Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Gigabit Ethernet texnologiyasi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   178
Bog'liq
T

Gigabit Ethernet texnologiyasi 
Ko‘p yillar davomida korporativ va xususiy tarmoqlarda Ethernet 
texnologiyani 
qo‘llanilishi, 
keng 
polosali 
kirish 
tarmoqlarida 
qo‘llaniladigan boshqa barcha texnologiyalardan iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha amaliy jixatdan o‘zib ketdi. Umumiy foydalanish tarmoqlarida 
qo‘llashga mo‘ljallangan 10 Gigabit Ethernet (10GE) standarti 
tarmoqlarning tejamkorligini oshirishga imkon beradi. 
Bugungi kunda IP/Ethernet bog‘lami qo‘llaniladigan qurilmaning 
qiymati, IP/ATM yoki IP/SDH qurilmalari qiymatining taxminan o‘ndan 
birini tashkil etadi. 
10 GE texnologiyasida GE, Fast Ethernet dagi texnologiya 
qo‘llaniladi, eltuvchini nazorat qilish va ziddiyatlarni aniqlash 
(CSMA/CD) bilan ko‘p stansion kirish protokoli va kadr formati 
saqlangan, ammo uzatish muhiti sifatida TOAL dan foydalaniladi. 
Axborotni eltib berishning bu texnologiyasi korporativ multiservisli 
tarmoqlar va NGN transport tarmoqlar magistralini qurishda qo‘llaniladi. 
10 GE texnologiyasining ATM texnologiyasiga nisbatan afzalligi shundan 
iboratki, IP paketlari va Ethernet kadrlarining xajmlari bir xil, shuning 
uchun axborotlarni transport tarmog‘ida yetkazib berishda paketlarni 
kadrlarga (ATM yacheykalari) almashtirish va teskari almashtirish talab 
etilmaydi. 


338 
Eng muhim muammo shundan iboratki, kanallar kommutatsiyasi va 
paketlar 
kommutatsiyasiga 
asoslangan 
barcha 
taniqli 
xizmatlar, 
axborotlarni talab etilgan sifatda yetkazib berishni qanday ta’minlashdan 
iborat. Foydalanuvchilarga operatorda mavjud bo‘lgan xizmatlarning 
istalgan turlarini taqdim etish uchun shunday taqsimlangan tizimni yaratish 
kerakki, unda intellektual xizmatlarni tashkil etish va taqdim etish 
vazifalari, boshqarish vazifalaridan transport va kommutatsiya bilan 
ajratilgan bo‘lsin. Bu prinsip intellektual tarmoqlarni qurishda, to‘g‘rirog‘i 
telekommunikatsiya tarmog‘i ustiga intellektual ust qurilmalarni qurishda 
foydalanilgan. 
Keyingi avlod tarmog‘ida xizmatlar va ilovalarni yaratish hamda 
taqdim etishni boshqarish vazifalarini, chaqiriqni va kommutatsiya 
resurslarini boshqarish vazifalaridan to‘liq ajratishga urinish, shuningdek 
bu 
vazifalarni 
bajaruvchi 
darajalar 
orasida 
standartlashtirilgan 
interfeyslarni yaratishga urinish amalga oshirilmoqda. 
O‘z navbatida, xizmatlarni taqdim etish bozorida vujudga kelayotgan 
raqobat narxlarni pasaytirish, yangi xizmatlarni ishga tushirish 
muddatlarini kamaytirish va taklif etilayotgan xizmatlarning turini 
oshirishi kerak. 
Chaqiruvlarni nazorat qilishni qayta ishlash vositalari bir joyda 
to‘planadi, kommutatsiyalash va transport vositalari esa tarmoqning butun 
hududi bo‘yicha taqsimlanishi mumkin. Undan tashqari, bu ikki vazifani 
amalga oshiradigan obektlarning resurslarini hajmining oshishi bir-biriga 
bog‘liq bo‘lmagan holda ta’minlanadi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling