariza
tsiy
ag

sezu
v
ch
an
lik
(
%)
AWG 
32 
0.1-15 
6-8 
-5 ÷ -29 

CG 
78 
1-4 
10-16 
-7 ÷ -30 
2-50 
3-D Optiks 
WDM 
262 
0.4- 250 
2-6 
-30 ÷ -
55 



135 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki 3-D Optiks WDM beshta parametrdan 
to‘rttasi bo‘yicha afzallikka ega va uni HDWDM satxigacha 0,4 nm dan 
kam bo‘lmagan kanallarni ko‘chirishda WDM tizimlarida qo‘llash 
mumkin. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling