Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   178
Bog'liq
T

Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish (Performance 
Management, RM) deganda: 
- trafikni boshqarish; 
- xizmatlar sifatini oshirish va ularning turini kengaytirish; 
- taqdim etilayotgan xizmatlarning sathi haqidagi bitimlarni ishlab 
chiqish, xulosa chiqarish va ijrosini nazorat qilish (SLA); 
- tarmoqlar va ularning elementlarini faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi 
statistik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish (tarmoq resurslaridan 
foydalanish samaradorligini hisobga olish va tarmoq hamda uning 
elementlari ishlashining ishonchliligini nazorat qilish); 
- telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsion tavsiflarini 
yaxshilash uchun aloqa xizmatlarini taqdim etishni yaxshilash va 
assortimentini kengaytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish
- aloqa 
tarmoqlarini 
boshqarish 
usullarini 
takomillashtirish 
maqsadida boshqarish va nazorat qilish tizimlarining faoliyat yuritilishini 
tahlil qilish; 
- xizmatlar sifatini boshqarish tizimining ta’sirchanligini tahlil qilish 
(u yaratilgandan so‘ng) va uni takomillashtirish tushuniladi. 
Bu guruhning vazifalari to‘plangan statistik axborot asosida 
tizimning ta’sir ko‘rsatish vaqti, virtual yoki fizik aloqa kanalining 
o‘tkazish qobiliyati, tarmoqning kanallari va alohida segmentlarida 


327 
trafikning jadalligi, tarmoq orqali ma’lumotlarni uzatishda ularning 
buzilish ehtimolligi, shuningdek tarmoqning tayyorgarlik koeffitsienti kabi 
parametrlarini baholash bilan bog‘liq. Tarmoq resurslarini qo‘llash 
samaradorligini, tarmoq va uning elementlari ishonchliligini nazorat qilish 
funksiyasi, tarmoqni tezkor boshqarish singari tarmoqni rivojlantirishni 
rejalashtirish uchun ham zarurdir. 
O‘zaro hisoblashlarni boshqarish (Accounting Management, AM) 
deganda: 
- taqdim etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash; 
- taqdim etilayotgan aloqa vositalari va xizmatlari uchun tariflar 
ishlab chiqish va takomillashtirish; 
- taqdim etilayotgan xizmatlar hajmi va nomenklaturasini hamda 
ularning narxlarini hisobga olish; 
- ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar summasini hisobga olish; 
- ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va nomenklaturasi hamda ularga 
to‘lovlar masalasi bo‘yicha abonentlarga ma’lumotnoma-axborotli xizmat 
ko‘rsatish; 
- istalgan qonuniy shaklda xizmat ko‘rsatish uchun aloqa 
operatorlari bilan shartnomalar tuzgan abonentlarni ro‘yxatga olish va 
hisobini olib borish; 
- taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni nazorat qilish. 
Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalalarini hal etish 
uchun boshqarish tizimi (BT) va boshqarish obyektlari – tarmoq 
elementlari (NE) o‘rtasida jadal ma’lumotlar almashinuvi zarur. Tarmoqni 
boshqarish tizimlarining intellektual vazifalari, bir vaqtda faoliyat 
yurituvchi amaliy jarayonlar uchun hisoblash resurslarini ajratishni 
ta’minlovchi kuchli operatsion tizim va boshqarishning o‘ziga xos 
masalalarini yechishni ta’minlovchi amaliy dasturiy ta’minoti bo‘lgan 
kompyuterlar majmui bilan amalga oshiriladi.
Axborotni himoyalashni boshqarish (Security Management, SM) 
deganda: 
- xususiy texnologik axborotni va foydalanuvchilarning maxfiyligini 
ta’minlash uchun me’yorlarni ishlab chiqish; 
- noqonuniy ulanishdan tarmoqni xavfsizlik sathini sinfini 
ta’minlash; 
- ma’lumotlarni taqdim etishda konfedensiallikka rioya etish; 
- ma’lumotlarni butunligini himoyalash va saqlash; 
- foydalanuvchilarni avtorligini nazorat qilish
- aloqa xizmatlariga turli ulanish sathlarini ta’minlash; 


328 
- aloqa xizmatlariga noqonuniy ulanish xodisalari haqida hisobot 
tuzish; 
- personallar uchun turli avtorlik sinflarini ta’minlash. 
Bu guruh vazifalariga tarmoq resurslariga ulanishni nazorat qilish va 
ma’lumotlarni tarmoq orqali uzatishda ularni saqlash va butunligini 
ta’minlash kiradi.
Xavfsizlikni 
boshqarishni 
asosiy 
elementlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
- foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash jarayoni; 
- tarmoq resurslariga ulanish huquqini tekshirish va belgilash; 
- shifrlash kalitlarini qo‘llab-quvvatlash va taqsimlash, vakolat bilan 
boshqarish. 
Tarmoqni boshqarishni kompleks masalalariga quyidagilar kiradi: 
 ishga tushirishdan oldin: 
- tarmoqni resurslari va tuzilishini rejalashtirish; 
- ma’lumotlar bazasini yaratish; 
- qurilmalarni o‘rnatish; 
 foydalanish jarayonida: 
- resurslarni ma’muriy boshqarish; 
- trafikni boshqarish; 
- tarmoq elementlari orasida yo‘qolgan aloqani qayta tiklash; 
- xizmatlar sifatini nazorat qilish; 
- foydalanuvchilar bilan hisoblarni boshqarish; 
- tarmoqni modernizatsiyalash; 
- trafikni oldindan aytish.
Tarmoqni avtomatlashtirilgan boshqarish masalasini yechish uchun 
boshqarish tizimi (BT) va tarmoq elementlari (NE) - boshqarish obyektlari 
orasida ma’lumotlar jadal almashishi zarur.
Boshqarish tizimi uchun platforma sifatida MSEM (Italtel), ALMA 
1360 (Alcatel), C&NMS (Siemens), HP Open View Network Node 
Manager (Hewlett-Packard) foydalanilishi mumkin (6.3-rasm). 
BT va tarmoqlar hamda ularning elementlari (NE) o‘rtasida axborot 
almashinuvi IP/MPLS texnologiyasi qo‘llanilgan transport tarmog‘i va 
UKS7 signalizatsiya tarmog‘i tomonidan ta’minlanishi kerak. Bu 
tarmoqlarning tavsiflariga qat’iy talablar qo‘yilgan (yuqori tezlikda 
ma’lumotlar uzatish, xabarlarni jo‘natish ehtimolligining kichikligi
yashovchanlik darajasining yuqoriligi).


329 
6.3-rasm. NGN ni boshqarish tizimi 
BT va boshqarish obyektlari orasidagi telekommunikatsiya 
infrastrukturasi hisoblanuvchi, transport tarmoqqa bo‘lgan talablar 
M.3010, Q.811, Q.812 tavsiyalarga mos kelishi kerak. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling