Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Loyihalash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar. Asosiy loyiha


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178
Bog'liq
T

Loyihalash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar. Asosiy loyiha 
xujjatlari 
Telekommunikatsiya tarmoqlarining uzatish liniyalarini loyihalash 
va qurish haqida qaror regionlararo kompaniyalarni va operatorlarning 
aloqa tarmoqlarini, ularning magistral, zonaviy va mahalliy birlamchi 
tarmoqlarini va texnologik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish sxemalari 
asosida, shuningdek iqtisodiy maqsadga muvofiqlilik, xo‘jalik, ijtimoiy va 
xavfsizlik zaruriyatlari asosida qabul qilinadi. Loyihalash uchun 
boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilar hisoblanadi: 
- aloqani tashkil etish sxemasi; 
- turli ishlab chiqaruvchilarning apparatura va kabellaritexnik 
xarakteristikalariga qo‘yiladigan talablar, ishonchlilik va narx navoni 
qo‘shib; 
- uzatish liniyalarining talab etiladigan o‘tkazish qobiliyati, 
shuningdek rivojlanish istiqbolini e’tiborga olgan holda; 


361 
- aloqa operatorining ta’sir doirasida talab etiladigan ishonchlilik 
ko‘rsatkichlari va b.q. 
Loyihalash bosqichida aniqlash kerak bo‘lgan, tarmoqning asosiy 
xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi: ishonchlilik, asosiy va rezerv 
o‘tkazish 
qobiliyatlari 
kattaliklarining 
nisbati, 
boshqariluvchanlik, 
moslashuvchanlik va masshtabga muvofiqlik. Bundan tashqari tarmoq 
iqtisodiy xarakteristikalarga ham ega, masalan, kapital xarajatlar va uning 
raqobatlilik qobiliyatini aniqlovchi, xarajatlarni oqlash vaqti. 
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya 
qilish raqamli uzatish tizimlaridan, raqamli kommutatsiya tizimlaridan va 
tolali optik aloqa liniyalaridan keng foydalanish asosida amalga oshiriladi. 
Birlamchi tarmoqning uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish 
bo‘yicha ishlar faqatgina loyiha va smeta mavjud bo‘lgandagina olib 
boriladi. Loyiha va smetalar qoida va tarkib, moslashish tartibi haqidagi 
boshqaruvchi materiallarga mos holda ishlab chiqiladi va bino, inshoot, 
korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilishga loyiha – smeta xujjatlari 
tasdiqlanadi. 
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarining faoliyatdagi uzatish 
liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashni asosan «Aloqa 
loyiha» Davlat Unitar korxonasiamalga oshiradi. Bundan tashqari 
loyihalash bo‘yicha ishlar aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan ham 
olib boriladi. Ularning tarkibiga aloqa inshootlarining faoliyat maydoni 
doirasida ularni qurish loyihalarini aniqlovchi va qurilish maydonlarini 
tanlashda ishtirok etuvchi va aloqa inshootlarini qurish va rekonstruksiya 
qilishga texnik sharoitlar (TSH) ni tuzuvchi loyiha bo‘limlari (yoki ularga 
o‘xshash xizmatlar) kiradi.
Loyihalash jarayonida ishchi muloqotga: aloqa inshootlarini qurishni 
rejalashtiruvchi buyurtmachi, (vazirlik, muassasa, aloqa operatori va b.q.) 
va loyiha ishini amalga oshiruvchi bosh loyihachi - loyiha tashkiloti kiradi, 
bunda maxsus loyiha tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Loyiha 
tashkilotlari buyurtmachi bilan birgalikda texnik - iqtisodiy asoslashlar 
(TIA) ni ishlab chiqaradi. 
Bu loyiha xujjatida zaruriyatning texnik - iqtisodiy va sotsial asoslari 
va uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish tartibi beriladi. 
Bunda qurilish yoki rekonstruksiya qilish narxini, kapital qo‘yilmalarning 
samaradorligini aniqlash va ularni optimallashtirish maqsadida kelgusi 


362 
qurilish joylarida topografik, injener - geologik, gidrologik va boshqa 
izlanishlar bajariladi. 
Loyiha qarorlari loyiha hujjatlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, 
ularning tarkibi va tuzilmasi loyihalashtirilayotgan aloqa inshootlarining 
yangiligi va murakkabligi, namunaviy yoki qayta qo‘llaniladigan 
loyihalarning va b.q. ning mavjudligi bilan aniqlanadi. 
Namunaviy yoki nisbatan murakkab bo‘lmagan aloqa inshootlarini 
qurish bir bosqichda amalga oshadi (bir bosqichli loyihalash), uning uchun 
ishchi loyihaga loyihalashga topshiriq (LT) asosiy loyiha xujjati 
hisoblanadi. 
Loyihalashga topshiriq bosh loyihachi bilan birgalikda buyurtmachi 
tomonidan tuziladi, zaruriyat bo‘yicha esa texnik - iqtisodiy asoslash (TIA) 
ishlab chiqarilgan bosqichda qabul qilingan qarorlar negizida maxsus 
tashkilotlar tomonidan ham tuziladi.
Loyihalashga topshiriqda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
- loyihalashtirilayotgan liniya nomi va uni loyihalash uchun asos va 
aloqaning yangi tarmoq tugunlarini qurish yoki mavjudlarini ishlatish; 
- aloqa kanallari ajratilishi kerak bo‘lgan, oxirgi tugun va oraliq 
punktlar belgilangan uzatish liniyasining yo‘nalishi; 
- turli ierarxiyalarning raqamli oqimlari yoki asosiy raqamli kanallari 
(ARK) ning tovush chastotali kanallari (TCHK) ning umumiy soniga 
keltirilgan, uzatiladigan axborotlarning turi va hajmi (telefon, telegraf va 
faksimil aloqa, ma’lumotlarni uzatish, Internet, elektron pochta, 
televidenie va ovoz eshittirishlari, mobil radioaloqa roumingi va b.q.); 
- raqamli uzatish tizimlarini, kabel turini tanlash va ularni etkazib 
beruvchi manbalar bo‘yicha dastlabki tavsiyalar; 
- tarmoq topologiyasi bo‘yicha tavsiyalar, uning elementi 
loyihalashtirilayotgan uzatish liniyasi bo‘ladi; 
- rekonstruksiyani tugatish yoki loyiha quvvatini o‘rganish davrida 
vaqtli aylanma aloqani va birlamchi tarmoqning bog‘lovchi liniyalarini 
tashkil etish bo‘yicha talablar;
- texnik va yordamchi binolarni qurish, manbalarni va elektr 
ta’minoti, issiqlik ta’minoti tarmoqlarini va ularga muhandislik 
kommunikatsiya xizmatlarini loyihalash kerakligi asoslari; 


363 
- uzatish liniyasining ishonchlilik ko‘rsatkilariga talablar va ularni 
turli ta’sirlardan, shuningdek ruxsatsiz ulanishlardan himoyalash bo‘yicha 
tadbirlarga talablar;
- uzatish liniyasining telekommunikatsiya tarmog‘idagi boshqa 
inshootlari va ularning tarkiblari bilan o‘zaro aloqasi; 
- favqulodda holatlarga tadbirlar; 
- uzatish liniyasidan foydalanishni tashkil etish, ekologiya va atrof 
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablar; 
- seysmiklik, ekinli gruntlar guruhi, suvli va boshqa to‘siqlar va va 
b.q. haqida dastlabki ma’lumotlar; 
- kapital qo‘yilmalarning o‘lchamini belgilovchi qurilishning mehnat 
sig‘imi, material sig‘imi va kapital qo‘yilmalar samaradorligining 
solishtirma ko‘rsatkichlari;
- texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari va moliyalashtirish manbalari; 
- uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishning boshlanish 
va tugatish muddatlari. 
- loyiha variantlarini amalga oshirish samaradorligini texnik iqtisodiy 
baholash; 

telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
ekspluatatsiyasi 
va 
boshqarishning zamonaviy texnologiyalari; 
- taktli tarmoq sinxronizatsiyasi va b.q. 
Yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlatishda, namunaviy 
va bunga o‘xshash loyihalar mavjud bo‘lmaganda, aloqaning murakkab 
inshootlarini loyihalash ikki bosqichda olib boriladi (ikki bosqichli 
loyihalash). Bunda ishchi loyiha xujjati loyihaning muhim xujjati 
hisoblanadi. 
Loyiha bir qator zarur bo‘limlardan iborat: 
- umumiy tushintirish yozuvi; 
- ishlab chiqarish texnologiyasi; 
- qurilish qarorlari; 


364 
- qurilishni tashkil etish; 
- aholi turar joylarining qurilishi; 
- ishchi xujjatlarni tutish va b.q. 
«Umumiy 
tushintirish 
yozuvi» 
loyihalashga 
boshlang‘ich 
ma’lumotlarni, texnik-iqtisodiy hisoblarning bajarilish natijalarini va 
ularni eng yaxshi an’anaviy va xorijiylarining ko‘rsatkichlari bilan 
taqqosiy farqini ko‘rsatadi. Bu bo‘limda materiallar, yoqilg‘i-energetik va 
mehnat resurslariga ehtiyoj va ularni ta’minlash yo‘llari haqida 
ma’lumotlar; obyektning tarkibi, qurilish tarkibi, ishga tushirish 
komplekslari va asosiy ishlarning xajmi, muxandislik tarmoqlari bo‘yicha 
qarorlar, ekologiya va atrof muhit himoyasi va favqulodda holatlar 
haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi. Loyiha qarorlarining boshqa 
tashkilotlar bilan muvofiqlik masalalari va talab, norma, qoida, 
yo‘riqnoma va standartlarning kelgusi qurilishning barcha jabhalarida 
rioya etilishi, albatta yoritilgan bo‘lishi kerak. Bu xujjatga quyidagi asosiy 
chizma va sxemalar ilova qilinadi: mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi 
kommunikatsiyalar va muxandislik tarmoqlari ko‘rsatilgan holat plani; 
mavjud, loyihalashtiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan inshootlar
shuningdek chetlashtirish, olib tashlash lozim bo‘lgan inshootlar va b.q. 
aks ettirilgan asosiy plan sxemasi, plani va trassaning bo‘ylama profili. 
«Ishlab chiqarish texnologiyasi» bo‘limi ishlab chiqarish – hisob 
dasturiga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash 
va ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha qarorlarga ega. Loyihaning bu 
qismi, uzatish liniyalarining uskunalarini texnik ekspluatatsiyasini tashkil 
etishda axborot texnologiyalarining keng ko‘llanilishi bo‘yicha prinsipial, 
asosiy qarorlarni aks ettiradi. Bo‘lim texnologik jarayonlarini 
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning asosiy, prinsipial sxemalari va 
energiya bilan ta’minlash va aloqani tashkil etishning tuzilish sxemalari 
bilan uzatib beriladi. 
«Qurilish qarorlari» bo‘limi asosiy qurilish qarorlarining qisqacha 
ta’rifi va asoslariga, ularning zamonaviy qurilish texnologiyalariga 
mosligiga, shuningdek elektr, portlash, yong‘in xavfsizligi, inshootlarni 
turli xildagi korroziyalardan himoyalash bo‘yicha, suv bilan ta’minlash, 
kanalizatsiya, issiqlik, xavoni ventilyasiyasi – shamollatish bo‘yicha 
tadbirlar ro‘yxatiga, shuningdek favqulodda holatlar bo‘yicha qarorlarga 
ega. 


365 
«Qurilishni tashkil etish» bo‘limida loyiha xujjatlarining tarkibi, 
xajmi va tuzilishi, uning qurilishni tashkil etish loyihalarini va ishlab 
chiqarish 
loyihalarini 
tuzish 
bo‘yicha 
yo‘riqnomalarga 
mosligi 
ko‘rsatiladi. 
«Aholi turar joylarining qurilishi» bo‘limida bu turdagi qurilishning 
xajmi va loyihalashtirilayotgan optik uzatish liniyasining ishga tushirish 
komplekslarini foydalanishga kiritishni ta’minlovchi, qurilish ketma-
ketligi o‘rnatilgan detalli rejalashtirish bo‘yicha qarorlar asoslanadi. 
Loyiha tugashida smeta xujjatlari va loyiha pasporti tuziladi, bunda 
aholi turar joylarining qurilishi chiqarib tashlanadi. 
«Ishchi xujjatlar» bo‘limi o‘zida ikki bosqichli loyihalashda loyiha 
xujjatini namoyon etib, qurilish narxini aniqlash va smeta hisoblari 
to‘plamini va smetani tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar 
va standart talablariga mos holda bajarilgan, ishchi chizma va smetalarni 
o‘z ichiga oladi. Ishchi xujjatga qurilish montaj ishlarini ishlab chiqish, 
texnologik, energetik, transport uskunalarini va ular bilan bog‘liq 
kommunikatsiyalarni o‘rnatish chizmalari ilova qilinadi. 
Loyiha xujjatlarini tayyorlash, uzatish liniyasining kelgusi qurilish 
sharoitlarini va ularning uskunalarini foydalanishga tushirish sharoitlarini 
to‘liq o‘rganish maqsadida, izlanish ishlari majmuasini o‘tkazishni talab 
etadi. Izlanish ishlari iqtisodiy va texnik ishlarga bo‘linadi. 
Iqtisodiy 
izlanishlar 
qurilish 
ko‘zda 
tutiladigan 
joyning 
iqtisodiyotini, xom ashyo va yoqilg‘i olish imkoniyatlarini o‘rganish, 
qurilishni mahalliy materiallar bilan ta’minlash va bo‘lajak korxonaning 
qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlash uchun mahalliy aholini jalb etish 
maqsadida olib boriladi. Iqtisodiy izlanishlar faoliyatdagi inshootlar 
haqidagi va ularni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlari 
haqidagi axborotlarni beradi. 
Texnik muxandislik izlanishlari bo‘lajak qurilish rayonining 
topografiya, geologiya, metrologiya va boshqa sharoitlarini, ya’ni uning 
tabiiy sharoitlarini o‘rganish uchun olib boriladi. Bu izlanishlar, bu ishlarni 
bajarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, maxsus izlovchi tashkilot 
tomonidan bajariladi. 
Loyiha va ishchi loyiha tasdiqlangunga qadar, mos keluvchi 
institutlarga ekspertiza va himoyaga beriladi. Tasdiqlanish xujjatlari bilan 


366 
birgalikda loyiha – smeta xujjatlarining to‘liq majmuasi buyurtmachi va 
bosh loyihachida saqlanadi. Yangi tarmoqlarni yaratishda va mavjudlarini 
modernizatsiyalashda kompyuterli loyihalash va modellashtirish 
usullaridan foydalanish, raqobatga qobiliyatli tarmoqlarni qurishga 
zamonaviy yondashuv hisoblanadi. 
Boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirishning soddaligi, grafik 
ko‘rinishda tasvirlangan ma’lumot va natijalarning aniqligi, natijalarni 
olish tezligi, loyiha xujjatlarining olinadigan formalarining turliligi sababli 
loyihalashning zamonaviy kompbyuterli usuli qo‘lda bajarilgandagisidan 
foydaliligi va qulayligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, kompyuterli 
loyihalash optimallashtiruvchi algoritmlarni ishlatish afzalliklari hisobiga 
loyiha qarorlarining optimallashuvini ta’minlaydi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling