Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


MPLS tarmog‘i elementlari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178
Bog'liq
T

MPLS tarmog‘i elementlari. MPLS – belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli 
kommutatsiyalash tarmoqlarida 
tarmoq uzellarining ikki turidan 
foydalaniladi. MPLS tarmog‘i chegaralarida joylashgan marshrutizatorlar 
kelayotgan IP-oqimlarni ajrata olishi va tahlil qila olishi va ularni to‘g‘ri 
keladigan marshrutlar bo‘yicha yo‘naltirishi kerak. Bu qurilmalar belgilar 
kommutatsiyasi bilan chegaraviy marshrutizatorlar deb ataladi (Label 
Edge Router-LER). Kiruvchi va chiquvchi LER bir-biridan farq qiladi. 
Kiruvchi LER oddiy marshrutizator kabi IP-sarlavhalarni tahlil qiladi va 
paketni keyingi uzatish uchun adresni tanlashda u ekvivalent xizmat 
ko‘rsatishning qaysi sinfiga (Forwarding Eguivalencu Class - FEC) 
tegishli ekanini aniqlaydi. FEC - tarmoq darajasidagi paketlar sinfi bo‘lib, 
ular paketni yo‘naltirish yo‘lini tanlashda ham, resurslarga ulanish nuqtai 
nazaridan ham tarmoqdan bir xil xizmat ko‘rsatishni oladi. 
Alohida paketlarni FEC ekvivalentlik sinfiga (yoki ekvivalent xizmat 
ko‘rsatish sinfiga, buning ikkalasi bir xil) abstraksiyalash, bir xil qayta 
ishlashni talab etuvchi katta miqdordagi trafik oqimlarini birlashtirish 
imkonini beradi. FEC ekvivalentlik sinfiga birlashtirilgan trafik oqimlari 
aynan bitta MPLS – belgi bilan identifikatsiyalanadi. Belgilangan tarmoq 
adresiga bog‘liq bo‘lmagan holda trafik oqimlarini birlashtirish imkoni 
qisman MPLSni masshtablashtirishga bo‘lgan imkoniyatini oshiradi, ya’ni 
marshrutizatorlarda 
belgilarni 
kommutatsiyalashning 
(LSR-
marshrutizatorlari yordamida)
qayta ishlanadigan, saqlanadigan va 
yo‘nalishlar haqidagi axborotlar hajmini kamayishi hisobiga. 
IP- deytagramma MPLS texnologiyasidagi protokolning (Protocol 
Data Unit, PDU) ma’lumotlar moduliga kiritiladi, MPLS sarlavha esa 
deytagrammaga biriktiriladi. Agar sarlavha xizmat ko‘rsatish sifati 
QoS 
(masalan, DiffServ) 
amali bilan birlashtirilgan bo‘lsa, kiruvchi 
LER 


228 
marshrutizatori trafikni DiffServ qoidalariga binoan ko‘radi. So‘ngra LER 
berilgan paket uchun yo‘nalishni tanlash haqida qaror qabul qiladi, ya’ni 
paketni mos keluvchi tranzit belgilar kommutatsiyali marshrutizatorga 
(Label Switch Routers, LSR) yo‘llaydi. 
Mazkur LSR uchinchi sathning sarlavhasini qayta ishlashni 
bajarmaydi (IP-sarlavha), balki jo‘natish to‘g‘risidagi qarorni marshrutlash 
jadvali asosida emas, balki paket belgisi asosida qabul qiladi va paketni 
jo‘natadi. So‘ng paket umumiy holda bir necha LSR orqali o‘tib, paket 
chiqish LER ga kelib tushadi, bu yyerda LER PDU tahlil qilish 
operatsiyasini bajaradi, ya’ni paketdagi belgini olib tashlaydi, paketning 
sarlavhasini tahlil qiladi va uni MPLS - tarmog‘idan tashqarida joylashgan 
manzilga yo‘llaydi. (2.16-rasm) 
2.15-rasm. MPLS tarmog‘i elementlari 
FEC ning bitta sinfiga tegishli bo‘lgan paketlar, kirish LER dan to 
chiqish LER gacha belgilar bo‘yicha virtual kommutatsiyalanuvchi traktni 
yoki yo‘lni (Label Switched Parh, LSP) hosil qilib, juda ko‘p tranzit LSR 
lardan o‘tadilar. O‘rnatilgan ulanish simpleks hisoblanadi. Yarimdupleksli 
ulanishni tashkil etish uchun ikkita LSP o‘rnatilishi kerak. LSP doim 
tarmoqning chetidan boshlanadi va bir necha tranzit marshrutizatorlar 
orqali o‘tib qarama-qarshi tamonda tugaydi. 


229 
2.16-rasm. MPLS belgisining o‘rni va uning formati 
MPLS texnologiyasi belgilar yordamida paketlar kommutatsiyasidan 
foydalanadi va axborotni NGN transport tarmog‘iga yetkazib berish uchun 
qo‘llaniladi (2.17-rasm). 
Belgi formatida to‘rtta maydon bor: paketning yashash vaqti (Time 
tolire) – 8 bit; belgilar stekining indikatori (Stek Mentilirs) – 1 bit (S=1- 
stekning oxirgi belgisi); kadrning ustunlilik belgisi (Exp) – 3 bit; belgining 
o‘zi (Label) – 20 bit. 
2.18-rasmda belgilar yordamida paketlarni kommutatsiyalovchi 
MPLS domenining chegaraviy (Label Edge Router, LER) va tranzit 
marshrutizatorlari (Label Switshing Router, LSR) ko‘rsatilgan. 
2.17-rasm. MPLS domenining chegaraviy (Label Edge Router, LER) va 
tranzit (Label Switshing Router, LSR) marshrutizatorlari 


230 
2.19-rasmda LSR yordamida ikkita chegaraviy marshrutizatorni 
bog‘lovchi yo‘l (Path) ko‘rsatilgan. LSRda paketlar belgilar yordamida 
kommutatsiyalanadi.
2.20-rasmda MPLS domenida ikki sinfdagi ma’lumotlarni yetkazib 
berish usuli (Forwarding Eguivaleme Class, FEC) ko‘rsatilgan. 
IP paketlar oqimini Internet orqali eltib berish sifati kafolatlanmagan 
holda uzatiladi. Agar foydalanuvchilarning axboroti kechikishlarga, 
yo‘qolishlarga, kechikish djitteriga sezgir bo‘lsa, bu holda paketlar uchun 
MPLS domenida dastlabki yo‘l yaratilishi mumkin, unda eltib berish 
ko‘rsatkichlari sifati kafolatlanadi. Paketlarni eltib berishning har bir sinfi 
uchun (FEC) alohida yo‘l yaratilishi mumkin. 
2.18-rasm. Ikki chegaraviy marshrutizatorni LSR yordamida bog‘lovchi 
yo‘l (Path); LSRda paketlar belgilar yordamida kommutatsiyalanadi 
2.20-rasmda A (ATM texnologiyasi bilan domenning 1.5, 1.7 
belgilar steki) va B (FR texnologiyasi bilan domenning 1.11, 1.33 belgilar 
steki) sinflaridagi belgilangan paketlar uchun axborotlarni aniq sifat 
kafolati bilan yetkazishni ikkita yo‘nalishi ko‘rsatilgan.


231 
2.19-rasm. MPLS domenida ikki sinf (FEC – Formarding Eguivaleme 
Class) ma’lumotlarini yetkazib berish 
2.20-rasm. Har bir bo‘g‘inda noyob bo‘lgan belgilar MPLS domenida 
paketlar kommutatsiyasi uchun foydalaniladi 
2.21-rasmda har bir yo‘lda noyob bo‘lgan belgilar (1.3, 1.5, 1.9, 
1.20) va MPLS domenida paketlarni kommutatsiyalash uchun 
foydalaniladigan belgilar ko‘rsatilgan. 
Belgilar qo‘yilgan paketlarni kiruvchi chegaraviy LER A 
marshrutizatordan 
(2.21-rasmda 
chapda) 
to 
chiquvchi 
LER 

marshrutizatorgacha yetkazib berish uchun yaratilgan yo‘l bir necha 
bo‘g‘indan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir bo‘g‘inda noyob belgidan 
foydalaniladi. 
2.22-rasmda belgilar (L2/L1) steki (Push) va 2 tarmoq orqali paketlar 
oqimini tunellash ko‘rsatilgan. 


232 
2.21-rasm. Belgilar steki (Push) va paketlar oqimini 2 tarmoq orqali 
tunellash 
1-tarmoq bir operatorga, 2-tarmoq esa boshqa operatorga tegishli 
bo‘lishi mumkin. Belgi qo‘yilgan paketlarni eltib berish yo‘li ikki va 
undan ortiq tarmoq orqali o‘tishi mumkin. 1-tarmoqda ikki chegaraviy 
marshrutizator orasidagi paketlarni eltib berish uchun L1 stekning quyi 
belgisi qo‘llanilishi mumkin, 2-tranzit tarmoq orqali paketlarni uzatish 
uchun L2 stekning yuqori belgisi qo‘llaniladi. Shu tarzda 2-tarmoqda L1 
belgili belgilangan paketlar uchun tunnel shakllanadi. 
2.23-rasmda belgilar yordamida kommutatsiyalanuvchi yo‘lning 
yaratilishi (Label Switehed Path, LSP) yordamida kommutatsiyalanadigan 
yo‘lni yaratish va IP paketlarni MPLS domenlari orqali eltib berish 
ko‘rsatilgan. 


233 
2.22-rasm. Belgilar (LSP) yordamida kommutatsiyalanadigan yo‘lni 
yaratish va IP paketlarni MPLS domenlari orqali eltib berish: 
LER1 – kiruvchi chegaraviy marshrutizator; 
LER4 – chiquvchi chegaraviy marshrutizator; 
LSR1, 
LSR2, 
LSR3 
– paketlarni belgilar yordamida 
kommutatsiyalovchi tranzit marshrutizatorlar. 
IP paketlarni eltib berish o‘z tabiatiga ko‘ra ulanishni o‘rnatishni 
talab etmaydi, chunki har bir paketning marshrutlanishi uning 
sarlavhasidagi axborot asosida amalga oshiriladi. LER1 kiruvchi portga 
kelayotgan paketlar yig‘indisiga eltib berish sinfi (Forwarding 
Eguavalence Class, FEC) beriladi. Bu paketlar yig‘indisini eltib berish 
uchun LER1 belgini LER4 dan talab qilib oladi. Belgilarni taqsimlash 
protokoli (Label Distri Pution Protocol - LDP) belgilar yordamida 
kommutatsiyalanuvchi yo‘l bo‘ylab belgilarni taqsimlab LER1 dan LER4 
gacha bo‘lgan yo‘lni tayyorlaydi, Shundan so‘ng belgi qo‘yilgan paketlar 
manbadan (Source) oluvchiga (Destination) MPLS domenining “LER1–
LER1–LER1–LER2–LER3–LER4” virtual birikmasi bo‘ylab uzatiladi. 
Belgilarni taqsimlanishi qo‘shni marshrutizatorlarda belgilarni FEC (eltib 


234 
berish 
sinfi)ga 
bog‘lanishining 
umumiy 
akslanishi 
mavjudligini 
ta’minlaydi.
MPLS 
texnologiyasida 
marshrutlashtirish va eltib berishni 
(jo‘natilishini) ajratish prinsipi qo‘llaniladi. 2.24-rasmda amaliy sathdagi 
marshrutlashtirish protokollari keltirilgan bo‘lib, ular kommutatsiyalovchi 
LER va LSR marshrutizatorlari uchun marshrutlashtirish jadvallarini va 
kommutatsiyalash jadvallarini shakllantirish uchun axborotni taqsimlash 
rejasini va tarmoq topologiyasini qo‘llaydi. 
MPLS ning asosiy komponentlari quyidagi sathlarga bo‘lingan: 
- tarmoq sathidagi marshrutlashtirish protokoli (network layer IP 
routig protocols); 
- ma’lumotlarni tarmoq sathidan tashqarida eltib berish (edge of 
network layer forwarding); 
- tarmoq yadrosida belgilardan foydalangan holda kommutatsiyalash 
(Core network label-pased switching); 
- belgilar texnika sxemasi va detalizatsiyasi (label schematics and 
granularity); 
- belgilarni taqsimlash uchun signalli protokol (signaling protocol 
for Cabel distribution); 
- trafikni boshqarish (traffic engineering); 
ikkinchi protokol sathida ma’lumotlarni eltib berish variantlarining 
qo‘shilishi (ATM, Frame Relay, PPP).
2.25-rasmda 
MPLS 
protokollarining 
steki 
keltirilgan. 
Marshrutlashtirish va belgilarni taqsimlash (LDP) masalalari amaliy sathda 
hal etiladi. LDP protokolining signalli xabarlarini yetkazib berish, 
Internetning trasport darajasidagi TCP va UDP protokollari tomonidan 
amalga oshiriladi. Marshrutlashtirish va belgilarni taqsimlash protokollari 
dasturlar va ma’lumotlarning (LIB) tezkor axborotidan foydalanadi. MPLS 
funksiyali IP marshrutizatorining protokoli paketlarga belgi berish uchun 
kommutatsiyalash jadvalidan (MPLSFwd) foydalanadi. IP paketlar 
sarlavhasida bo‘lmagan va yuqori sathlarning protokollarini talablarini 
hisobga oluvchi qo‘shimcha ma’lumotlar, dasturlar va ma’lumotlar 
kutubxonasidan olinishi mumkin. 


235 
2.23-rasm. MPLS texnologiyasi qo‘llanilganda marshrutlashtirish va
eltib berish (jo‘natish)ning ajratilishi 
2.24-rasm. MPLS protokollari steki: 
LDP (Label Distribuion Protokol) – belgilarni taqsimlash protokoli;
CR–LDP– 
“Constraint” 
based 
“Routing” 
cheklashlar 
asosida 
marshrutlashtirish;
НВ (Library)–dasturlar va ma’lumotlar kutubxonasi;
MPLSFwd – ma’lumotlarni IP protokoli yordamida yetkazish;
TCP (Transmission Control Protocol) – uzatishni boshqarish protokoli;
UDP (Uzer Datagrem Protocol)– foydalanuvchining datagrammalarini 
uzatish protokoli 


236 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling