Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   178
Bog'liq
T

To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 
Respublikasi tarmoqlarida G.652 tavsiyasiga mos keladigan optik tolalar 
va optik kuchaytirgichlarsiz regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 
100...200 km gacha bo‘lgan STM-16 (2,5 Gbit/s) sathidagi sinxron 
multipleksorlar qo‘llaniladi. Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini nazariy 
chegarasi uchinchi shaffoflik darchasida, ya’ni 193 GHz chastota tartibida 
taxminan 3-10

ARKni tashkil etadi. STM-16 uchun ARK soni 3-10
5
teng.
Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar hajmining oshishi o‘z 
navbatida foydalanuvchilarga multimedialardan foydalanish imkonini 
beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarning sonini oshirishga 
majbur qiladi, natijada kanallar soni singari ularning uzatish tezliklari ham 
oshadi. Lekin ma’lumotlarni uzatish hajmining oshishi va mavjud bo‘lgan 
optik tolalar orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyatining tez to‘lishi yana 
muammolarni yuzaga keltirdi.
Aloqa sohasida axborotlarni uzatish tezligini oshirish nuqtai 
nazaridan talablarning oshishi, shuningdek yangi regionlarni qamrab olish 
yangi optik tolali texnologiyalarni, ayniqsa WDM (WDM -Wavelength 
Division Multiplexing) to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratishga ega bo‘lgan 
multipleksorlash deb ataluvchi texnologiyani yaratilishiga olib keldi. Bitta 
optik tolada uzatilayotgan to‘lqin uzunliklari soniga bog‘liq holda
CWDM, 
DWDM va HDWDM texnologiyalari mavjud: 
- 200 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi 
СWDM 
(Coarse WDM)
tizimlari, ular 16 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni 
multipleksorlash imkonini beradi; 
- 100 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi 
DWDM (
D
ense 
WDM
) tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni 
multipleksorlash imkonini beradi; 
- 50 GHz dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi 
HDWDM tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lgan kanallarni multipleksorlash 
imkonini beradi. 
WDM texnologiyasining afzalligi: 
- kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi; 
- ma’lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi
- bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkonining 
mavjudligi; 
- tor oraliqli yarim o‘tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga 
egaligi (spektr nurlanish kengligi 0.1 nm); 


222 
- keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda 
optik filtrlardan foydalanish imkoniyati; 
- qo‘llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini
arzonligi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling