Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Passiv optik tarmoq texnologiyalari


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   178
Bog'liq
T

Passiv optik tarmoq texnologiyalari 
Agar oxirgi yillarda zamonaviy aloqa tarmoqlarining tolali optik 
kabellar orqali tashkil qilinayotganini, o‘tkazuvchanlik qobiliyatining 
yuqoriligini nazarda tutsak, abonent tarmoqlarida PON texnologiyasini 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
PON texnologiyasining asosiy vazifasi, markaziy tugunlar orasidagi 
magistralni (SDH/ATM) va abonent tugunlarini ulash, shuningdek 
daraxtsimon topologiyali to‘liq passiv optik tarmoqni yaratishga 
asoslangan, oraliq tugunlarda esa ta’minot va xizmatni talab qilmaydigan 
kompakt passiv optik ajratgich (birlashtirgichlar yoki splitterlar deb ham 
ataladi) joylashgan. Bunday texnologiya ko‘proq paketli kommutatsiya 
transport texnologiyasiga mos keladiChunki u ma’lumotlarni yuqori 
tezlikda uzatish hisobiga trafiklarni (ovoz, ma’lumot va video) birlashtirish 
va lozim bo‘lgan sifatli xizmatni ta’minlaydi va Telekommunikatsiyalar 
bo‘yicha xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU-T) tomonidan G.983.1 va 
G.983.2 tavsiyalari nomini olgan. 
PON passiv optik tarmoqlagichlari asosidagi daraxtsimon topologiy 
(9.5–rasm), shu texnologiya asosidagi “nuqta – ko‘p nuqta” mantiqiy 
topologiya qo‘llaniladi. Markaziy tugunning bitta porti, o‘nlab abonentni 
qamrab oluvchi daraxtsimon arxitektura asosida butun boshli optik-tolali 
segmentni ulashi mumkin. Bunda daraxtning oraliq tugunlarida manba va 
xizmat talab qilmaydigan zich, to‘liq passiv optik ajratkichlar (splitterlar) 
o‘rnatiladi. 
PON arxitekturasining afzalliklari: 
- oraliq aktiv qurilmalarning yo‘qligi; 


73 
- markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi; 
- tolaning tejalishi; 
- yangi abonentlarni ulashning engilligi va xizmat ko‘rsatishning
qulayligi. 
Kamchiligi: PON texnologiyasining murakkabligi va oddiy daraxt 
topologiyasida zahiralashning yo‘qligidir. 
PON tarmog‘ining xususiyatlari:
- bir tola bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi ikki uzunlikdagi (1550 
nm va 1310 nm) to‘lqinni uzatuvchi daraxtsimon arxitekturadan iborat. 
Ikki xil to‘lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich orasida yaxshiroq 
izolyasiyani ta’minlaydi, shuningdek ikki to‘lqin uzunliklarining 
ta’sirlashuvida qimmat bo‘lmagan planar lazer diodlar (PLC) ni ishlatish 
mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi [4]; 
8.5-rasm. PON ning passiv optik tarmoqlagichlari asosidagi daraxtsimon 
topologiya. 
- daraxtning oraliq tugunlarida passiv optik tarmoqlagichlar
joylashadi; 
- TDMA ulanish usulidan foydalanish abonenlar orasida o‘tkazish 
polosasini moslashuvchan taqsimlanishiga yo‘l qo‘yadi; 
- markaziy tugundan kelayotgan bitta tolaga 32 ta, maksimum 64 ta 
abonent tugunlarini ulash mumkin;


74 
8.6-rasm. PON arxitekturasining asosiy elementlari va ish prinsipi. 
- PON texnologiyasida kiruvchi trafikni keng ommaga etkazib 
berishda oqimlarni spektral ajratishdan va chiquvchi kanalda esa vaqt 
bo‘yicha multipleksorlashdan foydalaniladi; 
- maksimal masofasi 20 km ni tashkil qiladi. 
Yuqoridagi 9.6-rasmda PON texnologiyasining ishlash prinsipi 
ko‘rsatilgan[6]. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling