Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq bo‘ylab multimedili ilovalarni uzatishga bo‘lgan talablar.
195 H.261 ISDN bo‘yicha 64 Kbit/sga karrali bo‘lgan tezliklarda videoni uzatishni qo‘llaydi. Sxema ham freymlar ichida, ham ular orasida siqishga asoslangan H.263 Sxema juda past o‘tkazish qobiliyatli (18.64 Kbit/s) simsiz tarmoqlar bo‘yicha videoni uzatish uchun mo‘ljallangan O‘tkazish qobiliyatiga talablar har bir kadrda, ham ularning ketma- ketligidagi ortiqchalik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu har ikkala ma’lumotlarni ortiqchalik turlari videoni siqish algoritmlari uchun ishlatilishi mumkin. 1.4-jadvalda ayrim keng tarqalgan videoni siqish usullari keltirilgan. Uzatish va haqiqiy vaqtda uzatish xatoliklari bo‘lishiga cheklashlar ovoz uchun cheklashlarga o‘xshash. Tarmoq bo‘ylab multimedili ilovalarni uzatishga bo‘lgan talablar. Bu bo‘limda biz taqsimlangan multimediali ilovalarni uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz. Ular ikki toifaga bo‘linishi mumkin: trafikka bo‘lgan talablar va funksional talablar. Trafikka bo‘lgan talablar real vaqt talablarini (kechikish va nostabillik, o‘tkazish qobiliyati va ishonchlilik), funksional talablar esa multimedia xizmatlarini (mul- tikasting, xavfsizlik, mobillik va seanslarni boshqarish) qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Trafikka bo‘lgan talablarni faqat Internetning bazaviy arxitekturasini kengaytirish bilan qoniqtirish mumkin, shu bilan bir vaqtda funksional talablarni TCP/IP protokollar stekiga yangi protokollarni kiritilishi bilan bajarish mumkin. Funksional talablar shu ma’noda absolyut zarur hisoblanmaydi, ya’ni taqsimlangan multimediali ilovalar ilovaning o‘ziga zarur bo‘lgan funksiyalarni kiritilishi bilan yuqori unumdorlikda ishlashi mumkin. Real vaqt xarakteristikalari. Yuqoridagi bo‘limlarda ko‘rib chiqilganidek, tovush va video kabi multimedia komponentlari real vaqt rejimida uzatish bo‘yicha talablarni qo‘yadi. Masalan, ular raqamlashtirilgan tezlikda qayta ishlanishi kerak. Uzatishdagi istalgan kechikishda bu birdaniga aniqlanadi. Internet-telefoniyada inson 200 ms dan ortiq bo‘lmagan kechikishlarga xotirjam munosabatda bo‘lishi mumkn. Shunday qilib, real vaqtda multimediani uzatish paketlarning kechikishi va ularnig kelish intervallariga qat’iy talablarni qo‘yadi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling