Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli.
Nazorat savollari
1. Zamonaviy tarmoqlarga qanday talablar qo‘yilgan? 1. Zamonaviy aloqa tarmoqlarida qanday xizmatlar yuzaga kelgan? 2. Multimedia deganda nimani tushunasiz? 3. Multimedia yo‘nalishini kelib chiqishi nimaga asoslangan? 4. Nima uchun multimediaga bo‘lgan talab oshib bormoqda? 5. Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha bering. 6. Multimedianing qanday sinflarini bilasiz, tushuncha bering? 210 7. Multimediali ilovalarni uzatish tarmog‘iga qanday talablar qo‘yiladi? 8. Multimediali trafikning qanday turlari mavjud va ularni qisqacha tavsiflang? 9. Multimediali trafik qanday parametrlar bilan xarakterlanadi? 10. O‘ziga o‘xshash trafik tushunchasi nima? 11. Multimediali trafikni xizmat ko‘rsatish sifati qanday parametrlar bilan xarakterlanadi? 3.2. Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli. Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‘indisini o‘zida namoyish etadi (2.1-rasm). Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni ta’minlovchi vositalar majmuasidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta’minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni ta’minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi. Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U telefon aloqa, ma’lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi. Telefon tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo‘llab) telefon kanallari bo‘ylab ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‘riladi. Telefondan foydalanuvchi o‘zining kompyuterini modem yordamida telefon tarmog‘iga ulashi mumkin. Ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida biz ma’lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa tizimini tushunamiz, ya’ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash usullari, taqsimlash va ma’lumotlar uzatish. Shu vaqtning o‘zida ma’lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin. Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan belgilangan aniq qoidalar bo‘yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi - ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi uchun xalqaro tavsiyalar ishlab chiqarishdir. 211 2.1-rasm. Aloqa arxitekturasi: 1-telekommunikatsiyaning birlamchi tarmog‘i; 2-telekommunikatsiyaning ikkilamchi tarmoqlari; 3-telekommunikatsiya vazifalari; 4- telekommunikatsiya xizmatlari. 2.2-rasm. OTO‘B uchun standartlar ishlab chiqish strukturasi Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish (OTO‘B) etalon modeliga mos kelsa, u ochiq tizim hisoblanadi. OTO‘B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi. U alohida standartlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTO‘B uchun talab etiladigan ko‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta’minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO‘B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‘plamini, shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar to‘plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o‘zaro ta’sirlashish qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi. 1983 yilda etalon model sifatida yetti sathli model tasdiqlangan (2.3- rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‘zaro bog‘langan sathlarga bo‘linadi. Yetti sathli modelda (1-3) quyi sath protokollari axborot uzatishga, yuqori sath (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Transport sath protokollari ba’zida alohida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‘liq emas. Biroq bu sath OTO’B etalon modeli OTO’B xizmatlari OTO’B protokollari 212 o‘zining vazifalari bo‘yicha quyi sathlarga yaqin bo‘lgani uchun quyi sathga tegishlidir. Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o‘zaro ta’sirini ta’minlashdir. Bunda amaliy jarayonlar sifatida foydalanuvchilarning ehtiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Har bir sath o‘zining vazifasini bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini tekshiradi. 2.2-rasm. OTO‘B etalon modelining tuzilishi Amaliy sath Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling