Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
-rasm. FG-GPON-OLT stansiya OLT qurilmasi
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
4.4-rasm. FG-GPON-OLT stansiya OLT qurilmasi FG-GPON-OLT-SWITCH-CARD kommutator kartasi (4.5-rasm) har xil platalardagi ikkilamchi zahiraa ega 28 Gbit / s ga bo‘lgan kirish portlariga ega (2 × 10 Gbit / s va 8 × 1 Gbit / s), Shuningdek 10 Gbit/s li shina orqali har bir liniya interfeysi bilan bog‘laydi. Ushbu karta 16 ming MAC manziliga, 4094 VLANga ishlov berish imkonini beruvchi yuqori quvvatli kommutatsion matrisa bilan jihozlangan. 157 4.5-rasm. FG-GPON-OLT-SWITCH-CARD platasi XDSL ga asoslangan keng polosali tarmoq xizmatlari DSL texnologiyasi ham evolyutsion ravishda rivojlandi va bir nechta modifikatsiyaga ega. Bugungi kunda DSL texnologiyalarining eng istiqbolli va keng tarqalgan turlari haqida to‘xtalamiz. Zamonaviy dunyoda keng polosali xizmatlarning yaratilishiga nafaqat operatorlar, balki foydalanuvchilarning katta qismi sababchi bo‘ldilar. Ushbu xizmatlardan ba’zilari juda yuqori ma’lumotlar uzatish tezligi talab qiladi. Biroq, DSL texnologiyalaridan biriga ega bo‘lgan mis liniyalar asosidagi tarmoqlar hali hamon aholining katta guruhining ehtiyojlarini qondirish uchun etarli o‘tkazish polosasini ta’minlay oladi. DSL texnologiyasini eng asisiy ko‘rsatuvchi xizmatlaridan biri bu Internet xizmatidir. Bugungi kunda ADSL yuqori tezlikdagi Internetga kirish xizmatlarida operatorning, ayniqsa mamlakatimiz shaharlarida, asosiy standart taklifiga aylandi. Haqiqatan ham, ma’lumotlar uzatish tezligi uchun nisbatan oddiy foydalanuvchilar talablari hisobga olinsa, telefon xizmatlari va Internetga kirishni bir fizik aloqa liniyasi orqali taqdim qilish uchun qulay va arzon narxlardagi echim hisoblanadi. Internetning asosiy maqsadi an'anaviy ravishda axborotni qidirish hisoblanadi. Ammo hozirgi kunda internet yanada tijorat tuzilishiga aylanmoqda. Global tarmoq resurslaridan foydalanish manbalaridan daromad manbalari ikkita an'anaviy qismga bo‘linadi: Internet-serfing; elektron tijorat. Birinchi holda, daromad reklama texnologiyasidan kelib tushadi. Ba’zi taniqli internet-portallariga internet serfing natijasida kuniga 4 158 milliondan ortiq tashrif buyurishadi. Bunday mashhurlik internet- portallarni potentsial mijozlarni jalb qilish uchun qulay vosita aylantiradi va reklama maqsadida foydalanishga imkon beradi. Intellektual mulk qiymatining ortishi kuzatilmoqda. Bu Internetning bugungi kunda nafaqat o‘yin-kulgi va yangiliklar manbasi bo‘lishidan dalolat beradi balki u axborot bozorida bir supermarketka aylandi. ADSL/ADSL2 + texnologiyalari zamonaviy Internet biznes tuzilmalari uchun talablarga to‘la javob beradi. IPTV-ning asosiy afzalliklari - video xizmatlarining interaktivligi va qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi. IP protokoli imkoniyatlarini nafaqat video xizmatlarini, balki interaktiv va integratsiyalangan xizmatlarni taqdim etishga imkon beradi. DSL tehnologiyasi IPTV xozmatlarini taqdim etish uchun imkoniyatga ega. Chunki ADSL 2+ varianti IPTV uchun etarli uzatish tezligini ta’minlash imkonini beradi. Keng tarmoqli tarmoqlarni rivojlantirish yangi zamonaviy paketli telefoniya xizmatlariga yo‘l ochib beradi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, klassik telefon tarmoqlarida mavjud bo‘lmagan xizmatlarning paydo bo‘lishi "All Over IP" kontseptsiyasiga o‘tishning asosiy vositasi bo‘ladi. Qisqa matnli xabarlarni uzatish uzoq vaqt mobaynida mobil aloqa tarmoqlarida va Internet tarmog‘ida aloqaning ajralmas qismiga aylandi. Ularning mashhurligi yaqin keluvchi NGN tarmog‘ida davom etishini taxmin qilish mantiqan to‘g‘ridir. Bu ikkita xizmat: Yagona xabarlashuv - universal xabarlarni uzatish. SMS, EMS, MMS yoki videolar kabi xabarlarni yuborish qobiliyatini beradi; Tezkor xat yozish - lahzali xabar almashish. Ikki yoki undan ortiq abonentlar o‘rtasida (elektronik analogi) matnli xabarlarni uzatish imkonini beradi. Bunday xizmatlarni faqat IP-tarmog‘iga ulanganda va ular yuqori polosa kengligi talab qo‘ymaganligi uchun SHDSL texnologiyasi asosida amalga oshirilishi mumkin. Videokonferensaloqa va videotelefonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan mobil telefonlar ommaviy bozorida paydo bo‘lishi bilan korporativ sektordan xususiy sektorga video-telefoniya va videokonferensaloqa xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi. DSL tehnologiyasi ham statsionar holatda videokonferensiya’ning yuqori sufatini ta’minlash imkoniga ega. Bunday hizmat uchun simmetrik ma’lumot uzatish tezligini ta’minlay oluvchu DSL variant qo‘llanilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling