Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   178
Bog'liq
T

 
 
 
2.13-rasm. Ethernet texnologiyasining rivojlanish bosqichlari 


226 
Texnologiyalarning nomidagi “ko‘p protokollilik” shuni anglatadiki, 
MPLS – inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to‘plamini 
tashishi mumkin (2.15-rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar 
qatoridagi tarmoqlar ko‘p sathli model asosida tuzilgan, ya’ni mantiqiy 
marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi sathning kommutatsiyalanuvchi 
topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida ishlaydi. Ikkinchi sathning 
kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta’minlaydi. Shunday qilib, 
MPLS - bu Internet tarmog‘ini evolyutsion rivojlantirish yo‘lida uning 
infratuzilmasini ikkinchi (kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish) 
sathlari vazifalari integratsiyasi yo‘li bilan soddalashtirish tomoniga 
qo‘yilgan qadamlardan biridir. 
2.14-rasm. IP-tarmoqlarda MPLS texnologiyasi va OSI/ISO modeli 
MPLS texnologiyasi spesifikatsiyasida oqimlarni tashish va ularni 
boshqarish vazifalarini ajratish prinsipini asos qilib olinadi. Boshqaruvchi 
komponentlarni jo‘natuvchidan ajratish, ulardan har birini mustaqil ishlab 
chiqish va modifikatsiyalash imkonini beradi. Tabiiy majburiy talab 
shundan iboratki, bunda boshqariladigan komponentni uzatib beruvchi, 
komponentga axborotli paketlarni jo‘natish jadvali orqali uzatishi mumkin 
bo‘lsin. Boshqariladigan komponentning boshqa marshrutizatorlar bilan 
axborot almashishi uchun marshrutlashtirishning standart protokollarini 
(JCPF, IS-IS, BGP-4) ishga tushiradi. Shu axborot asosida avval 
marshrutlashtirish jadvali, keyin esa har bir interfeysdagi qo‘shni tizimlar 
to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda paketlarni jo‘natish jadvali 
shakllantiriladi va modifikatsiyalanadi. Tizim yangi paketni olganda 
jo‘natuvchi komponentni, uning sarlavhasidagi axborotni tahlil qiladi
jo‘natish jadvalidagi tegishli yozuvni izlaydi va paketni chiqish 


227 
interfeysiga yo‘naltiradi. Deyarli barcha ko‘p sathli kommutatsiya 
tizimlarining jo‘natuvchi komponenti, shu jumladan, MPLS ham 
paketlarning ketma-ket belgilaridan foydalanishga asoslangan. Belgi – bu 
paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi qisqa maydondir. 
MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin: 
- ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini; 
- operator tarmog‘i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy 
marshrutlar bo‘yicha tezkor siljitish
- virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish; 
- resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan 
holda yo‘nalishlarni tanlash va o‘rnatish. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling