Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Abonent kirish optik tarmoqlari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   178
Bog'liq
T

Abonent kirish optik tarmoqlari 
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini ikkita tarmoq sifatida 
ta’riflash mumkin: transport va abonent ulanish(kommutatsiyalanuvchi) 
tarmoqlari. Transport va abonent ulanish (kommutatsiyalanuvchi) 
tarmoqlarini 
ierarxik 
sathlar 
bo‘yicha 
tasvirlash 
mumkin. 
Telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarida ierarxiyaning to‘rtta sathini 
ajratish mumkin (9.1-rasm) 
Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq 
(Customer Ppemises Equimpment -CPE). Ikkinchi element – abonent 
kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni 


68 
ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – maxalliy (Local) va 
shaharlararo (Long-distance). 
8.1-rasm. Telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarida ierarxik sathlar. 
Telekommunikatsiya aloqa tarmog‘ining tuzilishi 
Abonent liniyasining xamma uchastkalarining, stansion uchastkasini 
istisno qilganda, uzunliklari istiqbolli abonent kirish tarmoqlarini 
rejalashtirishda amaliy qiziqish uyg‘otadi. Abonent liniyasini boshqacha 
talqin etish mumkin: 
- oxirgi milya (krossdan uygacha masofa);
- oxirgi yard (uy chegarasidagi ajratish); 
- oxirgi fut (xonadondagi ajratish). 
8.2-rasm. Kommutatsiyalanadigan stansiyalar abonent tarmog‘ining 
strukturasi. 


69 
Mis simli abonent kirish tarmoqlarining quyidagi kamchiliklarini 
ko‘rsatish mumkin: 
- abonent kirish tarmoqlarida axborot almashinish ishonchliligi va 
sifati ko‘rsatgichlarining pastligi o‘ziga xosdir;
- abonent kirish tarmoqlarining foydali ish koeffitsienti juda kamligi 
(o‘tkazilayotgan trafik intensivligi) texnik vositalardan foydalanish 
samarasining pastligiga olib keladi. 
Mis simli abonent kirish tarmoqlarining yuqorida ko‘rilgan 
kamchiliklari, ulardan foydalanishdagi muammolarni xal etish uchun 
abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalash zaruratini tug‘dirdi. 
Keyingi yillarda infokommunikatsion tizimning xech bir elementi 
abonent kirish tarmog‘i kabi sezilarli o‘zgarishlarga duchor bo‘lmadi. 
Abonent 
liniyalarini 
modernizatsiyalash, 
o‘tkazish 
polosasini 
kengaytirishning eng optimal usuli – xamma fizik zanjirlarni optik tolali 
kabellarga almashtirishdir. Bu abonent kirish tarmog‘idagi muammolarni 
hal etish imkonini beradi hamda abonent liniyalarining uzoq muddatli 
evolyusiyasini ta’minlaydi.
Keng polosali optik kirish tarmoqlarini tuzishda FTTx va PON optik 
texnologiyalari qo‘llanilmoqda. 
FTTx texnologiyasining asosiy prinsiplari 
8.3-rasm. FTTx texnologiyasining umumiy arxitekturasi 


70 
Abonent liniyalarini optiklashtirish juda katta o‘tkazish oralig‘ini 
ta’minlaydi va nafaqat barcha telekommunikatsiya xizmatlarini, balki 
televidenie, ma’lumotlar uzatish, multimedia dasturlarini uzatish 
imkoniyatini beradi. Narx ko‘rsatkichlari ham anchagina yaxshi – optik 
kabellar narxi kundan-kunga pasayib bormoqda. Optik abonent liniyalari 
amaliy jihatdan xizmat ko‘rsatishga muhtoj emas va etarli darajada ko‘p 
ishlaydi. 
Abonent optik kirish tarmoqlari FTTx (Fiber Transport To…, ya’ni 
optik transport tarmog‘i... gacha) degan nom olib yangi avlod tarmoqlarini 
qurishda keng qo‘llanilmoqda. FTTx ning umumiy arxitekturasi 9.3-
rasmda keltirilgan. 
FTTx tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlardan iborat: 
FTTSab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash jovonigacha optik 
kabel yotqizish;
FTTS (Fiber To The Curb) – taqsimlash qutisigacha optik kabel 
yotqizish; 
FTTN (Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish; 
FTTV (Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish; 
FTTP (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel 
yotqizish; 
FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish;
FTTU (Fiber To The User) – foydalanuvchi terminaligacha (OK) 
yotqizish [3]. 
9.4-rasmda FTTx konsepsiyasini amalga oshiruvchi asosiy variantlar 
keltirilgan. 
FTTx texnologiyalarini xususiyatlari:
9.4-rasmda ko‘rsatilgandek, abonent kirish istalgan usulining asosini 
OLT (Optical Line Terminal) tarmoq optik tugallanish va ONT (Optical 
Network 
Terminal) 
abonent 
tuguni 
terminal 
optik 
tugallanish 
elementlarining o‘zaro ulanishi yotadi. Abonent liniyasi uchastkasida ONT 
ni joylashuviga bog‘liq holda FTTx texnologiyalari farqlanadi. 


71 
FTTN: 
- optik kabelning ko‘p sarflanishi qimmat va optik tolani 
abonentgacha (yangi) tortish kerak;
- oraliqlarda 
aktiv 
qurilma 
ishlatilmasligi 
sarf 
xarajatlarni 
kamaytiradi; 
- yuqori o‘tkazish polosasi ega; 
- turli multiservisli xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi; 
- yuqori uzatish sifatini, to‘liq optik tarmoqlarga o‘tish imkonini 
yaratadi.
8.4-rasm. FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari. 
FTTB: 
- optik tola / kabel ko‘p sarflanmaydi; 
- mavjud bo‘lgan abonent o‘tkazgichidan foydalanish mumkin; 


72 
- o‘tkazish polosasi bo‘yicha chegaralangan; 
- oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilishiqo‘shimcha sarf xarajatlarga 
olib keladi.
FTTS: 
- nisbatan arzon; 
- o‘tkazish qobiliyati chegaralangan. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling