Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178
Bog'liq
T

SUA va IUA protokollari. SCCP foydalanuvchilari uchun 
moslashish sathining SUA protokoli, IP-tarmoq bo‘ylab SCCP 
foydalanuvchilarning signalli xabarlarini o‘tkazishni ta’minlaydi, masalan, 
TCAP yoki INAP, SUA protokoli IP-tarmoq signalizatsiyaning oxirgi 
punktlari va signalizatsiya shlyuzlari orasida qo‘llaniladi. 
SUA protokoli, SCCP xizmatlar singari tartibsiz va tartiblangan 
yetkazish bilan ulanishsiz, ma’lumotlar oqimini boshqarishli yoki 
boshqarishsiz ulanishlarga mo‘ljallangan xizmatlar va xabarlarni o‘z 


308 
vaqtida 
yetkazilmaganligi 
natijasidagi 
xatolar 
va 
xabarlarning 
yo‘qolganligini bilish xizmatlarini ta’minlaydi (ya’ni SCCP 0 dan 3 gacha 
xizmatlar sinfi). Ulanishsiz xizmat holatida SCCP va SUA protokollari 
signalizatsiya shlyuzida o‘zaro ta’sirlashadi.
ISDN - foydalanuvchi (IUA) uchun moslashish sathining protokoli 
IP tarmoq orqali Q.931 xabarni o‘tkazishni ta’minlaydi. IUA protokoli 
MTP protokolining qismini signalizatsiya tizimida qo‘llanilishini 
ta’qiqlaydi va yuqori sathning ilovalarini SCTP transport protokollar bilan 
bevosita o‘zaro ta’sirlashishiga imkon beradi. 
Multimediali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya 
Sinxronizatsiya deganda aloqa tarmog‘ining funksional elementlari 
bilan axborotni uzatish, kommutatsiyalash va ishlov berishning ayrim 
muhim elementlari orasida muvofiqlashtirish tadbiri tushuniladi. 
“Sinxronizatsiya” atamasi aloqa tarmog‘i va uning ayrim elementlarining 
faoliyat yuritishini turli jarayonlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. 
Raqamli UFTTga nisbatan sinxronizatsiyaning uchta jixatini ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir: 
- taktli sinxronizatsiya
- siklli sinxronizatsiya; 
- tarmoq sinxronizatsiyasi. 
Taktli sinxronizatsiya, umumiy bitlar oqimidan sinxronizatsiya 
signalini ajratib olishga asoslangan. U bitlar darajasida (taktli intervallar) 
uzatish va qabul qilish qurilmalarining ishlashini vaqt bo‘yicha 
moslashtirish uchun zarur. Siklli sinxronizatsiya, turli manbalardan 
kelayotgan axborotlar, bitlarning umumiy oqimida axborotlar blokining 
boshi va oxirini aniqlash uchun zarur, ya’ni uni qabul qilishda to‘g‘ri 
taqsimlash uchun. Tarmoq sinxronizatsiyasi, axborot uzatishda yuqori sifat 
taminlanishi uchun tarmoqning turli nuqtalarida (shu jumladan xalqaro 
ulanishlarda) 
taktli 
signallarning 
uzoq 
muddatli 
aniqliligi 
va 
barqarorligining berilgan ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi. 
Tarmoq sinxronizatsiya uchun kvars va atom generatorlaridan 
foydalaniladi. Ular yuqori aniqlikdagi etalon signallarni ishlab chiqaradi. 
Masalan odatdagi kvars generatorining barqarorligi bir yilda 10
-6
ni tashkil 
etadi. Rubidiyli, seziyli va vodorodli atom generatorlarining barqarorligi 
ancha yuqori. Xususan, seziyli generator bir yilda 10
-13 
barqarorlikni 
taminlaydi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling