Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Tarmoqni boshqarish muammolari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178
Bog'liq
T

Tarmoqni boshqarish muammolari 
 
Tarmoqni boshqarish tizimini tashkil etishda asosiy muammolardan 
biri, 
ko‘pincha 
operatorlarning 
turli 
yetkazib 
beruvchilarning 
qurilmalaridan foydalanishlari hisoblanadi. Odatda ularning har biri faqat 
o‘z qurilmasini boshqarishning yetarlicha kuchli va ko‘p funksionalli 
tizimini taklif etadi. Boshqa tomondan ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa 
prinsiplari asosida qurilgan HP Open View (Hewlett - Packard), Net view 
(IBM) yoki Sun Net Manager kabi platformalar mavjud bo‘lib, ular turli 
xil qurilmalarning keng spektrini boshqarishga imkon beradi, lekin ular 
tarmoqni boshqarish uchun faqat asos bo‘lib hisoblanadilar. Tarmoqni 
ma’murlashtirishning bu platformalari bir konsoldan turli xil yetkazib 
beruvchilarning boshqaruv ilovalariga kirishini ta’minlaydi. 


320 
Aniq bir boshqarish tizimini amalga oshirish uchun tayyor yechimlar 
mavjud emas – hatto boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqarilgan 
boshqaruvchi axborotning umumiy protokoli (Gommon Management 
Information Protocol, CMIP) va tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli 
(Simle Nework Management Protocol, SNMP) kabi protokollarni hisobga 
olgan holda ham. Ma’lum bir kompaniya tomonidan amalga oshirilgan 
tarmoqni boshqarish tizimi, buyurtmachining talablariga to‘liq mos kelishiga 
kafolat berib bo‘lmaydi. Buning uchun, uni yangi buyurtmachining tarmoq 
xususiyatlarini hisobga olib qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Tarmoqni boshqarish platformasini (TBP) malakali tarzda, ya’ni 
qo‘yilgan barcha vazifalarning yechimini ta’minlash uchun dasturlar 
kompleksini tanlash juda muhimdir. Agar operator tarmog‘i turli xil ishlab 
chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat bo‘lsa, u holda TBP kanallar 
kommutatsiyasiga ega tarmoqni ham (PSTN), paketlar kommutatsiyasi 
bo‘lgan tarmoqni (IP/MPLS, ATM, Fram Relay, X.25 va boshq.) ham 
yuqori samaradorlik bilan boshqarishni ta’minlashi kerak. Tarmoqni 
boshqarish platformasi quyidagi masalalarni yechish uchun moslashgan 
bo‘lishi kerak: 
- uzoqlashtirilgan uzellarlar, modullar, portlar, kanallarni grafik 
interfeys yordami bilan konfiguratsiyalash; 
- foydalanuvchilarning talab qilingan miqdordagi kanallari va 
multipleksorlarni boshqarish; 
- har qanday konfiguratsiyadagi ulanishlarni yaratish: “nuqta-nuqta”, 
“nuqta-guruh”, “guruh-guruh”; 
- haqiqiy vaqt rejimida tarmoq holatini nazorat qilishni tashkil etish; 
- tarmoqni sinxronlashtirishni akslantirish; 
- tarmoq resurslaridan foydalanishni akslantirish; 
- nosozliklarning oldini olish va bartaraf etish uchun tashxislashni 
o‘tkazish; 
- quyidagi kontekstlardan birida tarmoq holatini ko‘rib chiqish: 
obyektga yo‘naltirilgan va mantiqiy yo‘naltirilgan. 
Obyektga yo‘naltirilgan holda ko‘rib chiqish tarmoqning fizik 
komponentlarini, jumladan, multipleksorlar, modullar, portlar, kirish 
qurilmalari, kanallar kabi komponentlarni taqdim etishni amalga 
oshirishga imkon beradi. Tarmoq operatorining ishlashi qulay bo‘lishi 
uchun, kommunikatsiya uzellari guruhlashni har qanday prinsipi bo‘yicha 
guruhlarga yoki nimtarmoqlarga birlashtirilishi mumkin.
Mantiqan yo‘naltirilgan ko‘rib chiqish qo‘yilgan yuqori tezlikli 
(IP/MPLS domenlarida LSP traktlari, Frame Relay kanallari, virtual 


321 
traktlar va ATM virtual kanallari) va past tezlikli tarmoqlarning “nuqta-
nuqta” topologiyasi asosida ulanishi tashkil etilgan yo‘lni ko‘rsatish 
imkonini beradi. 
Tarmoqni boshqarish platformasi quyidagilarni taqdim etishi kerak: 
- tarmoq elementlariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun 
mablag‘lar va kompaniyaning texnik, hisob-kitob va marketing 
xizmatlarining o‘zaro aloqalari; 
- qurilmaning konfiguratsiyasini boshqaruvchi va tarmoq holatini 
kuzatuvchi operatorlar va ma’muriyatlar uchun imkoniyatlarni keng 
spektri. 
Telekommunikatsiya tarmog‘ining barqaror ishlashining asosi 
barcha xizmatlar orasida tezkor, statistik va boshqa axborotlarni 
taqsimlanishi, kompaniyaning barcha bo‘linmalarining yaxshi o‘zaro 
aloqalarini ta’minlash hisoblanadi. 
Tarmoqni boshqarish platformasi tarmoqda rad etishlar yoki o‘ta 
yuklanishlar yuzaga kelganda quyidagi vazifalarni hal etishni ta’minlovchi 
dasturiy vositalarga ega bo‘lishi kerak: 
- haqiqiy vaqt rejimida avariya to‘g‘risidagi xabarlarni kommutatsiya 
uzellari, aloqa liniyalari, interfeyslar va abonent oxirgi qurilmalari 
guruhlari bo‘ylab saralash va taqsimlash; 
- yuzaga kelgan muammolarni tezkor yechish uchun zarur bo‘ladigan 
axborotlarni, avariya xabarlari bilan bir vaqtda olish; 
- amalga oshirilgan harakatlar natijalari to‘g‘risida, nosozliklarni 
sababi to‘g‘risida, shuningdek mazkur muammo bilan shug‘ullangan 
avariya xizmati operatori yoki muhandisining ismi-sharifi to‘g‘risidagi 
axborotni qayd qilish; 
- har bir tarmoq elementi bo‘yicha, shu jumladan foydalanuvchi 
axborotni uzatadigan uzel, modul, port yoki kanal bo‘yicha rad etishlar va 
to‘xtab qolishlarning miqdori va davomiyligi to‘g‘risida, statistik 
axborotni yig‘ish, to‘plash va o‘qish. 
Bu axborot tarmoqning ishlash qobiliyatini tahlil qilish va mijozlar 
bilan o‘zaro hisob-kitob qilish uchun foydalanilishi kerak. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling