Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy qoidalar
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy qoidalar
Tolali optik uzatish liniyalari (TOUL) ni loyihalashda, istiqbolli loyihalash bilan bog‘liq, ishonchlilikni oshirish, ekspluatatsiya va kapital xarajatlarni kamaytirish maqsadida, quyidagilarni ko‘zda tutish tavsiya etiladi: 370 - xattoki kichik o‘tkazish qobiliyatli tarmoq uchastkalarida ham faqat bir modali optik tolali (OT) optik kabellarni ishlatish; - rezerv OTli optik kabellarini qo‘llash; - talab etilgan o‘tkazish qobiliyatli qismda boshlang‘ich ma’lumotlarga nisbatan, liniya traktining yuqoriroq tezlikli apparaturasini qo‘llash. Bir modali optik tolali optik kabellarning yaratilishi va kelgusi mukammallashuvi, B*L ifodaning chegaraviy qiymatini keskin oshirish imkonini yaratdi, bu yerda V - uzatish tezligi, L - regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi. Masalan, eng arzon OTli optik kabel uchun L=100 km uzunlikda chegaraviy uzatish tezligi STM-16 (30 ming ARK) sathga mos keladi. Rezerv OTli optik kabellarni yotqizishning maqsadga muvofiqligi bir necha afzalliklarga ega. Birinchidan, bu axborotlarni fazaviy zichlashtirish deb ataluvchi, istiqbolli rivojlanishga TOUL ning o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha zahirani ta’minlaydi. Bunda optik kabeldagi OTlar sonining 10 martaga ortishi TOUL inshootlariga xarajatning atiga 20 % ga oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, bu TOUL ning ishlash ishonchliligini oshirish uchun rezerv optik toladan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda rezerv OTlar ishlatilishi mumkin: - ishchi OT o‘rnini bosish uchun, agarda ishchi OT ning parametrlari kabelni yotqizish yoki ekspluatatsiya qilishda ruxsat etilgan chegaralar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsa; - SRI TOUL uchun rezerv multipleksorlash ulanishini tashkil etish uchun; - aloqani uzmasdan optik reflektometrni rezerv OT ga ulash yo‘li bilan muntazam rivojlanuvchi rad etishlar sababini aniqlash va lokalizatsiya qilish uchun, agar optik kabeldagi hamma OT lar uchun bu sabab umumiy hisoblansa (masalan, erning siljishidan optik kabelda bukilishlar yuzaga kelishida, ulovchi muftalar buzulganda va h.k.). Talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan liniya traktining yuqori tezlikli, oxirgi apparatini qo‘llash maqsadga muvofiq. SRI TOUL loyihalashda ham yuqori o‘tkazish qobiliyatli apparaturani qo‘llashni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq. STM-16 sinxron multipleksor narxi STM-4 multipleksor narxidan 30-40 % ga qimmat, bu ham yana TOUL inshootlariga to‘liq xarajatlarni bir necha foizgagina oshishiga olib keladi. Biroq SRI apparaturasining qo‘shimcha o‘tkazish 371 qobiliyati, istiqbolli rivojlanishda uzatish tezligini oshirish zaruriyati talab etilgunga qadar, tarmoqda rezervlashlarni ishlatish hisobiga ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun samarali ishlatilishi mumkin. SHuningdek, TOUL ni loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish kerak: - mahalliy birlamchi tarmoqlarda (bir kuchaytirish uchastkali) TOUL ni tashkil etish; - regional va magistral birlamchi tarmoqlarda ikki qo‘shni tarmoq tugunlari o‘rtasida (bir kuchaytirish uchastkali) TOUL uchastkasini tashkil etish, buning uchun zaruriyat tug‘ilganda optik kuchaytirgichlar (OK) ni qo‘llash; - imkoniyatlariga va vazifasiga bog‘liq holda axborotlarni turli zichlashtirish usullarini to‘lqin uzunligi bo‘yicha, vaqt bo‘yicha va fazoviy zichlashtirish usullarini moslashuvchan ishlatish. Darhaqiqat, TOUT komponentlarining zamonaviy darajasi, birinchi avlod (Fabri – Pero lazerlari) nurlanish manbalari qo‘llanilgan, etarlicha arzon va kompakt liniya traktining oxirga apparaturalari (LTA) asosidagi mahalliy birlamchi tarmoqlarda bog‘lovchi liniyalarni tashkil etishda, bir yoki bir necha shaffoflik darchalarida ishlashda barcha mumkin bo‘lgan masofalarni bir kuchaytirish uchastkasibilan qoplash imkonini beradi. Bugungi kunda LTA ni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina kompaniyalar, aloqa vositalari bozorini ko‘zda tutgan holda, qoida bo‘yicha, qoplanadigan so‘nishga bog‘liq holda (regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 10 dan 150 km gacha), yagona konstruksiyada, lekin turli narxlarda LTA ning butun bir oilasini ishlab chiqaradi, bu uning aloqa oeratorlari tomonidan tarmoqlarda qo‘llanilishi bo‘yicha yuqori moslashuvchanlikka olib keladi. Optik kuchaytirgichlar (OK) ning yaratilishi va ularning LTA tarkibida qo‘llanilishi regeneratsiyalash uchastkasining maksimal chegaraviy qiymatini oshirish imkonini berdi, ya’ni ko‘pgina holllarda TOUL trassasini zona ichi – regional va magistral birlamchi tarmoqlarda xamroh tarmoq tugunlari orqali loyihalash imkoni yuzaga keldi. OK ning kuyidagi uch turi aniqlangan: 372 OK 1 – to‘yinish quvvatining katta qiymatiga ega uzatish OK, bevosita LTA ning optik uzatgichi (OUz) chiqishida signal quvvatining sathini oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan; OK 2 – juda kichik shovqin sathiga ega qabul qilish OK, bevosita LTA ning optik qabul qilgichi (OQq) kirishida uning sezgirligini oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan; OK 3 – kichik shovqin sathiga ega oraliq OK, uni regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini oshirish uchun passiv tolaning uchastkalari orasida o‘rnatish tavsiya etiladi. Turli OK ning qo‘llash mumkin bo‘lgan sxemalari 15.1-rasmda keltirilgan. OK qo‘llanilgan LTA ning optik ulanish joylari regeneratsiyalash uchastkasi uzunligining masofasi bo‘yicha V (very – juda uzun) va U (ultra – eng katta uzunlikli) turdagi ulanish joylari tasniflangan. V turdagi ulanish joylari UzOK + OK 1 + QqOK sxemasiga yoki UzOK + OK 2 + QqOK sxemasiga U turdagi ulanish joylari esa UzOK + OK 1 + OK 2 + QqOK sxemalariga mos keladi. OK ni LTA tarkibida qo‘llash imkoniyati TOUL xizmat talab qilmaydigan regeneratsiyalash punktlari (XTQyRP) ning elektr ta’minot muammolarini yuzaga kelmaslik imkonini beradi. Yuqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq etish malakasi ko‘rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni tashqi ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash zaruriyatiga bog‘liq holda imkon qadar XTQyRP inshootlarini qo‘llamaslik ham maqsadga muvofiqdir. Regional va magistral birlamchi tarmoqlarda bir kanalli TOUT uchun OK 3 ni qo‘llash ko‘pgina xolatlarda maqsadga muvofiq, chunki XTQyRP ning elektr ta’minoti muammolarini xal etish imkonini bermaydi. Boshqa tomondan, mavjudligi bo‘yicha OK 2 + OK 1 zanjirni texnologik namoyon etuvchi OK 3 tan narxi bo‘yicha STM-4 sathidagi SRI regeneratorining narxi bilan o‘lchanadigan darajadadir. Shu sababli juda past tezlikli tizimlar uchun (regeneratorli) XTQyRP ni tashkil etish, xizmat talab qilmaydigan (OK 3 li) kuchaytirish punkti (XTQyKP) ni tashkil etishga nisbatan iqtisodiy jihatdan ustun hisoblanadi. 373 1.1-rasm.Turli optik kuchaytirgichlarni qo‘llash sxemalari Biroq, OK 3 ni ishlatish samaradorligi, ulardan xattoki bir kanalli TOUT uchun optik tarmoqqa ulanishlarda foydalanishda va to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOUT uchun barcha telekommunikatsiya tarmoqlari uchastkalarida keskin ortadi. Aloqa tarmoqlarining kelgusi rivojlanishida loyihalashda (o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha) an’anaviy tarzda butun rivojlanish davri rivojlanishning katta (liniya – kabeli inshootlarni almashtirish, ya’ni yangi uzatish liniyasini qurish) va kichik (LTA ni eng yuqori tezlikka almashtirish) hisobiy davrlari deb ataladigan alohida bosqichlarga ajratiladi. Vaqt omilini hisobga olish bilan texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu bosqichlarning har birida xarajatlar samaradorligining taxlil natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Zamonaviy optik kabellarning imkoniyatlari TOUL ni jihozlashda o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasini ta’minlaydi, bu aloqa tarmog‘ini optimallashtirish jarayonida rivojlanishning katta davrlarini hisobga olmaslik imkonini beradi. Boshqacha aytganda, rivojlanish davri mobayniga aloqa tarmog‘ini loyihalashda shunday turdagi OT li optik kabellar tanlanadiki, bu OT loyihalashtirilayotgan rivojlanish davri oxiriga TOUL ning talab etiladigan o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi kerak. UzQ ОК 1 QqQ UzQ ОК 2 QqQ 374 Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgandek, rivojlanish davrining boshida talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasiga ega bo‘lgan apparaturani qo‘llash uchun iqtisodiy asoslangan, qator shart – sharoitlar mavjud. Natijada zamonaviy TOUL asosidagi taomoqni loyihalashda butun rivojlanish davrida texnik vositalar tarkibini optimallashtirish jarayoni yuqori darajada soddalashadi, chunki vaqt omili hisobga olinmay, mohiyati bo‘yicha kapital xarajatlarni optimallashtirish amalga oshiriladi. Vaqt omili rivojlanish jarayonida TOUL ning o‘tkazish qobiliyatini bosqichma – bosqich oshirishda namoyon bo‘ladi, bu TOUL ni qurishda boshlanishiga nisbatan kapital xarajatlar (va mos ravishda ekspluatatsiya xarajatlari) ning haqiqatdan juda kichik darajada ortishi bilan kuzatiladi. Lekin, aynan ana shu istiqbolli rivojlanishga TOUL ni loyihalashda axborotlarni zichlashtirishning barcha mumkin bo‘lgan usullaridan foydalanishni shartlaydi. Mohiyati bo‘yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu birinchi navbatda R opt = n·m·B (1.5.) ifoda bilan aniqlanuvchi, o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha optik kabelning optimal resursini tanlashdir. Yuqoridagi munosabatda n – OT soni, shuningdek, rezerv tolalar soni ham; V – ma’lum L uzunlikli regeneratsiyalash uchastkasidagi chegaraviy uzatish tezligi (OT turi, apparatura xarakteristikalari va B * Lko‘paytmani oshirish imkonini beruvchi boshqa imkoniyatlar bilan aniqlanadi); m – ma’lum B va L dagi optik kanallarning chegaraviy soni (OT turi, apparatura xarakteristikalari va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUT uchun xarakterli bo‘lgan nochiziqli effektlar ta’sirini kamaytiruvchi boshqa imkoniyatlar bilan aniqlanadi). Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling