Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   178
Bog'liq
T

 
ADSL modemni ulash 
Agar uy yoki ofisingizda faqat 1 ta telefon ishlatilsa, u holda eng 
sodda sxemadan foydalaniladi: 
6.6-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog‘ining oddiy ulanish 
sxemasi 
ADSL-splitter tovush signali chastotasini ADSL-modem ishlatadigan 
chastotadan ajratish vazifasini bajaradi. Sirtdan qaraganda ADSL-splitter 
kichiqroq quti ko‘rinishida, 3 ta RJ-11 (telefon «yevrorozetka») tipidagi 
ulanish qismiga ega bo‘lib, unda «Line», «Phone» va «Modem» yozuvlari 
bo‘ladi. Shahar ATSning telefon liniyasi splitterni «Line» qismiga ulanadi. 
Telefon apparati «Phone» qismiga va nihoyat ADSL-modemning «ADSL» 
qismi splitterning «Modem» qismiga ulanadi. 
Izoh: Modem modelidan kelib chiqib uning «ADSL» ulanish qismi 
boshqacha, masalan, «DSL» yoki «xDSL» deb nomlangan bo‘lishi 
mumkin. 


178 
Keyin esa Ethernet kabel yordamida ADSL-modemni kompyuterga 
ulash lozim. Bunda Ethernet kabelning bir uchi ADSL-modemning 
«Ethernet» qismiga, boshqa uchi kompyuterning tarmoq kartasiga ulanadi. 
Bir necha telefon apparatidan foydalanilganda ulanish sxemasi 
quyidagicha bo‘ladi: 
6.7-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog‘iga ikki telefon 
apparatining ulanish sxemasi 
Ya’ni, ofis yoki uyda mavjud bo‘lgan barcha telefonlar splitterning 
«Phone» qismiga ulangan bo‘lishi shart. Qolgan ulanishlar esa yuqori 
bayon etilganidek bajariladi. Agar siz ofis yoki uyda mini ATS dan 
foydalansangiz, u holda telefon liniyasi avval splitterga, splittyerdan esa 
kabel o‘z navbatida mini ATSga ulanishi kerak. 
Agar ulanishning ushbu sxemasi noto‘g‘ri amalga oshirilsa, telefonda 
gaplashilayotgan payt ATSdagi qurilmadan modem “uzilib” qolishi 
mumkin. 
Kompyuterni sozlash Ethernet tarmoq kartasining TCP/IP protokol 
parametrlarini sozlashdan iborat bo‘lib, ushbu tarmoq kartaga ADSL-
modem ulangan bo‘ladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizim turi va 
kirish texnologiyasidan kelib chiqib sozlash o‘ziga xos yo‘l bilan 
bajariladi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling