Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178
Bog'liq
T

DWDM texnologiyasi 
Telekommunikatsiya’ning odatdagi texnologiyasi, bitta optik tola 
bo‘yicha bitta signal uzatish imkonini beradi. Spektral yoki optik 
zichlashtirish usullarining ma’nosi shundan iboratki, bunda bitta tola 
bo‘ylab SDH ning juda ko‘p alohida signallarini uzatishni amalga oshirish 
mumkin va shunga mos holda aloqa liniyasining o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati ham oshadi. Bunday texnologiya, spektrlarni yuqori 
zichlashtiruvchi texnologiyalar tarkibiga kiradi va bu AT&T kompaniyasi 
tomonidan yaratilgan.
DWDM (Dense Wavelenght Division Multiplexing) – transport 
texnologiyasi bitta optik tola orqali katta sondagi alohida optik kanallar 
tashkil qilishga yordam beradi. Shu sababli DWDM texnologiyasi bugungi 
kunda mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmoqlarining transport 
uchastkalarida faol qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday yuqori tezlikga, to‘lqin 
uzunligi bo‘yicha multipleksorlash zich holatda amalga oshirish orqali 
erishiladi. Ya’ni har bir optik tola bo‘ylab bir-biridan ma’lum filtrlash 
polosasiga farq qiluvchi bir necha oqim uzatiladi va ularning har biri 
o‘zining alohida to‘lqin uzunligiga ega. Bunday qurilma 51 dan 102 
tagacha kanallar hosil qilish mumkin (kanallar orasidagi) filtr polosaga 
bog‘liq ravishda. Bunda bir tola bo‘ylab uzatilishi mukin bo‘lgan 
oqimning umumiy tezligi bir necha Tbit/s gacha oshirilishi imkoni yuzaga 
keladi. 
DWDM asosan magistral optik transport tarmoqlarini qurishda 
qo‘llanilib, turli faqat optik darajada qo‘llaniluvchi qurilmalardan 
foydalanganligi sababli 
tarmoqda elektro-optik va opto-elektron 
o‘zgartirish jarayonlari kamayadi. Natijada tarmoqning ma’lumot uzatish 
tezligi kamayishi oldi olinadi. 
Quyidagi 
DWDM 
texnologiyasining 
ishlash 
tamoyilini 
tushuntiruvchi sxema 3.5-rasmda tasvirlangan.
Optik signal optik tolali aloqa liniyasi bo‘ylab uzatilar ekan so‘nadi. 
Signallarni kuchaytirish maqsadida optik kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. 
Nazariy jihatdan bu signallarni 4000 km ga hech qanday elektro-optik-
elektro o‘zgartirishlarsiz uzatish imkonini beradi. Bu SDH (200km) ga 
nisbatan yetarlicha yuqori imkoniyat. 


141 
3.6-rasm. DWDM texnologiyasining ishlash tamoilini tushuntiruvchi 
sxemasi 
Bitta tola bo‘ylab umumiy ma’lumot uzatish tezligini oshirish 
maqsadida bir necha alohida to‘lqin uzunliklarni zichlashtirish va ularni 
bitta tola bo‘ylab uzatishga erishish uchun 18 yil oldin harakat boshlangan. 
Dastlab 850 nm va 1310 nm to‘lqin uzunliklardan, keyinchalik 1310 nm va 
1550 nm dagi to‘lqin uzunliklardan foydalanila boshlandi. Ammo lazer 
diodlarni ishlab chiqish texnologiyasining rivojlanishi va lazer diodlarning 
spektral harakteristikalari mukammallashgach 1550 nm diapazonida bitta 
tola bo‘ylab bir necha o‘nlab kanallarni zichlashtirish imkoni hosil bo‘ldi. 
Bunday texnologiya asosida ishlovchi turli hil ishlab chiqaruvchilar 
tomonida ishlab chiqilgan qurilmalarni o‘zaro hamkorlikda ishlay 
olishlarini ta’minlash maqsadida bu texnologiyada optik tashuvchilarni 
standartlashtirish, kanal va chastota rejasii standartlashtirish masalasi 
yuzaga keldi.
Bu masalani Xalqaro elektr aloqa birlashmasi (ITU) hal etdi. DWDM 
twxnologiyasining kanallari va chastotalari rejasi ITU ning G.692 
standartida tartibga solingan va belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra DWDM 
texnologiyasida 1528,77 nm dan 1569,69 nm gacha spektrdan (umumiy 
5,1 TGs li diapazon) foydalanish, kanallar orasidagi filtr polosasini 100 
GGs erib tayinlash tavsiya etiladi. Bu diapazonda maksimal 51 ta optik 
kanal hosil qilish mumkin. Demak bu holatda kanallar orasidagi qadam 0,8 
nm ni tashkil qiladi.
Ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, juda ko‘plab ishlab 
shiqaruvchilari tomonida kanallar orasidagi filtr polosa farqi 50 GGs (0,4 
nm) bo‘lgan qurilmalar ishlab chiqarilgan Bundan tashqari shunday 
holatlar bo‘ladiki bu darajadagi zichlashtirishga zarurat bo‘lmaydi va 
kanalla orasidagi filtr polosa farqini 200 GGs, hattoki 400 GGs gacha 
oshirish mumkin. Shunday qilib ITU G.692 standartining ohirgi versiyasi 


142 
bunday texnologiyalarda kanalla orasidagi filtr polosasini 50,100, 200, 
400 GGs (0,4; 0,8; 1,6; 3,2 nm) ga teng qilib olish tavsiya etiladi. Kanallar 
orasidagi filtr polosa farqi 0,4 nm bo‘lganda 1529-1565 nm diapazonda 
jami 102 ta optik kanal hosil qilsa bo‘ladi. Hizirgi kunda kelib ITU 
kanallar orasidagi filtr polosa kengligini 25, 12,5 GGs qilib belgilanishini 
tavsiya etmoqda. 
DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega: 
 
uzatish tezligining yuqoriligi;
 
xalqa tapologiyasi asosida 100 % li zaxirani ta’minlash 
imkoniyati;
 
optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida har 
qanday texnologiyani ko‘llash imkoni; 
 
optik magistraldagi kanallar sonini soddagina oshirish imkoni. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling