Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Transport texnologiyalari bilan WDM modelining o‘zaro bog‘lanishi
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Transport texnologiyalari bilan WDM modelining o‘zaro bog‘lanishi
Kuyidagi 3.4-rasmda WDM texnologiyasi yaratilgunga qadar va WDM texnologiyasi yaratilgandan keyingi transport texnologiyalirining o‘zaro bog‘lovchi modellari ko‘rsatilgan. 3.4-rasm. Asosiy transport texnologiyalarining modelini o‘zaro bog‘lanishi A) WDM texnologiyasi yaratilgunga qadar; B) WDM texnologiyasi yaratilgandan keyin. WDM texnologiyasigacha bo‘lgan model uch satxdan va uzatish muhitidan iborat edi va yuqori satxning (ATM, IP) trafiklarini optik uzatuvchi muhit orqali transportlashtirish uchun SDH/SONET interfeyslarini qo‘llagan holda transport modullariga ikkapsulyatsiya qilinishi lozim edi. WDM tizimlari yaratilgandan keyin esa uzatish muhitini hisobga olmaganda uch yoki to‘rt satxdan iborat bo‘ldi. Natijada xuddi SDH/SONET kabi WDM ning oraliq satxi paydo bo‘ldi. Bunday satxni fizik interfeys ta’minlaydi va u fizik satx orqali nafaqat SDH/SONET texnologiyalariga balkim ATM va IP texnologiyalariga ham optik uzatuvchi muhit orqali o‘tishni ta’minlaydi. Bunday WDM texnologiyasi ATM yacheykalarini va IP paketlarini inkapsulyatsiyalashni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida qayta ishlash protsedurasini va trafiklarni transportlashtirishni shuningdek sarlavxa uzunligini etarli darajada kamaytirishni va trafiklarni uzatish sifatini oshiradi. 136 WDM da multipleksorlash sxemasi Multipleksorlar va demultipleksorlar umuman olganda passiv kurilmalar xisoblanadi. Uning ishi to‘lqin uzunligini sezuvchanligiga boglik bo‘lgan uchta omil bilan xarakterlanadi: burchakli dispersiya; interferensiya; selektiv yutilish. Quyidagi 3.5-rasmda multipleksor/demultipleksorlarning tuzilishi ko‘rsatilgan. 3.5-rasm. WDM da multipleksorlash jarayoni Ular bir-biridan to‘lqin o‘tkazuvchi plastinalar soni bilan farq qiladi. 3.5 a-rasmda nur tushayotgan kanal (signal)larning yigindisi kirishdagi to‘lqin o‘tkazgich orqali to‘lqin o‘tkazuvchi plastinaga tushadi. Undan keyin esa difraksion panjara ko‘rinishidagi juda ko‘p yoruglik o‘tkazgichlarga bo‘linadi. Bunda xar bir optik kanal yorug‘lik o‘tkazgich ko‘rinishida tasvirlanadi, keyin esa bu signallar oyna yuzasida aks qaytadi va ularni interferensiyasi to‘g‘rilanuvchi to‘lqin o‘tkazuvchi plastinkaga tushadi. Bu yyerda turli to‘lqin uzunliklariga mos keluvchi muxitda maksimumlar xosil bo‘ladi. Multipleksorlash jarayonida to‘lqin o‘tkazgichlar aloxida optik kanallarni kiritish uchun xizmat qiladi. 3.5 b-rasmda juft to‘lqin o‘tkazuvchi plastinalarni ko‘llanilishi, ular bajaradigan funksiya bilan farqlanadi. Bu Yyerda fokuslash, kanallarni ajratish aloxida plastinalarda amalga oshadi. Multipleksorlar va demultipleksorlar passiv kurilmalar bo‘lganligi sababli ma’lum bir mikdorda signalni zaiflashtiradi. Bu kurilmalardagi yo‘qotish 10-12 dbga yetadi, shuning uchun bunday 137 yo‘qotishlarni to‘g‘rilash maqsadida ularni optik kvant kuchaytirgichlar bilan ta’minlash lozim. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling