Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178
Bog'liq
T

Ethernet texnologiyasi. Hozirda ko‘pgina lokal tarmoqlar kanal sathidagi 
Ethernet texnologiyasi bo‘yicha qurilgan. Kanal sathidagi Ethernet 
texnologiyasini farq qiluvchi xususiyati uni ikkita sath bo‘yicha ajratishdir: 
muhitga ulanish bilan boshqarish (Media Access Control, MAC) va logik 
kanal bilan boshqarish (Logical Link Control, LLC). MAC sathi muhitga 
ulanish algoritmini, tarmoqda ishchi stansiyalar adresini aniqlaydi, 
shuningdek fizik muhitni birgalikda qo‘llanilish vazifasini qo‘llaydi. LLC 
sathi quyidagi xizmatlarni qo‘llaydi: 


224 
- ulanishni o‘rnatmasdan va tasdiqlamasdan xizmat ko‘rsatish; 
- ulanishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish; 
- ulanishni o‘rnatmasdan tasdiqlaydigan xizmat ko‘rsatish. 
Texnologiyaning asosiy kamchiligi muhitga raqobatli ulanish 
hisoblanadi. Shuningdek bu kamchilik qurilma narxini yetarlicha 
kamaytirish imkonini beruvchi afzallik hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda o‘ngigabitli Ethernet (Gigabit Ethernet, GE) fizik 
sathda DWDM texnologiyasini qo‘llaydi. Shuningdek Gigabit Ethernet 
texnologiyasi zamonaviy raqamli tarmoqlar uchun bazaviy tarmoq 
texnologiyasi tarkibiga kirgan. OTO‘B/OSI modelida GE standarti kanal 
va fizik sathga mos keladi. Ethernet ustidan ovoz, ma’lumotlar, videoni 
uzatish mumkin. Ko‘p adresli texnologiya har bir foydalanuvchiga 
chegaralanmagan sondagi televizion va telefon kanallarni yetkazish 
imkoniga ega, ma’lumotlar uzatish muhitining tezligi sekundiga yuz 
megabit va gigabit tezliklarda foydalanuvchilarni xizmatlarga ulanish 
imkonini ta’minlaydi. 
MPLS 
asosidagi 
multimediali 
aloqa 
tarmog‘ining 
transport 
telekommunikatsiya texnologiyalari. Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini 
qurishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va 
tizimlarining turli xil ko‘rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori 
tezlikli magistral tarmog‘ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish 
uchun optik texnologiyalardan 
foydalanish hisoblanadi. Bunday 
birlashtiruvchi texnologiya sifatida hozirgi vaqtda “Multiprotokol Label 
Switching - MPLS” (belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli kommutatsiyalash) 
telekommunikatsiya texnologiyasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur texnologiya 
IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va ATM 
tarmoqlarida qo‘llaniladigan xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolish 
mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni 
saqlab qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP-
over-ATM arxitekturasiga tegishli bo‘lgan barcha yaxshi xususiyatlarni 
(samarali multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori 
unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga u 
tarmoqlarning miqyosini yanada qo‘proq orttiradi, ularni qurishni va 
foydalanishni soddalashtiradi. Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM 
bilangina qo‘llanilmasdan, balki kanal darajasidagi istalgan boshqa 
texnologiya bilan birga qo‘llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi X.25, 
Frame Relay tarmoqlarida qo‘llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini 
rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari 
yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‘g‘risidagi axborot 


225 
asosida yo‘llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki 
IP/WDM texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini 
keyingi avlodiga o‘tishni soddalashtiradi.
MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‘p protokolli 
tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS 
o‘zida kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo‘lgan trafikni 
boshqarishni, tarmoq darajasidagi protokollarning miqyosliligi va 
moslashuvchanligini mujassamlashtirgan. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling