Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Модуляция-
ланмаган Модулятор Бошқарувчи сигнал b) Актив муҳит d) Модулятор Лазер резонатори 50 magnitooptik hodisalar, shuningdek, turli xil fotoeffektlardan keng foydalaniladi. Elektrooptik hodisalar moddada tashqi elektr maydoni ta’sirida optik anizotropiya (modda xususiyatlarining turli yo‘nalishlarda farqlanish xususiyati) vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Natijada moddaning dielektrik singdiruvchanligi, demak, sindirish ko‘rsatgichi o‘zgaradi. Elektrooptik hodisalar odatda modda bo‘ylab tarqalayotgan yorug‘lik nurining ikkita nurga ajralishi hodisasi bilan birgalikda yuz beradi. Odatiy va noodatiy nurlar deb yuritiladigan bu nurlar turli tezlik bilan tarqaladilar va turlicha qutblangan bo‘ladilar. Agar bunday kristallarda o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan x va y yo‘nalishlarni ajratilsa, yorug‘likning sindirish ko‘rsatgichi bu yo‘nalishlarning har birida, umuman olganda, turlicha bo‘ladi. Kristallning bu yo‘nalishlari bo‘yicha sindirish ko‘rsatgichilarini nХ, nУ orqali belgilaylik. Sindirish ko‘rsatgichi har ikkala yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro farqlanadigan bunday kristallarni ikki o‘qli kristallar deb ataladi. х va u yo‘nalishlar bo‘yicha optik jihatdan birjinsli, ya’ni nX ≈ nУ≈ n bo‘lgan kristallarni esa, bir o‘qli kristallar deb ataladi. Bir o‘qli kristallarda odatiy yorug‘lik to‘lqini uchun sindirish ko‘rsatgichi nО ═ nХ ═ nУ, nooddatiy to‘lqin uchun esa, nn ═ nz ga teng bo‘ladi. Bu turdagi kristallarda yorug‘lik nurining z o‘qi bo‘yicha tarqalish chog‘ida uning tezligi qutblannish holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Agar kristalga yorug‘lik nurining tarqalish yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalishda elektr maydoni qo‘yilsa, sindirish ko‘rsatkichlari nx va ny orasidagi tenglik buziladi va kristall ikki o‘qli bo‘lib qoladi. Natijada x va y o‘qlari bo‘yicha qutblangan yorug‘lik to‘lqinlarining muhit bo‘yicha tarqalish tezligi ham bir - biridan farq qila boshlaydi. u o‘qi bo‘ylab tarqalayotgan odatiy yorug‘lik to‘lqini uchun sindirish ko‘rsatgichi elektr maydon kuchlanganligining ortishi bilan chiziqli tarzda o‘zgaradi: n0 (E) = n0+rpE, (5.2) bu yyerda rp - Pokkels elektrooptik doimiysi; E – elektr maydon kuchlanganligi; n0 – sindirish ko‘rsatgichining maydon bo‘lmagan holda, ya’ni E=0 bo‘lgan holdagi qiymati. 51 Sindirish ko‘rsatgichining elektr maydon kuchlanganligiga proporsional tarzda o‘zgarishidan iborat hodisani chiziqli elektrooptik effekt yoki Pokkels effekti deb yuritiladi. Shunday qilib, tashqi elekr maydoni ta’sirida boshlang‘ich bir o‘qli kristall ikki o‘qli kristall xususiyatlarini namoyon etadi va sindirish ko‘rsatgichining o‘zgarishi natijasida u optik jihatdan anizotrop bo‘lib qoladi. Yorug‘lik to‘lqini bunday kristall bo‘ylab muayyan masofani o‘tganida yorug‘lik to‘lqinining u va x yo‘nalishlar bo‘yichatashkil etuvchilari orasida ∆φ = 2π n02 rp E L/λ (5.3) ga teng faza farqi vijudga keladi. Nurlanaishning kristall bo‘ylab tarqalishi jarayonida turlicha qutblangan signallar orasidagi faza farqi o‘zgaradi. Natijada kirish va chiqish signallarining qutblanishi turlicha bo‘lib qoladi. Yorug‘lik nurining tarqalish masofasi va bunga mos ravishda hosil bo‘lgan faza farqiga qarab, chiqish chiqish signalining qutblanishi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan tarzda o‘zgaradi ∆φoe 0 π/4 π/2 3π/4 Π 5π/4 3π/2 7π/4 2π Qutblan- ganlik Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling