Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   178
Bog'liq
T

APON texnologiyasi 
1990 yil o‘rtalarida ko‘pchilik nuqtai nazaridan faqat ATM 
protokoligina oxirgi abonent bilan aloqa xizmatlari sifatiga muvofiq 
kafolat berish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Shuning uchun (British Telecom, 
France Telecom, Deutsche Telecom, NTT, KPN, Telefonisa i Telecom 
Italia kabi etti kompaniya tomonidan FSAN (Full Service Access 
Network) deb nomlangan konsorsium tuzildi), PON tarmog‘i orqali 
multiservis xizmatlarni transportini ta’minlashni, ATM texnologiyasiga 
asosan tanlagan. Natijada 1998 yil oktyabr oyida PON daraxtida ATM 
yacheykalari asosida axborotlarni transportlashtirish APON (ATM PON) 
nomini olgan ya’ni G.983.1 ning birinchi tavsiyasi standarti paydo bo‘ldi. 
Keyinchalik bir qancha yangi tuzatishlar va tavsiyalar paydo bo‘lib, 
uzatish tezligi 622 Mbit/s gacha oshdi. 2001 yil martida PON standartiga 
yangi funksiyalar qo‘shilib, G.983.3 tavsiyasi paydo bo‘ldi: 
- turli xil ilovalar (ovoz, video, ma’lumot) ni uzatish – bu ishlab 
chiqaruvchilarga, magistral tarmoqlarga ulanish uchun OLT va 
abonentlarga ulanish uchun ONT larga mos interfeyslarni qo‘shishni 
yo‘lga qo‘ydi; 
- spektral diapazonning kengaytirilishi – PON ning aynan shu
daraxti sharoitida boshqa to‘lqin uzunligida qo‘shimcha xizmatlar uchun 
imkoniyat yaratdi. Masalan, uchinchi to‘lqin uzunligida keng ommaga 
eshittirish beradigan televidenie. 
Shunday qilib APON standartining kengaytirilgandan keyingi nomi
BPON (broadband PON) deb ataldi. APON ga hozir kunda turli ilovalar va 
turli ONT lar orasida polosani dinamik taqsimlanishi kiritilmoqda va ham 
keng polosali, ham tor polosali xizmatlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan. 
Turli ishlab chiqaruvchilarning APON qurilmasi quyidagi magistral 
interfeyslarni qo‘llaydi: SDH (STM-1), ATM (STM-1/4), Fast Ethernet
Gigabit Ethernet, video (SDI PAL), E1 (G.703) abonent interfeyslari, 
100/10 Mbit/s li Ethernet 10/100 Base-TX, (FXS) telefoniya. 
Markaziy va abonent tugunlari bilan o‘zaro bog‘lanuvchi 
APON 
MAC protokoli. Abonent tuguni bilan markaziy tugunning o‘zaro 
bog‘lanishi, ulanish o‘rnatish bilan boshlanadi. Shundan so‘ng 
ma’lumotlar almashinishi sodir bo‘ladi. Bularning barchasi APON MAC 
protokoliga muvofiq bajariladi. Ulashni o‘rnatish jarayonida quyidagilarni 


78 
o‘z ichiga oluvchi ranjirlash protsedurasi ishga tushadi: masofa bo‘yicha 
ranjirlash, quvvat bo‘yicha ranjirlash va sinxronizatsiya. 
MAS protokoli APON ulanish tizimi uchun uchta masalani echadi: 
- teskari oqimdagi uzatishlarda kolliziyaning yo‘qotilishi; 
- teskari oqimda polosani aniq, samarali dinamik bo‘lishi; 
- ilova transporti uchun eng yaxshi moslashtirishni saqlashi. 
APON MAC protokoli so‘rov/ruxsat mexanizmiga asoslanadi. 
Asosiy g‘oyani 
ONT tomonidan 
talab qilingan polosa 
so‘rovlarini 
jo‘natish tashkil etadi. Yuklangan teskari oqim va qaysi xizmatlar ONT ga 
yoki boshqasiga o‘rnatilganligi haqida bilimlarga asoslanib, OLT bu 
so‘rovlarni qayta ishlash uchun qaror qabul qiladi. 
So‘rov/ruxsat mexanizmini boshqarish uchun FSAN APON 
kadrining strukturasi to‘g‘ri va teskari oqim uchun aniqladi. Bu format 
ITU-T ning G.983.1 tavsiyasiga binoan standartlashtirildi. 
Bitta kadrni 155 Mbit/s tezlikda uzatish 0,15 ms davom etadi. 32 ta 
ONT da to‘liq siklni uzatishda 0,6 ms talab qilinadi. Boshqacha qilib 
aytganda, ONT 0,6 ms davomiyligida minipaketlarni, ma’lumotlarni 
uzatishga mo‘ljallangan xizmat so‘rovlarini jo‘natadi. ONT, uning chiqish 
buferida so‘rovni uzatishga navbat shakllanganda jo‘natadi. ONT faqat 
PLOAM yacheykasidan ruxsat olgandan so‘ng uzata olganligi sababli, shu 
lahzadan maksimal vaqtni baholashda, 0,6 ms sikl vaqtiga RTT ni 
ikkilangan o‘tish masofasida (20 km radiusdagi tarmoqlar uchun RTT 0,2 
ms ni tashkil qiladi) kechikish vaqtini qo‘shish kerak bo‘ladi va natijada
0,8 ms hosil bo‘ladi. Bu qiymatga OLT va ONT lardagi apparat kechikish 
vaqtlari qo‘shilishi mumkin.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling