Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   178
Bog'liq
T

 
 


350 
IMS arxitekturasi 
IMS konsepsiyasi quriladigan tamoyil shundan iboratki, bunda har 
qanday xizmatni yetkazib berish kommunikatsiya infratuzilma (o‘tkazish 
qobiliyati bo‘yicha chegaralash bo‘lmagan) bilan hech bir tarzda 
munosabatda bo‘lmaydi, o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha cheklanishlar 
bundan mustasno. Bu tamoyilni timsoli IMS ni qurishda qo‘llaniladigan 
ko‘p sathli yondashuv hisoblanadi. U kirish texnologiyasiga bog‘liq 
bo‘lmagan xizmatlarni yetkazib berishning ochiq mexanizmini amalga 
oshirishga imkon beradi, bu esa tarmoqda chetki xizmatlarni yetkazib 
beruvchilarning ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. 
IMS tarkibida uchta sath ajratiladi: transport sathi, boshqarish sathi 
va xizmatlar sathi (9.1-rasm). 
8.1-rasm. IMS arxitekturasining tuzilishi 


351 
Transport sathi. Transport sathi, abonentlarni IMS infratuzilmasiga 
foydalanuvchining qurilmasi vositasida ulanishi uchun javob beradi (User 
Equipment UE). Mazkur qurilma o‘rnida istalgan IMS terminali ishtirok 
etishi mumkin (masalan, telefon, smartfon, Wi-Fi yoki keng polosali 
ulanish). Shuningdek, IMS bo‘lmagan terminal shlyuzlari (masalan, UfTT 
terminallari) orqali ulanish mumkin. 
Transport tekisligining asosiy qurilmalari: 
- MRF (Media Resource Function) – mediaserver. MRFP (Media 
Resource Function Processor) multimedia li resurslar protsessori va MRFC 
kontrolleridan tashkil topgan. 
- MRFC konferens aloqa, xabardor qilish yoki uzatilayotgan signalni 
qayta kodlash kabi xizmatlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi. MRFC, 
S-CSCT (Serving Call Session Control Function) uzeli orqali olinadigan 
SIP xabarlarni qayta ishlashi va MRFP protsessorni boshqarish uchun 
mediashlyuzni (MGCP, 11.248 MEGACO) boshqarish protokoli 
buyruqlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Biroq hozir MRFC va MRFP 
orasidagi o‘zaro bog‘lanish uchun SIP/XML asosidagi protokolni ilgari 
siljitish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bundan tashqari MRFC, 
tarifikatsiyalash va billing tizimlariga zarur axborotlarni taqdim etishni 
ta’minlaydi. 
- MRFR – MRFR protsessori tarmoq mediaresurslarini MRFC dan 
keladigan buyruqlarga muvofiq taqsimlaydi. Uning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
- xabardor qilish xizmatlari va h.k. lar uchun oqimlarga, multimedia li 
ma’lumotlarga xizmat ko‘rsatish; 
- kiruvchi multimedia li oqimlarni qayta ishlash, masalan, 
transkodlash; 
- MGW (Media Gateway) – transport shlyuzi, RTP oqimlarini 
kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlari (UfTT) oqimlariga to‘g‘ri va 
teskari o‘zgartirishni ta’minlaydi; 
- I-BGF (Interconnect Border Gateway Function) – tarmoqlararo 
chegara shlyuzi, IPv4 va IPv6 tarmoqlari orasidagi o‘zaro aloqalarni 
ta’minlaydi. Xavfsizlik funksiyalarining ta’minlanishi uchun (NAPT 
adreslari va portlarini translyatsiya qilish, Firewall funksiyalari, QoS 
vositalari) javob beradi; 
- GGSN (Gateway GPRS Support Node) – GPRSni shlyuz uzeli yoki 
marshrutlash uzeli; uyali tarmoqlar (uning GPRS qismi) va IMS 
o‘rtasidagi shlyuzni ifodalaydi. GDSN ning asosiy vazifasi SGSN orqali 


352 
abonentga keluvchi va undan chiquvchi ma’lumotlar roumingi 
(marshrutlash) hisoblanadi. 
- SGSN (Serving GPRS Support Node) – GPRS abonentlariga xizmat 
ko‘rsatish uzeli; GPRS tizimining paketli axborotni qayta ishlashning 
barcha funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha asosiy komponenti; 
- RAN — Radio Access Network —radioulanish qurilmasi; uyali 
telekommunikatsiya tizimi va IMS ni o‘zaro aloqasini ta’minlaydi; 
- PDG (Packet Date Gateway) – paketli shlyuz. Mazkur tarmoq 
elementi WLAN foydalanuvchilar qurilmasining IMSga ulanishini 
ta’minlaydi. 
Oxiridagi 
IP-adresning 
translyatsiyasiga 
va 
IMSda 
foydalanuvchilar qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazishga javob beradi, 
xavfsizlik vazifasini bajarishni ta’minlaydi; 
- WAG (Wireless Access Gateway) – simsiz ulanish shlyuzi WLAN 
va IMS tarmoqlarining birikishini ta’minlaydi; 
- A-BGF/BAS (Access Border Gateway Function/Broadband Access 
Switch) –keng polosali foydalanuvchilar qurilmasining IMSga kirishini 
ta’minlaydi. I-BGE ga aynan o‘xshash vazifalarni bajaradi; 
- DSLAM (Digital Subscriber Line Access Multiplexer) – raqamli 
abonent kirish shlyuzi – keng polosali kirishdan (statsionar, masalan, 
xDSL, 
KTB 
tarmoqlari) 
foydalanuvchi 
abonentlarni 
ulanishini 
ta’minlaydi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling