Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


UKS protokollar stekining mobil ilovalari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   178
Bog'liq
T

UKS protokollar stekining mobil ilovalari 
1988 yilda UKS stekiga mobil aloqani rivojlanish jarayonida 
yaratilgan MAP (Mobile Application Part) protokolining birinchi turi 
qo‘shilgan. Shuningdek boshqa protokol CAP (CAMEL Application Part) 
bilan ham UKS7 stekida shunday amal bajarilgan. Shuningdek MAP 
protokolini vazifasiga aynan o‘xshash bo‘lgan, Shimoliy Amerika uchun 
ishlab chiqilgan ANSI-41 protokoliga nisbatan haqqoniydir va 5.4-rasmda 
keltirilgan UKS7 protokollar stekini xuddi o‘sha sathida joylashadi. MAP 
va ANSI-41 axborotlari quyida joylashgan sathlarning MTP1, MTP2, 
MTP3, SCCP va TCAR protokollari bilan transportlanadi va 
inkapsulyatsiyalanadi. 
MAP protokoli MSC, BTS, BSC, HLR, VLR, EIR, MS, shuningdek 
SGSN/GGSN ni GPRS (General Packet Radio Service)ga o‘xshagan 
harakatdagi aloqa tarmog‘ini (HAT) tarmoq komponentlari orasidagi 
amallarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. GSM ni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida, kommutatsiyalash nimtizimlari uchun MAP ni beshta ilovalari 
(MAP-MSC, MAP-VLR, MAP-HLR, MAP-EIR, MAP-AuS) va BSC 
bazaviy stansiyani nazorati uchun BSSAP (BSS Application Part) ilovasi 
aniqlangan. 
MAP protokolining modeli. Bu ishlab chiqilma uchun asos 
harakatdagi aloqa tarmog‘ining modeli xizmat qiladi (5.4-rasm), ya’ni bir 
kommutatsiyalash markazidan boshqasiga chaqiriqqa (xendover) xizmat 
ko‘rsatish bilan boshqarishni o‘tkazish usulini va harakatdagi aloqani turli 


305 
tarmoqlari orasida abonentlarni mobilligini ushlab turuvchi MAP protokoli
tavsiflaydi. 
Harakatdagi aloqa tarmoqlarida tarmoqning maxsus xabarisiz 
abonentni turgan o‘rni jiddiy ravishda o‘zgarishi mumkin, masalan, 
abonent aeroportda o‘zining mobil telefonini o‘chirishi mumkin va bir 
necha soatdan so‘ng uni boshqa davlatning HATda yoqishi mumkin. 
Mobil abonentlarga chaqiriqlarga kiruvchilar uchun abonentni turgan o‘rni 
va mobil telefoni raqami orasida bevosita aloqa mavjud emas. 
Chaqirilayotgan abonentning mobil terminaliga chaqiriqni uzatishni 
tashkil etishdan oldin, haqiqiy vaqtda uni turgan o‘rni haqidagi axborotni 
va boshqa xizmat axborotni olish zarur. Shuning uchun bunday 
chaqiriqlar, chaqiriqqa va/yoki aloqa seansiga bevosita taalluqli 
bo‘lmagan, katta sonli xizmat signallarini almashishni talab qiladi. 
5.4-rasm. Ikkita UFT va HAT abonentlari orasida chaqiriqlarga xizmat 
ko‘rsatishni boshqarish modeli 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling