Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178
Bog'liq
T

Seanslarni boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
• 
Multimedia turining tavsifi. Bu ma’lumotlar multimedia (ovoz, 
video yoki ma’lumotlar), kodlash sxemalari, seansning boshlanishi va 
oxiri, xostlar ishlatadigan IP-adreslari va boshqalar kabi seansning 
parametrlarini ko‘rsatish uchun taqsimlangan multimediali ilovalar zarur. 
Ko‘pincha sessiyani uning boshlanishigacha tavsiflash muhim, chunki 
seans 
qatnashchilari 
multimediani 
qabul 
qilish 
bo‘yicha 
turli 
imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 


198 
• 
Seans haqida ogohlantirish. Qatnashuvchilarni bo‘lajak seans 
haqida ogohlantirishga imkon beradi. Masalan, Internetda turli kanallar 
bo‘yicha tarqaladigan yuzlab radiostansiyalar mavjud. Seans haqida 
ogohlantirish bunday radiostansiyalarga potensial tinglovchilar uchun 
tarqatish jadvali haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga imkon beradi. 
• 
Seansni 
identifikatsiyalash. 
Multimediali 
seans 
ko‘plab 
oqimlardan, shu jumladan uzluksiz (ovoz, video) va diskret (matn, tasvir) 
oqimlardan tashkil topgan. Masalan, jo‘natuvchi bitta kanal bo‘yicha ovoz 
va videoni ikkita turli oqimlar sifatida jo‘natishi mumkin, ular olinganida 
sinxronlashgan bo‘lishi kerak. Yoki aksincha, jo‘natuvchi ovoz va videoni 
birgalikda jo‘natishi, lekin qayta tiklashni oluvchilarning imkoniyatlariga 
bog‘liq ravishda sifat bo‘yicha bir necha darajalarga bo‘lish mumkin. 
• 
Seansni boshqarish. Turli oqimlardagi ma’lumotlar ichki aloqalarga 
ega bo‘lishi mumkin va bu uni uzatishda hisobga olinishi kerak. Bu 
multimediani sinxronlashtirish deyiladi va vaqt belgilarini (time stamps) 
uzatiladigan paketlarga qo‘yib chiqilishi bilan erishilishi mumkin. Shu 
bilan 
birga, 
bunday 
oqimli 
multimediani 
oluvchilar 
oddiy 
videomagnitofonlarda bajariladigandek qayta eshittirishni boshqarish 
imkoniyatiga ega bo‘lishni istab qolishi mumkin.
Xavfsizlik. Multimediani uzatish jarayonini muhokama etishda ko‘pincha 
xavfsizlik masalalari haqida unutib qo‘yiladi. Lekin real vaqt 
xizmatlaridan foydalanishning ortishi bilan xavfsizlik masalalari yetarlicha 
muhim bo‘lib qoladi. Bunday multimedia uchun xavfsizlik uchta jihatlar – 
yaxlitlik, asliga to‘g‘rilik, shifrlanish bilan ifodalanadi. Masalan, ommaviy 
uzatish ma’lumotlarni yaxlitligi va asliga to‘g‘riligini, xususiy uzatish esa 
shifrlanishini talab qiladi. Buning uchun turli kriptografik sxemalarni 
qo‘llash mumkin.
Yana bir muammo multimedia komponentlariga mualliflik 
huquqlarini saqlanishi hisoblanadi. Masalan, dastlabki to‘lov bo‘yicha 
filmlarning yetkazib berilishini ko‘rib chiqamiz. Olingan filmlardan tijorat 
maqsadlarida foydalanish imkoniyati mavjud. Multimediaga qo‘shimcha 
ma’lumotlarni qo‘shadigan zamonaviy raqamli texnologiyalar bunday 
buzishlarning oldini olishga yordam berishi mumkin. 
Mobillikni qo‘llash. Simsiz va sotali tarmoqlardan yanada keng 
foydalanish multimedia ilovalarini mobillikka tortadi. Sotali tarmoqlar 
juda katta maydonlarni qamrab oladi va yuqori mobillik darajasini 
ta’minlaydi. IEEE 802.11x kabi simsiz tarmoqlar nisbatan uncha katta 
bo‘lmagan oraliqlarni qamrab oladi va cheklangan mobillik darajasiga ega. 


199 
Lekin 
bunday 
tarmoqlar 
katta 
uzatish 
tezliklariga 
ega 
va 
foydalanuvchilarni ulash uchun qulayroq. 
Mobillik jihati multimediali tarmoqlarni o‘zgarishiga olib keladi. U 
mobil terminallarni marshrutlashtirish, simli va simsiz tarmoqlarning 
o‘zaro ta’sirlashishi va boshqa muammolarni ko‘taradi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling