Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- BICC (Bearer Independent Call Control)
MEGACO / H.248. Media Gateway Control Protocol (MEGACO)
protokoli MG tarmoq shlyuzlarini boshqarish uchun standart sifatida MGCP-ni almashtirishi kerak. MEGACO shlyuzlar, ko‘p nuqtali boshqarish qurilmalari va interfaol ovozli aloqa qurilmalari uchun umumiy platforma bo‘lib xizmat qiladi. MEGACO tomonidan ishlatiladigan ulanish modeli MGCP protokoliga nisbatan kontseptual jihatdan oddiy. MEGACO MG tarmoq shlyuzlarini muayyan kontekstda bir-biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘nggi nuqta qurilmalari to‘plami sifatida ko‘rib chiqadi. 165 Oxirgi qurilmalar media oqimlarining manbai yoki qabul qiluvchisidir. MGCPda bo‘lgani kabi, ohirgi qurilma fizik yoki virtual bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqiriqlarni boshqa raqamga yo‘naltirish terminal qurilmani bir kontekstdan boshqasiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va videokonferentsiya bir nechta terminal qurilmalarini umumiy kontekstda joylashtirish orqali amalga oshiriladi. BICC (Bearer Independent Call Control) protokoli ITU tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib NGN tarmog‘ida Softswitch larni o‘zaro bog‘lanishlarida transport tarmoqlarida signalizatsiya axborotlarini uzatilishini ta’minlaydi. Ushbu protokol Q1901 tavsiyanomasi orqali tavsiflanadi. Ammo bugungi kunda amaliy jixatidan softswitch larni bog‘lashda BICC protokoli bilan birgalikda SIP protokolining variyanti bo‘lgan SIP-T protokoli keng qo‘llanilishga ega. BICC protoli faoliyat yurituvchi asosiy uzellar (ISN) — interfeyga xizmat ko‘rsatish uzuli. U kanallar kommutsiyasiga asoslangan tarmoqga ulanish interfeysini ta’miglaydi; Tranzit uzeli (TSN) — Bitta softswitch tarmog‘i xududida BICC protokoli asosida chaqiriq axborotlarnini tranzit va tranportirovkalash fuksiyasini bajaradi. Shlyuz uzeli (GSN) — ikki softswitch tarmog‘i orasida BICC protokoli asosida chaqiriq axborotlarnini va tranportirovka uchun tarmoqlar aro shlyuz vazifasini bajaradi. 5.4-rasm. BICC protokolining ishlash tamoili SIGTRAN. SIGTRAN - bu NGN tarmog‘i orqali UFTT ning an'anaviy telefaniya xizmatniti ta’minlanish uchun qo‘llaniladigan protokollar tizimidir. Ya’ni bu UFTT da qo‘llaniluvchi OKS 7 va ISDN tarmog‘ida qo‘llaniluvchi ISUP signalizatsiya axborotlariga NGN tarmog‘ida ishlov berilishini ta’minlaydigan protokollar majmuidir 166 SIGTRAN atamasi signaling va transport so‘zlarini kombinatsiyasi xisobiga xosil qilingan bo‘lib bu signalizatsiya tizimi IETF ishchi guruxi tomonidan yaratilgan. Bu signalizatsi tizimi ITU ning Q2719 tavsifnomasi bilan tavsiflanadi. SIGTRAN protokollar guruxi tarkibi bir necha qismlardan iborat. Mazkur protokollar tizimi quyidagi protokollardan tashkil topgan bo‘lib ularning har biri OKS7 signalizatsiya tizimining ma’lum bir protokolini NGN tarmog‘iga adaptatsiyasini ta’minlaydi: M2PA; M2UA; M3UA; SCTP; TALI; IUA; SUA. 5.5-rasm. OKS -7 signalizatsiya tizimi protokollarini SUGTRAN protokollariga adaptatsiyasi Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling