Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   178
Bog'liq
T

 
Nazorat savollari 
1. IMS nima maqsadda yaratilgan? 
2. IMSning vazifasi nimadan iborat? 
3. IMSga o‘tishning qanday muhim omillari mavjud? 
4. IMS arxitekturasi qaysi tashkilotlar tomonidan standartlashtirilgan? 
5. IMS arxitekturasining qanday asosiy xususiyatlarini bilasiz? 
6. IMS arxitekturasi qanday sathlardan iborat? 
7. IMSning transport sathining vazifasi nimadan iborat? 
8. IMSning transport sathida qanday qurilmalar qo‘llaniladi? 
9. IMSning boshqarish sathining vazifasi nimadan iborat? 
10. IMSning boshqarish sathining elementlarini ayting. 
11. IMSning ilovalar sathining vazifasi nimadan iborat? 
 


357 
IV-BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA 
TARMOQLARINI LOYIHALASHTIRISH 
4.1. Tolali optik aloqa tizimlarini loyihalashtirish asoslari 
Loyihalashga tizimli yondashuv, yakuniy maqsadlarga erishishga 
juda ham sezilarli ta’sir etuvchi, alohida qismlarning o‘zaro ta’sirini 
hisobga olgan holda, muayyan sharoitlarda aniq funksiyalarni bajaruvchi, 
to‘liqligicha yagona obyekt sifatida tizim va uning ishlashini o‘rganishni 
ko‘zlaydi. Bunda sistemologiya, sistemotexnika, operatsiyalarni tadqiq 
etish nazariyasi va matematik dasturlash nazariyasi kabi tizimli fanlarning 
metodologiyasi va matematik apparati muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.
Tizimli yondashuv turli loyihalash bosqichlari (dastlabki effekt, texnik 
loyiha, ilmiy tadqiqot ishi va b.q.) da amalga oshirilishi mumkin, biroq eng 
samarali effektga tizimning tuzilish sxemasi tanlanadigan va uning asosiy 
parametrlari baholanadigan, dastlabki loyihalash bosqichida erishiladi. 
Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplarini 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
1. Optimal qismdan tarkib topgan tizim, umumiy holda optimal 
hisoblanmaydi. To‘liq holda tizimni optimallashtirish, qismlar bo‘yicha 
optimallashtirish bilan almashtirilganda, ko‘pincha xato xulosalarga olib 
kelishi 
mumkin. 
Qismlar 
bo‘yicha 
optimallashtirish 
to‘liq 
optimallashtirishdagidek natijalarga olib keladi, faqatgina shu holdaki, 
qachonki tizimning bir qismining parametrlari boshqa qismining 
parametrlarini tanlashga ta’sir etmasa, bu amaliyotda nisbatan kam 
uchraydi. 
2. Tizimni optimallashtirish son bo‘yicha aniq va yagona, optimallash-
tirish maqsadini matematik ko‘rinishda aks ettiruvchi, mezon bo‘yicha olib 
borilishi 
kerak. 
Tizimning 
optimallashtiriladigan 
parametrlarining 
funksiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘lgan, optimallik mezoni maqsad 
funksiyasi deb ataladi. Qoida bo‘yicha u yoki bu usullar bilan o‘zaro 
bog‘liq, bir necha optimallik mezonlarining mavjudligi, jarayonni logik 
tugagungacha etkazishga imkon bermaydi, son bo‘yicha aniq mezonning 
mavjud emasligi ishlab chiqaruvchi tomonidan uning oldiga qo‘yilgan 
vazifani etarlicha tushinmasligi xaqida dalolat beradi. 
3. Tizim optimallashtirilishi kerak, qachonki optimallashtiriladigan 
parametrlarga sonli aniq chegaralar berilsa. Optimallashtirish sharoitlariga 
bog‘liq bo‘lgani uchun tizimning optimalligi doimo nisbiy, shartli. 


358 
Shuning uchun optimallashtirish sharoitlari real sharoitlar bilan etarlicha 
aniq mos kelishi kerak. 
Optimal tizimlarni loyihalash matematik usullar bilan amalga 
oshiriladi, bunda tizimning matematik ifodasiga, ya’ni uning matematik 
modelini ishlab chiqishga zaruriyat yuzaga keladi. Matematik model 
asosini tizimning tashqi va ichki parametrlari o‘rtasidagi analitik nisbatlar 
(aloqa 
tenglamalari) 
tashkil 
etadi. 
Tashqi 
parametrlar 
tizimni 
foydalanuvchi nuqtai nazaridan ta’riflaydi. Xususan, bunday parametrlar 
xalaqitlarga bardoshlilik, kanallar soni, o‘tkazish qobiliyati, ishonchlilik, 
narxi, gabarit o‘lchami, og‘irligi va b.q. bo‘lishi mumkin. Ichki 
parametrlar tizimni ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan ta’riflaydi. Uzatish 
tizimlari uchun bunday parametrlar quyidagilar hisoblanadi: modulyasiya 
turi, kod turi, o‘zgartirish pog‘onalarining soni, qo‘llaniladigan 
elementlarning turi va b.q. Keyingi boblarda keng ishlatilinadigan, analitik 
ko‘rinishdagi tizimning tashqi va ichki parametrlari o‘rtasidagi aloqa 
tenglamalari quyidagi natijalardan olinishi mumkin: 
- nazariy tadqiqotlar (masalan, xalaqitga bardoshlilik, o‘tkazish 
qobiliyati, ishonchlilik va b.q. uchun aloqa tenglamalari), 
- texnik – iqtisodiy hisoblashlar (masalan, narx – navo, keltirilgan 
xarajatlar va b.q. uchun aloqa tenglamalari), 

eksperimental 
bog‘liqliklar 
yoki 
emperik 
ma’lumot 
approksimatsiyasi (masalan, xatolik ehtimolligi, nutq signallarining 
aniqligi va b.q. uchun aloqa tenglamalari), 
- tizim yoki uning kichik tizimlarini EHM da imitatsion 
modellashtirish natijasida (masalan, qo‘llaniladigan kod turiga bog‘liq 
holda xalaqitlardan himoyalanganlik yoki xatoliklar xarakteriga bog‘liq 
holda sinxronizatsiya tizimi parametrlari uchun aloqa tenglamalari). 
Aloqa tenglamalaridan ba’zilari ehtimolli xarakterga ega, chunki 
signal, kanal va xalaqitlarning statistik xarakteristikalarini e’tiborga oladi. 
Optimallashtirish masalasini echishda birinchi bosqichda ro‘yxat 
tuziladi, ya’ni e’tiborga olish kerak bo‘lgan omillar tanlanadi. Bu omillarni 
ishlatishning ruxsat etilgan chegaralarini aniqlash kerak. Bundan kelib 
chiqib, mumkin bo‘lgan ruxsat etilgan echimlar doirasi aniqlanadi. 
Keyingi bosqichda mezon va chegaralar tanlanadi. Maqsad (maqsadlar) 
loyihalashtiriladigan tizimning istalgan (maqsad etilgan) xolati sifatida, 


359 
ya’ni rivojlantiruvchi natija sifatida aniqlanadi. Aytib o‘tilgandek, 
maqsadga erishish ko‘pgina xolatlarda, tizimning tashqi va ichki 
parametrlarining qiymati kabi ehtimolli xarakterga ega va nimani bajarish 
mumkin bo‘lishidan ajralmaydi. Shu tarzda, maqsadlar ularga erishish 
vositalaridan ajralmagan, bu maqsadlarga erishish doimo chegaralangan. 
Natijada, qoida bo‘yicha, maqsadlar ierarxiyasi shakllanadi, ulardan biri 
(asosiylari) mezonlar vazifasida, boshqalari chegara vazifasida namoyon 
bo‘lishi mumkin. Bunda ularni qarama – qarshi qo‘yish mumkin emas, 
oldin mezon bo‘lganlar, keyinchalik chegara bo‘lishi mumkin va aksincha.
Mezon – qaror qabul qilishning tanlangan variantining maqsadga 
muvofiqligini baholash imkonini beruvchi ko‘rsatkich. Mezonning 
matematik ta’rifi – mezonli yoki maqsadli, funksiya. 
CHegara – ko‘riladigan variantlar sonini chegaralovchi, omillar. 
Agar analitik ifoda yordamida u yoki bu Z masalaning maqsadini va 
unga erishish vositalari x
i
ni bog‘lashga erishilsa, unda maqsadli yoki 
mezonli, W funksiya olinadi:
Z = W (X, T), (1.1) 
bu yerda, X – boshqariluvchi o‘zgaruvchilar (maqsadga erishish 
vositalari); T – chegara (yo‘naltirilgan o‘zgaruvchilar). 
Minimum yoki maksimum Z – optimallashtirish mezoni, qabul 
qilingan qaror samarasining chegaraviy o‘lchovini sonli ifodalovchi: 
Z
min (maks)
= W* (x
1
*, x
2
*,…, x
m
*, T), (1.2) 
bu yerda, x
i
* - T chegaralarda boshqariluvchi o‘zgaruvchilarning 
optimal qiymatlari, i = 1, m. 
Optimallashtirish masalalarini to‘g‘ri va teskari tashkil etish usullari 
farqlanadi. Masalan, to‘g‘ri tashkil etishda mezon sifatida S xarajatlar 
(kapital, ekspluatatsion va b.q.) birinchi o‘rinda turadi, lekin E qaror 
(ishonchlilik, xalaqitbardoshlilik, o‘tkazish qobiliyati, regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligi va b.q.) ning effekt yoki samaradorligi chegara 
hisoblanadi: 
S
min
= min (S
1
, S
2
, …, S
m
), E ≥ E
te
, (1.3) 
bu yerda, E
te
– effektning talab etiladigan qiymati (masalan, tayyorlik 
koeffitsienti). 


360 
Masalani teskari tashkil etishda mezon sifatida effekt (qaror 
samaradorligi) birinchi o‘rinda turadi, xarajatlar esa chegara hisoblanadi:
E
maks
= maks (E
1
, E
2
, E
m
), C< S 
r.e
, (1.4) 
Bu yerda, S 
r.e
– ruxsat etilgan xarajatlar. 
Axborotlashtirilganligiga bog‘liq holda optimallashtirish masalasi 
quyidagi sharoitlarda echilishi mumkin: 
- aniqlilik, qachonki tizimning tashqi va ichki parametrlari bir qiymatli 
aniqlanganda; 
- stoxastik (tavakkal, xavfli sharoitlarda), qachonki parametrlar 
qiymati tasodifiy xarakterga ega bo‘lsa, lekin ehtimolli xarakteristikalar 
bilan aniqlanishi mumkin; 
- noaniqlilik, qachonki parametrlar qiymati noma’lum bo‘lsa, ya’ni 
xattoki ularning ehtimollik xarakteristikalari mavjud bo‘lmaydi. 
Optimallashtirish masalalarini echish uchun qo‘llaniladigan, eng 
keng tarqalgan matematik metodlarga, aniqlilik sharoitlarida chiziqli va 
dinamik dasturlash usullari kiradi, tavakkal va xavfli sharoitlarda – 
statistik sinash usullari (Monte – Karlo usuli), noaniqlilik sharoitlarida – 
ierarxiyalarni taxlil qilish usullari kiradi [123]. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling