Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda xDSL ning
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasniflari.
Keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda xDSL ning qo‘llanilishi xDSL texnologiyasi yuqorida takidlanganidek bugungi kunda keng qo‘llanilishga ega. Undagi asosiy qurilmalar stansion DSLAM qurilmasi va abonentlar tomondagi chastita bo‘yicha splitter va foydalanuvchi modemlaridir. Stansiya tomonida qo‘llaniluvchi qurilma DSLAM ko‘p sondagi foydalanuvchilarni raqamli abonent liniyasiga ulanishlarini ta’minlaydi. Masalan ZyXel IES-1000 DSLAM qurilmasi ADSL tarmog‘ining asosiy stansion qurilmasi hisoblanadi. Internet provayderlari tomonidan abonentlarga xDSL xizmatlarini taqdim etishda stansion qurilma sifatida qo‘llaniluvchi ZyXel IES-1000 Modulli IP NGN- 174 kommutator (DSLAM) qurilmasini texnik ma’lumotlarini o‘rganish muhimdir. IES-1000 – bu kompakt modulli IP NGN-kommutatori bo‘lib unga Fast Ethernet tarmoq interfeyslariga ega bo‘lgan modullar va telefoniya modullari yoki ADSL/SHDSL modullari o‘rnatilishi mumkin. Stoykaga o‘rnatiladigan 19-dyuymli IES-1000M shassisi tarkibiga elektr ta’minot blogi va ventilyasiya blogini oladi, shuningdek u “issiq almashtirish” funksiyasiga ega bo‘lgan ikkita modullar joylashtirish uchun slotga ega. 6.2-rasm. ZyXel IES-1000 DSLAM qurilmasi IES-1000 kommutatori ADSL/SHDSL – xizmatlarini ko‘rsatuvchi internet provayderi tomonida joylashadi va ADSL/SHDSL- abonentlarining trafiklarini agregatlash va kommutatsiyalash uchun xizmat qiladi. Tasniflari. Qo‘yilayotgan talablarga va abonentlar ulanishlari uchun o‘rnatilgan modulga bog‘liq ravishda bu kommutator ADSL, ADSL2 + va SHDSL texnologiyalarini qo‘llashi mumkin. IES-1000 kommutatori slotlariga o‘rnatiladigan tarmoq modullari uch xil modifikatsiyada ishlab chiqiladi. AAM-1008 va SAM-1008 modullari sakkiztagacha ADSL va SHDSL abonentlarini ulashga imkon beradigan portlarga ega. AAM-1212 – moduli esa ADSL2+ xizmatini abonentlarga taqdim etish uchun 12 ta portga ega. Shuningdek bu modullarning keyingi modifikatsiyalari ham mavjud bo‘lib, ular mos ravishda AAM1212-51, AAM1212-53 va SAM1316-22 modullaridir. 175 6.3-rasm. ADSL xizmatini taqdim etuvchi AAM1212 moduli AAM-1212 markali ADSL-moduli o‘zida ADSL/Ethernet- kommutator funksiyasini mujassamlashtirgan bo‘lib u 12 ta ADSL2+ liniyasiga xizmat ko‘rsata o‘ladi va ADSL-splitterga ega. Old panelida o‘zida ATS krosi orqali ADSL abonentlariga ulanishlari uchun 12 ta portni birlashtirgan Telco 50 razyomi, boshqaruvchi konsul ulanishi uchun RJ- 11 porti va 2 ta Ethernet RJ-45 portlari mavjud. 12 ta yorug‘lik diodidan tashkil topgan indikachiya blogi har bir portning xolati va avariya xolati xaqida ma’lumot beradi. SAM1316-22 moduli SHDSL/Ethernet-kommutatori funksiyasini bajaradi va 16 ta SHDSL abonentlari ulanishlari uchun portlarga ega. G.SHDSL.bis ATM/EFM standartini qo‘llab quvvatlaganligi uchun bu modul 16 tagacha abonentlarni 5,7 Mbit/s tezlikkacha ulanishlarini ta’minlashi mumkin va ularga internet tarmog‘iga simmetrik ulanishni ta’minlay oladi. 6.4-rasm. SHDSL xizmatini taqdim etuvchi SAM1316 moduli Bu ularga internet xosting, video konfirensiya, IP telefoniya, masofaviy o‘qitish tizimidan foydalanish va boshqa zamonaviy 176 xizmatlarni taqdim etishga imkon beradi. Bundan tashqari lineyaviy modul bitta uzatish kanaliga 4 tagacha mis o‘tkazgichni birlashtirishi va abonentlar ulanish tezliklarini 22,8 Mbit/s ga yetkazishi mumkin. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling