Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   178
Bog'liq
T

Tolali optik kabellar. Multiservisli tarmoq haqidagi zamonaviy 
tushuncha abonent terminaligacha yoki oraliq tugallanishgacha (gibrid 
usul tola-mis) qo‘llaniluvchi tolali-optik kabellar bilan uzluksiz bog‘liq. 
Optik tolalarda yorug‘lik nurini aks qaytish effekti qo‘llaniladi. Tola 
silindr yoki to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda ishlab chiqariladi. To‘g‘ri 
burchakli tolalar mikrosxemalarda, silindr ko‘rinishidagi tolalar kabellar 
asosida qo‘llaniladi (2.8-rasm.). 
Ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan kabellar quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: 
- narxining nisbatan pastligi; 


217 
- talab etilgan o‘tkazish oralig‘i; 
- ulanish uchastkalarida so‘nishning kichikligi; 
- nurlanish manbalari va qabul qilgichlar bilan oddiy ulanish
- turli haroratlarda ishlashi; 
- namlikka, bosimga va tebranishlarga chidamlilik. 
 
2.7-rasm. Optik tolalarning tuzilish namunasi 
Optik kabellar ulanish tarmoqlarida qo‘llanilishiga qarab obyekt, 
taqsimlagich va magistral turlarga ajraladi. Obyektlarda qo‘llaniladigan 
optik kabellar (abonent liniyasi) 1-2 tolali ko‘rinishda tayyorlanadi (2.9-
rasm). 
2.8-rasm. Obyektda qo‘llaniladigan kabellarning tuzilish namunasi 
Magistral va taqsimlagich liniyalar uchun modulli, lentali va 
profillashtirilgan tuzilishli kabellar qo‘llanilishi mumkin. Tolani erkin 
yotqazish mexanik va termik ta’sirlarni kompensatsiyalash imkonini 
beradi. Bu tolalarning tuzilishi 2.10-rasmda keltirilgan 


218 
2.9-rasm. Optik kabellarning tuzilishi: 
a) tolali taqsimlovchi optik kabel
b) 20 ta tolali taqsimlovchi optik kabel; 
v) profil o‘zakli 12 ta tolali optik kabel 
Sinxron raqamli ierarxiya. Hozirgi kunda telekommunikatsiya 
tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli 
ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) multipleksorlash 
qurilmalari qo‘llanilmoqda. Birinchi bo‘lib mahalliy birlamchi tarmoqning 
raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning turlari. 
So‘ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan PDH-RUT IKM-
120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va 
qo‘llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan biri raqamli 
oqimlarni ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli 
oqimdan 2 Mbit/s tezlikli oqimni ajratib olish uchun u to‘liq 
demultipleksorlanishi kerak (2.11-rasm). SDH tizimlarida bu masalani 
bajarish oddiy.
Bu yyerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish 
kirish/chiqishli multipleksor (add/drop multiplexer, ADM) yordamida 
amalga oshiriladi. 


219 
2.10-rasm. PDH va SDH tizimlarida raqamli oqimlarni ajratish / 
birlashtirish jarayonlarini qiyoslash 
ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52 
Mbit/s. SDH RUT telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘ylab signallarni 
transportlash 
uchun 
mo‘ljallangan, 
standartlashtirilgan 
axborot 
tuzilishining yig‘indisini tashkil etadi. Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N 
sinxron transport modul hisoblanadi (2.2-jadval).
2.2-jadval 
STM-N ning raqamli hajmi 
SDH sathlari 





STM turi 
STM-1 
STM-4 
STM-16 
STM-64 
STM-256 
B, Gbit/s 
0.155 
0.622 
2.5 
10 
40 
N
E1
63 
252 
1008 
4032 
16128 
N
ARK
1 890 
7 500 
30 000 
120 000 
480 000 
Izoh: B-uzatish tezligi; E1(N
E1
)-birlamchi raqamli oqimlar soni; 
N
ARK
- asosiy raqamli kanallar soni. 


220 
SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport 
tarmoq hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi: 
- har bir segmentni nazorat qiluvchi segmentlashtirilgan aloqa 
liniyasi; 
- qurilmalarni, qurilma bog‘lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani
avtomatik zahira liniyaga o‘tkazish;
- TMN boshqarish tarmog‘i yordamida transport tarmoqni qayta 
tuzish imkoni. 
SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan 
usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo‘llash hisoblanadi 
(2.12-rasm). 
2.11-rasm. Bir yo‘nalishli halqa 
Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo‘nalishi orqali uzatiladi. 
Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo‘lsa, o‘sha uchastkadan aylanib 
o‘tish zahira yo‘l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu 
zamonaviy axborot tarmog‘ining tuzilish qurilmasi – yashovchan, yuqori 
sifatli transport aloqa tarmog‘idir. 
SDH quyidagilarga imkon beradi: 
- ko‘p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi; 
- regeneratorlarsiz liniya traktini qurish
- kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo‘llash 
hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish; 
- operativ nazorat va ulanish qurilmasi hisobiga foydalanuvchilarga 
ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq 
tuzilishi; 
- tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi; 
- ATM texnologiyasini qo‘llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli 
tarmoq qurish. 


221 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling