Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178
Bog'liq
T

Nazorat savollari 
1. 
Tor polasali tarmoqlarga qanday tarmoqlar kiradi? 
2. 
Keng polosali tarmoqalrning tor polosali tarmoqalrdan farqi 
nimadi? 
3. 
Keng polosali tarmoqalrning eng asosiy hususiyati nimada? 


113 
4. 
Xizmatlari integrallashgan tarmoqning rivojlanish bosqichlari? 
5. 
Raqamli integral tarmoqning necha turi mavjud? 
6. 
Keng 
polosali 
tarmoqlarda 
xizmatlarni 
taqdim 
etish 
protokollari?
2.3. Keng polosali abonenet kirish tarmoqlari 
Raqamli abonent kirish tarmoqlari: Optik tolali aloqa 
liniyalarining kirib kelishi, sinxron raqamli iyerarxiya (SDH) uzatish 
tizimlarini keng tadbiq etilishi, yaqin kelajakda abonent liniyalarini shu 
qurilmalar asosida tuzilishiga olib keladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida optik tolali tarmoqlarni qurish iqtisodiy qimmatga tushadi, 
ayniqsa abonent liniyalarini. Oxirgi variant yuqori iqtisodiy samaradorlikni 
beradi. Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko‘p yillar 
foydalanish mumkin. Shu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori 
tezlikli xDSL, texnologiyasining siflariga asoslangan raqamli uzatish 
tizimlarini qo‘llash imkoniyatlari yaratildi.
Hozirgi vaqtda nafaqat ovozli axborotlarga, balki Internet 
xizmatlariga bo‘lgan talablar dolzarb xisoblanadi. Bunday tarmoqlarni 
ikkita yo‘l: tolali-optik-tolali tarmoqlar va mavjud bo‘lgan kabellardan 
foydalanish orqali kurish mumkin. Ko‘pgina xollarda oxirgi variant yuqori 
iktisodiy samaradorlikni beradi. Lekin bunday tarmoqlarni yaratish uchun 
bir necha savollarga javob topish lozim: 
 
mavjud bo‘lgan kabelli tarmoq uchun kanday raqamli abonent 
texnologiya ko‘proq mos keladi; 
 
qanday qurilma ko‘proq samaradorlikka ega; 
 
mavjud bo‘lgan kabelli tarmoqlarni, abonentlar ulanuvchi 
raqamli abonent tarmoqlarining kanday yangi xizmatlari uchun qo‘llash 
mumkin. 
Oxirgi vaqtlarda abonent liniyalari qurilmalarining bozori jadallik 
bilan rivojlanayotgani tufayli operatorlarning xolati murakkablashib 
ketmoqda. Yuqoridagi aytib o‘tilgan kamchiliklarga, muammolarga va 
savollarga javob sifatida xDSL (Digital Subscriber Line) - raqamli abonent 
liniyalari texnologiyalari qo‘l keladi [1]. 
xDSL ning variantlari sifatida yaratilgan keyingi texnologiya bu 
yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi HDSL (High-bit-rate Digital 
Subscriber Line) xisoblanadi. Bu texnologiya 2048 kbit/s tezlikda dupleks 
axborot almashtirishni to‘liq ta’minlaydi. Axborotni uzatish uchun 
kabelning 
ikki 
yoki 
uch 
juftligidan 
foydalanishadi. 
HDSL 


114 
texnologiyalarining keyingi rivojlanishi simmetrik yuqori chastotali 
raqamli abonent liniyalarining qurilmalarini yaratilishiga sababchi bo‘ldi. 
Bunday SDSL qurilmalari (SDSL -Singil Pair Symmetrical Digital 
Subscriber Line) kabelning bir juftligi orqali ishlashga mo‘ljallangan. 
Shuningdek oxirgi yillarda xDSL ning assimmetrik raqamli abonent 
liniyasini qurish texnogiyalari ishlab chiqildi, Masalan ADSL (assimetrik 
raqamli abonent liniyasi) texnologiyasi tarmoqdan abonentgacha bo‘lgan 
yo‘nalishda axborotni uzatganda 8 mbit/s gacha, abonentdan tarmoqgacha 
bo‘lgan yo‘nalishda esa 1 mbit/s tezlikni ta’minlaydi, shuningdek Internet 
tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. 
2.1-rasm. Mis aloqa liniyalaridan tortib, xozirgi paytgacha raqamli 
uzatish tizimlarining tezligini o‘sishi 
VDSL texnologiyasi (Very High - bit rate Digital Subscriber Line) 
yangi qurilmalar tarkibiga kiradi va kelgusidagi abonent tarmoqlarida 
qo‘llashga mo‘ljallangan.
xDSL texnologiyasi 70-yillardan boshlab rivojlana bordi, ya’ni bu 
yillarda VK (Basic Rate), 160 Kbit/s li ISDN qurilmalari ishlab chiqarila 
boshlagan edi. xDSL texnologiyasining ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining 
texnologiyalarini tolali optik aloqa tizimida ilk bor sinab ko‘rildi va 
natijalarga erishildi. Faqat tolali optik aloqa liniyasi orqali «xar bir uyga 
raqamli telefon» olib kirish mumkin, degan fikr xam bor edi. 


115 
xDSL texnologiyasi mavjud mis simli liniyalardan yuqori tezlikli 
aloqani xosil qilish imkonini beradi. 1.1-rasmda mis kabel liniyasidan 
axborot uzatish tezligining, ya’ni morze alifbosi (10 bit/s) dan VDSL (52 
Mbit/s)gacha 
o‘ta 
yuqori 
tezlikli 
raqamli 
abonent 
liniyasi 
texnologiyasigacha rivojlanish tarixi ko‘rsatilgan[1]. 
xDSL texnologiyasi quyidagi turlarga bo‘linadi: 
 
HDSL (High-bit-roto Digital Subscriber Line) tezligi 2048 
kbit/s bo‘lgan dupleks aloqani ta’minlaydi. 
 
SDSL (Singl Pair Symmetrical Digital Subscriber Line) yuqori 
chatsotali raqamli abonent liniyalari qurilmasi bo‘lib, signallarni simmetrik 
xolda uzatishga mo‘ljallangan. 
 
ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line) bu texnologiya 
tarmoqdan abonentga signalni uzatishda 8 Mbit/s gacha bo‘lgan tezlikni, 
abonentdan tarmoqga signalni uzatishda esa 1 Mbit/s tezlikni ta’minlaydi, 
ya’ni signallarni uzatish assimetrik xolda amalga oshadi. 
 
VDSL (Very High lit rate Digital Subscriber Line) bu yangi 
qurilma xisoblanib, kelgusida yuqori tezlikli aloqa tarmoqlarida qo‘llashga 
mo‘ljallangan. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling