Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Raqamli tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178
Bog'liq
T

 
Raqamli tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini 
ekspluatatsiya qilishga oid normalar 
 
Umumiy qoidalar: Ekspluatatsiya qilishga oid normalar TEOni 
ekspluatatsiyaga tushirishda, ekspluatatsiya jarayonida va ularni qayta 
tiklashda maqsadli normalarni bajarish uchun o‘rnatiladi. TEOni 
ekspluatatsion normalarga muvofiqligini baholash 15 minut, 2 soat va 24 
soat oralig‘ida o‘tkaziladi. 
Gipotetik etalon (to‘liq raqamli) traktiga, maqsadli normalarga 
qaraganda yuqoriroq, boshlang‘ich ekspluatatsion normalar MPO 
(Maintenance Perfomance Objectives) aniqlanadi. 
B – oxirgi stansiya 
Liniya trakti, 
multipleksorlash 
seksiyasi 
А – oxirgi stansiya 
ТEO holati haqidagi 
axborotlar to’plami
 
Qartor qabul qilish va TXK 
strategiyasini ishga 
tushirish 
ТХК jarayoni va 
tadbirlarini amalga oshirish 
Axborotlarga ishlov berish. 
To’plash va taxlil qilish 


101 
Ekspluatatsion normalar nazorat qilinuvchi parametrlarning oxirgi 
chegaraviy qiymatlari (limitlar va chegaralar)ni beradi, ular obyektni ishga 
tushirishda yaroqlilik/yaroqsizligini yoki texnik xodimni ekspluatatsiya 
jarayoniga 
aralashuvini 
aniqlaydi. 
Ular 
asoslanadigan 
maqsadli 
normalardan farqli ravishda, ekspluatatsion normalar berilgan traktni 
amalga oshirishda qo‘llaniladigan, uzatish muhitiga bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. 
Ekspluatatsiya jarayonida ekspluatatsion normalar uzluksiz (aloqani 
uzmasdan) nazorat olib borishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, aloqani 
uzgan holdagi o‘lchashlar ekspluatatsiyaga tushirishda va ta’mirlashdan 
so‘ng ishga tushirishda o‘tkaziladi.Aniq o‘lchanadigan parametrlar, 
o‘lchash davomiyligi va ekspluatatsiya jarayonida qo‘llaniladigan limitlar 
maqsadli norma talablariga javob bera oladigan darajada sifatli natijani 
ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Lekin xatoliklar bo‘yicha sifatga maqsadli 
normalar uzoq muddatli (bir oydan kam bo‘lmagan) o‘lchashlarga ta’lluqli, 
biroq foydalanishga kiritish va xizmat ko‘rsatish uchun amaliyotda 
qo‘llaniladigan limitlar va chegaralar qisqa muddatliga asoslanadi. 
Ekspluatatsion nazorat yordamida maqsadli normalarni ta’minlovchi, 
sifat ko‘rsatkichlarini normada saqlash uchun uch prinsip ishlatiladi: 
- ekspluatatsiyaga tushirishda chegaralarni hisoblash uchun 
ishlatiladigan, gipotetik etalon trakt uchun boshlang‘ich ekspluatatsion 
normalar; 
- ekspluatatsion chegaralarni hisoblashda, uzatish muhiti va appara-
turaning eskirishini hisobga oluvchi koeffitsient qo‘llaniladi; 
- ekspluatatsion chegarani hisoblash uchun formulalarga chegaraviy 
kattaliklarni o‘lchash davomiyligiga bog‘liqligi kiritiladi. 
Sifatni kamayishi DPL (Degraded Rerfomance Limit) va ruxsat 
etilmaydigan sifat UPL (Unacceptable Perfomance Limit) ekspluatatsion 
chegaralar, uzluksiz nazorat natijalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xodim 
aralashuvi zarurligini aniqlaydi. Buning uchun 24 soat davomiyli vaqt 
oraliqlarini o‘lchashda xatoliklarni uzluksiz nazorat natijalari DPL bilan, 
15 minut davomiyli vaqt oraliqlarini o‘lchashda xatoliklarni uzluksiz 
nazorat natijalari UPL bilan taqqoslanadi. 
Raqamli traktda xatolik parametrlariga qo‘yiladigan normalarni 
aniqlash uchun real raqamli traktni bir turdagi uchastkalarga shunday 


102 
ajratishni amalga oshirish kerakki, bunda real trakt normalari bir turdagi 
uchastkalar tashkil etuvchilarining yig‘indisiga teng bo‘lsin. Bir turdagi 
uchastkalar doirasida bir operator javobgar bo‘ladi, bir turdagi uzatish 
muhiti mavjud bo‘ladi va raqamli trakt bir toifaga ta’lluqli bo‘ladi (ya’ni 
transport tarmog‘ining tranzit uchatkasi yoki mahalliy uchastkasi yoki 
ulanish uchastkasi hisoblanadi). 
Sinxron raqamli TOATli traktning transport tarmog‘ining ma’lum 
(tranzit yoki mahalliy) uchastkasiga ta’luqliligini aniqlash quyidagilarni 
e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi: 
- xatolik ko‘rsatkichlarini o‘lchash natijalari bo‘yicha; 
- xorijiy davlatlarning xalqaro trafigining berilgan trakti orqali 
tranzitni tashkil etish imkoniyati bo‘yicha; 
- sinxron raqamli TOATning magistral trakti transport tarmog‘ining 
ham tranzit, ham mahalliy uchastkasiga ta’luqli bo‘lishi mumkin; 
- mahalliy tarmoqning sinxron raqamli TOATtraktlari transport 
tarmog‘ining mahalliy uchastkasiga ta’luqli; 
- sinxron raqamli TOATning xududiy trakti transport tarmog‘ining 
mahalliy uchastkasiga ta’luqli. 
Barcha xolatlarda operator traktning aniq vazifasi va xatolik 
ko‘rsatkichlarining o‘lchov natijalariga bog‘liq ravishda traktning ma’lum 
toifaga ta’luqliligini aniqlaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, juda yuqori 
normalar bo‘yicha (masalan, transport tarmog‘ining tranzit uchastkalari 
normalari bo‘yicha) mos keluvchi o‘lchovlardan keyin raqamli traktni 
ekspluatatsiyaga topshirish, ushbu traktni raqamli traktlar bozorida jalb 
etilishini oshiradi.Bir turdagi uchastkalarning har biri uchun xatoliklarga 
bo‘lgan normalar, ulushlarga mos holda aniqlanadi.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling