Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Xatoliklarga bo‘lgan talablar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178
Bog'liq
T

Xatoliklarga bo‘lgan talablar. Yuqorida ta’kidlanganidek, turli 
multimedia turlarini tarmoq bo‘ylab uzatishda xatoliklarni bo‘lishiga turli 
talablar qo‘yiladi. Xatoliklar paketlarning shikastlanishida va yo‘qolishida 
vujudga keladi. Uzatishda xatoliklarga ruxsat etiladigan ilovalarning 
ko‘pchiligi xatoliklarni niqoblash texnikasini qo‘llaydi (error concealment 
techniques - FEC), u boshqa paketlardagi ma’lumotlar asosida yo‘qotilgan 


197 
ma’lumotlarni qayta tiklash imkonini beradi.
FECdan foydalanilganda paketlar oqimida bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
xatoliklarni tuzatish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shiladi. Lekin, 
paketlarni uzatish jarayonida FEC darajasidan tashqarida xatoliklar paydo 
bo‘lsa, ular aniqlanmay qolishi mumkin. Demak, paketlarni xatoliksiz 
uzatish uchun FECni kerakli drajasini ta’minlash uchun, multimediali 
ilova uchun kommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llaniladigan xatoliklar turini 
bilish muhim. Masalan, simsiz tarmoqlar simli tarmoqlarga qaraganda 
xatoliklardan yuqoriroq himoyalanish darajasini talab qiladi, chunki ularda 
paketlarni yo‘qolish ehtimolligi sezilarli yuqori. FECdan foydalanish bilan 
erishiladigan, paketlarni takroran uzatilishini minimallashtirish simli 
tarmoqlarda juda qimmat bo‘lishi mumkin, chunki ularda paketlarni 
yo‘qolish ehtimolligi juda kichik. FECni qo‘shimcha ma’lumotlarini 
uzatish uchun tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini oshirishga ham qo‘shimcha 
harajatlar talab qilinadi. 
 
Multikastni qo‘llash. Multikastda bitta manba bir vaqtda bir necha 
multimediali ma’lumotlarni oluvchiga qo‘llaniladi. U eng ommaviy 
taqsimlangan multimediali ilovalarni qo‘llaydi. Masalan, bir necha 
qatnashuvchilar bilan videokonferensiya Internet-telefoniyadagi eng keng 
qo‘llaniladigan xizmatlardan biri hisoblanadi
Multikastni ikki tomonlama ma’lumotlarni uzatishga qaraganda bir 
tomonlama ma’lumotlarni uzatishda ta’minlash oson. Masalan, Internet-
radiodan foydalanishda multikast ma’lumotlarni jo‘natuvchiga balanddan, 
uni oluvchiga tarmoqli va daraxt tugunlarida mos zahiralangan paketlarni 
aloqa daraxtini yaratish bilan ta’minlanadi. Lekin ikki tomonlama 
kommunikatsiyada, 
masalan, 
Internet-telefoniyada 
bir 
necha 
qatnashuvchilar uchun turli qatnashuvchilardan ovozli oqimlarni to‘g‘ri 
aralashtirish uchun qandaydir funksiyaga ega bo‘lish zarur. Aks holda har 
bir qatnashuvchini qolganlar bilan ko‘plab ikki tomonlama aloqa 
kanallarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi, bu uzatish tarmog‘iga juda yuqori 
yuklamani berishi mumkin.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling