Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
DWDM texnologiyasi
Telekommunikatsiya’ning odatdagi texnologiyasi, bitta optik tola bo‘yicha bitta signal uzatish imkonini beradi. Spektral yoki optik zichlashtirish usullarining ma’nosi shundan iboratki, bunda bitta tola bo‘ylab SDH ning juda ko‘p alohida signallarini uzatishni amalga oshirish mumkin va shunga mos holda aloqa liniyasining o‘tkazuvchanlik qobiliyati ham oshadi. Bunday texnologiya, spektrlarni yuqori zichlashtiruvchi texnologiyalar tarkibiga kiradi va bu AT&T kompaniyasi tomonidan yaratilgan. DWDM (Dense Wavelenght Division Multiplexing) – transport texnologiyasi bitta optik tola orqali katta sondagi alohida optik kanallar tashkil qilishga yordam beradi. Shu sababli DWDM texnologiyasi bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmoqlarining transport uchastkalarida faol qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday yuqori tezlikga, to‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash zich holatda amalga oshirish orqali erishiladi. Ya’ni har bir optik tola bo‘ylab bir-biridan ma’lum filtrlash polosasiga farq qiluvchi bir necha oqim uzatiladi va ularning har biri o‘zining alohida to‘lqin uzunligiga ega. Bunday qurilma 51 dan 102 tagacha kanallar hosil qilish mumkin (kanallar orasidagi) filtr polosaga bog‘liq ravishda. Bunda bir tola bo‘ylab uzatilishi mukin bo‘lgan oqimning umumiy tezligi bir necha Tbit/s gacha oshirilishi imkoni yuzaga keladi. DWDM asosan magistral optik transport tarmoqlarini qurishda qo‘llanilib, turli faqat optik darajada qo‘llaniluvchi qurilmalardan foydalanganligi sababli tarmoqda elektro-optik va opto-elektron o‘zgartirish jarayonlari kamayadi. Natijada tarmoqning ma’lumot uzatish tezligi kamayishi oldi olinadi. Quyidagi DWDM texnologiyasining ishlash tamoyilini tushuntiruvchi sxema 3.5-rasmda tasvirlangan. Optik signal optik tolali aloqa liniyasi bo‘ylab uzatilar ekan so‘nadi. Signallarni kuchaytirish maqsadida optik kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Nazariy jihatdan bu signallarni 4000 km ga hech qanday elektro-optik- elektro o‘zgartirishlarsiz uzatish imkonini beradi. Bu SDH (200km) ga nisbatan yetarlicha yuqori imkoniyat. 141 3.6-rasm. DWDM texnologiyasining ishlash tamoilini tushuntiruvchi sxemasi Bitta tola bo‘ylab umumiy ma’lumot uzatish tezligini oshirish maqsadida bir necha alohida to‘lqin uzunliklarni zichlashtirish va ularni bitta tola bo‘ylab uzatishga erishish uchun 18 yil oldin harakat boshlangan. Dastlab 850 nm va 1310 nm to‘lqin uzunliklardan, keyinchalik 1310 nm va 1550 nm dagi to‘lqin uzunliklardan foydalanila boshlandi. Ammo lazer diodlarni ishlab chiqish texnologiyasining rivojlanishi va lazer diodlarning spektral harakteristikalari mukammallashgach 1550 nm diapazonida bitta tola bo‘ylab bir necha o‘nlab kanallarni zichlashtirish imkoni hosil bo‘ldi. Bunday texnologiya asosida ishlovchi turli hil ishlab chiqaruvchilar tomonida ishlab chiqilgan qurilmalarni o‘zaro hamkorlikda ishlay olishlarini ta’minlash maqsadida bu texnologiyada optik tashuvchilarni standartlashtirish, kanal va chastota rejasii standartlashtirish masalasi yuzaga keldi. Bu masalani Xalqaro elektr aloqa birlashmasi (ITU) hal etdi. DWDM twxnologiyasining kanallari va chastotalari rejasi ITU ning G.692 standartida tartibga solingan va belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra DWDM texnologiyasida 1528,77 nm dan 1569,69 nm gacha spektrdan (umumiy 5,1 TGs li diapazon) foydalanish, kanallar orasidagi filtr polosasini 100 GGs erib tayinlash tavsiya etiladi. Bu diapazonda maksimal 51 ta optik kanal hosil qilish mumkin. Demak bu holatda kanallar orasidagi qadam 0,8 nm ni tashkil qiladi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, juda ko‘plab ishlab shiqaruvchilari tomonida kanallar orasidagi filtr polosa farqi 50 GGs (0,4 nm) bo‘lgan qurilmalar ishlab chiqarilgan Bundan tashqari shunday holatlar bo‘ladiki bu darajadagi zichlashtirishga zarurat bo‘lmaydi va kanalla orasidagi filtr polosa farqini 200 GGs, hattoki 400 GGs gacha oshirish mumkin. Shunday qilib ITU G.692 standartining ohirgi versiyasi 142 bunday texnologiyalarda kanalla orasidagi filtr polosasini 50,100, 200, 400 GGs (0,4; 0,8; 1,6; 3,2 nm) ga teng qilib olish tavsiya etiladi. Kanallar orasidagi filtr polosa farqi 0,4 nm bo‘lganda 1529-1565 nm diapazonda jami 102 ta optik kanal hosil qilsa bo‘ladi. Hizirgi kunda kelib ITU kanallar orasidagi filtr polosa kengligini 25, 12,5 GGs qilib belgilanishini tavsiya etmoqda. DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega: uzatish tezligining yuqoriligi; xalqa tapologiyasi asosida 100 % li zaxirani ta’minlash imkoniyati; optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida har qanday texnologiyani ko‘llash imkoni; optik magistraldagi kanallar sonini soddagina oshirish imkoni. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling